|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
|
bet | 114/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.orgIshning maqsadi: Daraxtning radial halqalari orqali oldingi yillardagi ekologik vaziyatlarni aniqlashni o’rganish
Material va jihozlar: Mashg’ulotning dars ishlanmasi, o’tkir pichoq, skalpel, 0,1 mm li o’lchov lupa, millimetrovka, turli yerlardan kesib olingan daraxt to’nkalaridan namunalar, namunalar olingan joydagi avtomobil yo’llar, zavodlar, o’rmonlar, jarliklar joylashgan tomonlar belgilab qo’yiladi.
Nazariy material. Muhit ifloslanishiga turli xil o’simliklar, ularning organlari har xil munosabat bildirishadi. Muhit omillarining ta’siri daraxt tanasidagi radial halqalar (yillik halqalarning o’sishida o’z aksini topadi. Xilma-xil omillarning ta’siriga bog’liq holda yillik halqalarning ko’rinishi ham har xil bo’ladi. Bu xilma-xil omillarga quyosh aktivligi, tuproq namligi, tuproq hosildorligi, sho’rlanishi, harorat, havo namligi va boshqalar kiradi. Daraxt to’nkasining yillik halqasiga qarab shu daraxtning o’sishi (hayoti) mobaynida qanday ekologik ta’sirlarga uchraganini va o’zgarganini bilish mumkin. Bir necha yil davomida bir xil sharoitda o’sgan bir turdagi daraxtlarni yillik halqalarini hosil bo’lishini o’rganish natijasida, yillik halqalar oldingi vegetativ davrida muhit holatini belgilovchi indikatsiya belgisi ekanligiga ma’lum bo’ldi.
Yillik halqalar vegetatsiya davrida po’stloq kambiysining o’sishi natijasida hosil bo’ladi va kengayadi. U ikki qismdan iborat: erta (halqalarning ochiq rangli qismi vegetatsiya davrining birinchi yarmida hosil bo’ladi) va kechki (to’qroq qismi vegetatsiya davrining ikkinchi yarmida hosil bo’ladi). Yillik halqalar nina bargli va keng bargli daraxtlarda aniq ko’rinadi.
Yil fasllarida aniq almashadigan mamlakatlarda o’sadigan daraxtlarda yillik halqalarning aniq ko’rishini xarakterlidir. Nam tropiklardagi daraxtlada halqalarni ajratish qiyinroq. Chunki bu yerlarda yil davomida yog’ingarchilik miqdori fasllar bo’yicha farq qilmaydi.
Yil davomida yillik halqalarning hosil bo’lishini o’rganishda quyidagi holatlarga e’tibor beriladi:
Yillik halqalar kengligining enli, ensiz bo’lishi;
Yillik halqalarni bo’lmasligi (to’liq yoki oz miqdorda);
Yillik halqalarni bir tekisda hosil bo’lmasligi;
Muhit sharoitlariga qarab halqalarni qo’lay sharoit bo’lgan tomonga qarab kengayishi.
Yillik halqalarning tor yoki keng bo’lishi bir qator muhit holatlarini belgilovchi o’ziga xos bioindikatordir (quyosh aktivligi davomiyligi...) yoki avvalgi yillar iqlimi diagnozini aniqlovchi sifatida xizmat qiladi. Fanda bu yo’nalish dendroxronologiya deyiladi.
|
| |