O‘simlik yog‘larida ularning tabiati, boshlang‘ich xomashyodan ajratib olish




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana15.12.2023
Hajmi1 Mb.
#119952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu

7.28-rasm. Deaeratsiya va 
oldindan oqartirish apparati 


Dezodoratsiya – margarin va konserva ishlab 
chiqarishda ham, bevosita ovqatlanishda ham 
ishlatiladigan 
yog‘larni 
ishlab 
chiqarishda 
qo‘llaniladigan yog‘ va moylarni olishda amalga 
oshirilishi zarur bo‘lgan operatsiya. Dezodoratsiya 
yog‘ga past qoldiq bosimda – vakuumda, yuqori 
haroratda va bir vaqtning o‘zida qizdirilgan yog‘ga 
o‘tkir suv bug‘ini kiritib turib olib boriladi. 
Dezodoratsiyadan oldin neytrallashtirilgan va 
oqartirilgan yog‘ deaeratorga yuboriladi va bu yerda 
u vakuumda sochiladi va zmeeviklarning ustidagi 
plyonkada 130... 180 °C gacha qizdiriladi. 
Deaeratordan so‘ng yog‘ «DeSmet» firmasining qurilmasi tarkibiga kiruvchi uzluksiz 
ishlaydigan dezodoratorga kelib tushadi. Dezodorator (7.30-rasm) vertikal 
ko‘rinishdagi silindrsimon plyonkali apparat bo‘lib, ajraladigan uchta qismdan 
iborat – silindrsimon o‘rta, kallak va kubsimon quyi qismlardan. Yog‘ 
dezodoratorda gidravlik purkagich 7 yordamida vakuumda sochiladi va 
zanglamaydigan po‘latdan yasalgan 38 vertikal plastina 2 ustiga kelib tushadi. 
Plastinalardan dezodoratsiya qilinadigan yog‘ plyonkasi oqib tushib, apparatning 
kubsimon qismida to‘planadi. Kubsimon qism oltita radial va bitta markaziy 
seksiyalardan iborat bo‘lib, markaziy seksiyadan yog‘ radial seksiyalarga oqib 
tushadi. Kubsimon qismida yog‘ni o‘tkir bug‘ yordamida barbotirovka qilish uchun 
ejektorlar 3 joylashgan. Dezodoratsiya qilingan yog‘ apparatdan quyish quvuri 
orqali chiqarib olinadi. 
Haydalayotgan 
uchuvchi 
moddalar 
va 
moy 
tomchilari 
separator-
tomchito‘plagichda avval uning yuqori qismida to‘planadi, so‘ngra esa pastki qismida 
– aynan tomchito‘plagichning o‘zida. Yog‘ning dezodoratorda bo‘lish vaqti 45 daqiqa, 
yog‘ning harorati kirishda 230 °C, chiqishda esa 215 °C , apparatdagi bosim 0,13...0,26 
kPa. dezodoratsiya qilib olingan yog‘ni sovutish va inert gaz atmosferasida saqlash 
zarur. 

Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘simlik yog‘larida ularning tabiati, boshlang‘ich xomashyodan ajratib olish

Download 1 Mb.
Pdf ko'rish