• Takrorlash uchun savollar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi




    Download 1,42 Mb.
    bet12/36
    Sana28.03.2020
    Hajmi1,42 Mb.
    #9228
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




    Takrorlash uchun savollar


    1. Alkaloidlarni ochilishi, tarixi qanday?

    2. Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‘simliklar tasnifi qanday?

    3. Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari qanday?

    4. Miqdoriy va sifat taxlili qanday?

    5. Alkaloidlarni ajratish usullari qanday.


    5-ma’ruza


    Mavzu: Ion almashinishi bo‘yicha alkaloidlarni olish va tozalash alkaloidlar yig‘indisidan individual alkaloidlarni ajratish.

    Reja:

    1. Ion-almashinishi bo‘yicha alkaloidlarni olish va tozalash

    2.Sorbentlarga qo‘yiladigan talablar

    3. Individual alkaloidlarni ajratish



    Ion-almashinishi bo‘yicha alkaloidlarni olish va tozalash

    Bu usul sintetik, tabiiy, ionitlarni ishlatishga asoslangan. Tabiiy ionlarga sellyuloza, tuproq kiradi. Sintetikka esa ion almashinuvchi smolalar, anionitlar, kationitlar kiradi. Kationitlar yuqori molekulyar birikmalar (YUMB) bo‘lib 2 xil turda bo‘ladi:

    1. YUqori kislorodli (sulfid kislota qoldig‘i va fosfat kislota qoldig‘i)

    2. Past kislorodli (SOON, fenollar)

    Kationitlar faqat ishqoriy sharoitda ishlatiladi. Ion almashinishi usulining, asoschisi N.A.Izmailovdir.

    1. Ionitni adsorbsiya sharoitini shunday xolatda olib borish kerakki unda ionitda alkaloidlarning adsorbsiyasi maksimum darajada va minimum darajada suyuklik fazasida bo‘lishini ta’minlash kerak.

    2. SHunday sharoitlar tanlash kerakki unda max desorbsiya chiqishi kerak, mip darajada suyuqlik fazada ta’minlanish kerak.

    3. Sorbent miqdorini xisoblashda shuni xisobga olish kerakki sorbsiya vaqtida ma’lum bir ionlarning ion almashinuv usuliga muvofiq emas, balki molekulyar sorbsiya xisobiga amalga oshishi mumkin.

    Aage Auos + Am.c.

    4. Desorbsiya vaqtida ortiqcha desorbsiya qilish uchun suyuqlikning miqdori katta bo‘lishi kerak bu esa desorbsiyaga uchragan alkaloidlarni ionizatsiyalashni kamaytiradi.

    5. Sorbsiya vaqtida rN qiymati katta axamiyatga ega, bunda rN ning ko‘rsatkichi shunday tanlanishi kerakki bunda alkaloidlarning tuzlari max. darajada ionlashgan va vodorod ionlariga qarama-qarshi bo‘lishi mumkin emas.

    CHiqish unumi -75-80%

    Afzalliklari.

    1.Juda qulay usul, chunki ishlatilayotgan erituvchi suv, u esa arzon.

    2.Ion-almashinish smolalarning narxi arzonligi va qoplashi yaxshi.

    3.Ishlatilayotgan uskunalar oddiy va qimmatbaxo emas.

    4. Texnika xavfsizlik talablariga javob beradi.

    5. CHiqish unumdorligi yuqori.

    6. Kam mexnat talab qiladi.

    Kamchiligi.

    1. Uzoq vaqt talab qiladi.

    Sorbentlarga qo‘yiladigan talablar

    1. Sorbentlar (suv, kislotada, ishqorlarda, spirtda, organik erituvchilarda) erimasligi kerak.

    2. Kimyoviy turg‘unlik bo‘yicha barqaror bo‘lishi kerak, ya’ni reaksiyaga kirmasligi kerak.

    3. Mexanik barqaror, chidamli, bo‘kish koeffitsienti 15% dan kam bo‘lishi kerak.

    4. Sorbentlar standartlangan bo‘lishi kerak

    5. Butun dinamik almashinish sig‘imi, o‘zidan 0,01 NSI o‘tkazish yuli bilan aniqlanadi. Muvozonat almashinishi sig‘imi bu o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib rNga bog‘liq.

    6. Tanlab sorbsiya qilishga ega bo‘lishi kerak.

    7. Kinetik xossaga ega bo‘lishi kerak.

    8. Sorbent temperaturaga chidamli bo‘lishi kerak.

    Texnologik jarayon quyidagicha bo‘ladi. Sorbent KU (universal kationit-KU) ishlatilganda bunda alkaloidlar tuz xolida bo‘ladi. Asosan sorbsiyani adsorbent batareyalarda to‘lqin oqimi usulida olib boriladi. Eng ko‘p alkaloidlar yig‘ilgan suvli ajratma sorbentga yuborilib 1chi sorbentga vakuum orqali uzatilib turiladi.

    Desorbsiya qarama-qarshi oqimda amalga oshiriladi. Alkaloidlarning konsentratsiyasi suyuq fazada olish uchun 10 barobar ajratuvchiga nisbatan qo‘llaniladi.

    Individual alkaloidlarni ajratish

    Bizga ma’lum bo‘lganidek, juda kam xolarda o‘simlik bir turdagi alkaloid saqlaydi. Juda ko‘p xollarda ekstraksiya davomida murakkab asoslar aralashmasini olamiz. SHu sababdan oldimizda individual alkaloidlar ajratish masalasi kelib chiqadi. Bu ishni amalga oshrish uchun umumiy bir yo‘llanma berish qiyin. Lekin bir nechta umumiy sxema bera olish mumkin.



    a) Qaynash temperaturasiga asoslanib alkaloidlarni ajratish. Ayrim xollarda aralashmadagi alkaloidlar qaynash temperaturasiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi, shu sababdan kasrli xaydash yo‘li bilan ularni ajratish mumkin. Masalan, Conium maculatum. L. tarkibidagi koniin va kongidrin qaynash temperaturalari bilan bir biridan farq qiladi va bunda qo‘pol birlamchi fraksiyalashni ko‘rish mumkin. YAnada to‘liq ajratishni asosli aralashmani mos erituvchi bilan qayta ishlashda olish mumkin, bunda asosiy maqsad bizga kerakli modda erituvchida erib, qolgan qismi erimaydi yoki aksi, asosli qism erituvchida erimasdan qolgan qism yaxshi eriydi.

    Takrorlash uchun savollar


    1. Ion-almashinishi bo‘yicha alkaloidlarni olish va tozalash usullari qanday ?

    2. Sorbentlarga qo‘yiladigan talablar qanday ?

    3. Individual alkaloidlarni ajratish usullari qanday ?


    Download 1,42 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi

    Download 1,42 Mb.