O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi




Download 1,42 Mb.
bet31/36
Sana28.03.2020
Hajmi1,42 Mb.
#9228
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36

TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


  1. Laborator (LR) qanday ?

  2. Sanoat-tajribaviy (STR)-(OPR) qanday ?

  3. Ishga tushiriluvchi (I)-(PR) qanday ?

  4. Sanoat (SR)-(PR) qanday ?

  5. Tipovoy sanoat reglamenti

  6. (TPR) qanday ?


V. AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN MATERIALLARI


1.MAVZU: FITOPREPARATLAR OLISH UCHUN XOM ASHYO TAYYORLASH, ULARNING TASNIFI




ISHDAN MAQSAD:

Bunda talabalarni fitopreparatlar olish uchun qanday apparatlar ishlatilinishi, hom ashyo tayyorlashni, ular asosida olinadigan preparatlarni olish tehnologiyasi bilan tanishtirish.



Ishni bajarish uchun namuna

Fitopreparatlar texnologiyasi fanini o‘qitishda “Blits-o‘yin” metodining qo‘llanilishi

“Blits-o‘yin” metodining maqsadi: talabalarda tezlik, axborotlar tizimini tahlil qilish, rejalashtirish, progno‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‘llash samarali natijalarni beradi.

Bu metoddan maqsad, talabalarda ma’lum bir faoliyat yoki tushunchalarning ketma-ketligi, uzluksizligi, bog‘liqligi, bosqichma-bosqichligi hamda tartibini aniqlash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Buning uchun pedagog tomonidan ma’lum ketma-ketligi mavjud bo‘lgan faoliyat yoki tushunchaning o‘rinlari almashtirilgan holda beriladi. Talabalar ushbu ketma-ketlikni topishi, tartibga keltirishi, o‘z o‘rniga qo‘yib chiqishi lozim. Bu topshiriqda talabalar o‘z javoblarini va guruhiy javobni berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri javob e’lon qilingandan so‘ng talabalarni baholash mumkin. Bunday topshiriq talabalarni fikrlashga undab, mavzu bilimlarini mustahkamlashga, aniqlashtirishga va tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi
Metodni amalga oshirish bosqichlari:

1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. SHundan so‘ng, ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.

2. Navbatdagi bosqichda trener-o‘qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o‘z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‘xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi» bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

3. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi trener-o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi, va talabalardan bu javoblarni «to‘g‘ri javob» bo‘limiga yozish so‘raladi.

4. «To‘g‘ri javob» bo‘limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‘limida berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‘raladi. SHundan so‘ng «yakka xato» bo‘limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi.

5. Xuddi shu tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib chiqariladi.

6. Trener-o‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi bo‘yicha alohida-alohida sharhlab beradi.

7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi.


« Dorivor o`simliklarni tayyorlashda bajariladigan ishlar ketma-ketligini joylashtiring».: O‘zingizni tekshirib ko‘ring!


Harakatlar mazmuni

YAkka baho

YAkka xato

To‘g‘ri javob

Guruh bahosi

Guruh xatosi

Mahsulotlarni transport vositalar bilan jo`natish.
















Yig`ilgan mahsulotni quritish.
















Mahsulotni yig`ish.
















Yig`ilgan mahsulotni standart holiga keltirish.
















Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
















Dorivor o`simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.

















Nazorat savollari

1. Blits o‘yini metodiga izox bering.

1. Dorivor o`simliklarni tayyorlash qanday olib boriladi?

2. O`simlik mahsuloti tarkibidai

3. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash, quritish, idishlarga joylashtirish va saqlash qanday olib boriladi?

4. Dorivor mahsulotlarni quritish qanday bajariladi ?

5. Xom-ashyoni standartlashtirish qanday ?

2.MAVZU: FITOPREPARATLAR OLISHDA ISHLATILADIGAN APPARATLAR
1. IShDAN MAQSAD :

Bunda talabalarga fitopreparatlar olishda ishlatiladigan apparatlar, ularning ishlash usullari, tasnifini o`rgatish.



2. MAVZUNI AHAMIYATI:

Fitopreparatlar olishda ishlatiladigan apparatlarni tahlil qilishni o`rganish.

3. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN SAVOLLAR:
KEYS

Turli jinsli sistemalarni filtrlash

Suspenziya va changli gazlarni filtr to‘siqlar orqali o‘tkazib tozalash jarayoni filtrlash deyiladi. Filtr to‘siqlar qattiq zarrachalarni ushlab qolib, suyuqlik yoki gazni o‘tkazib yuborish kobiliyatiga ega. Filtrlash paytida suspenziya tarkibidagi mayda zarrachalar filtrlovchi materiallarning ustki qismida cho‘kma holida yoki filtrlovchi materialning (ustki qismida) o‘zida teshiklarini to‘ldirgan holda o‘tirib qolishi mumkin.



Savol: Filtr to‘siqlar yoki filtr sifatida qanday materiallar ishlatiladi?

Sanoatda filtrlashdan so‘ng qanday qo‘shimcha jarayonlar amalga oshiriladi? Ularni izohlab bering.

Sentrifugalash

Emulsiyadagi suyuqlik tomchilarni va suspenziyadagi qattiq modda zarrachalarini markazdan qochma kuchlar maydonida ajratib olish jarayoni sentrifugalash deyiladi. Sentrifugalash jarayoni sentrifugalarda amalga oshiriladi.

Sentrifugalarning asosiy qismi gorizontal yoki vertikal o‘qqa joylashgan katta tezlikda aylanuvchi baraban bo‘lib, u elektr dvigatelp yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suspenziyadagi qattiq modda zarrachalari cho‘kmaga tushib, suyuq fazadan ajraladi. Suyuq faza fugat deyiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma baraban ichida qolib, suyuq faza esa ajratib olinadi.

Turli jinsli aralashmalarni ajratish prinsipiga ko‘ra sentrafugalar ikki turga bo‘linadi:

1. Filtrlovchi sentrifugalar

2. CHo‘ktiruvchi sentrifugalar



Savol: Bu qurilmalarni tuzilishi, ish prinsipi va farqlarini izohlang.

Nazorat savollari

1. Maydalanganlik darajasi deb nimaga aytiladi?

2. Tegirmonlar, maydalash apparatlari qanday ishlatiladi?

3. Buqlatish apparatlari qanday ishlatiladi?

4. Ektraktorlar turlari qanday?
Foydalanilgan adabiyotlar
3.MAVZU: Alkaloidlarning fizik kimyoviy tahlili

1. IShDAN MAQSAD :

Bunda talabalarni tarkibida alkaloidlar saqlagan dorivor o`simlik mahsulotlarini kimyosini o`rganish va ular asosida olinadigan preparatlarni olinish texnologiyasi bilan tanishtirish.



2. MAVZUNI AHAMIYATI:

Tarkibida alkaloidlar saqlagan dorivor o`simliklar va preparatlarni tahlil qilishni o`rganish.



«Klaster» usuli

1.Klasterlarga ajratish-oquvchilarga biror-bir mavzu togrisida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul kop variantli fikrlashni organilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar ortasida aloqa ornatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» sozi gujum, boglam manosini anglatadi.

  1. Klasterlarga ajratishni davat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni ragbatlantirish uchun xam qollash mumkin (tankidiy fikrlashni rivojlantirishda). U asosan yangi fikrlarni uygotish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bolib, muayyan mavzu boyicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.

  2. Biror mavzu buyicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal organmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usulda talaba hohlaganicha shoxchalarni tarmoqlab ketishi mumkin.

10-jadval. Amaliy vaziyatni bosqichma-bosqich tahlil qilish va hal etish boyicha talabalarga uslubiy korsatmalar



Ish bosqichlari

Maslahatlar va tavsiyalar

1

Keys bilan tanishuv

Avvalo keys vaziyati bilan umumiy tarzda tanishing. Oqish vaqtida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.

2

Asosiy muammoni ajratib olish va organish

Keys vaziyatini yana bir marotaba diqqat bilan oqib chiqing. Siz uchun muhim bolgan satrlarni belgilang. Keysdagi muhim fikrlarni Insert usulida belgilang. Ishni individual tarzda va kichik guruhlarda tashkil

3

Goyalar yigish va muammoning

echimini izlash



Kichik guruhlarda goyalarni ishlab chiqing. Bunda maruzada keltirilgan nazariy malumotlardan foydalaning. Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling. Keysga berilgan savollarga javob berishga harakat qiling.

4

Keys echimi uchun taklif

etilgan goyalarni taqdimoti,

tahlil va baholash


Oqituvchi boshqaruvi ostidagi kichik guruhlar taqdimotida ishtirok eting. Guruhingizda imkoni bolsa rollarni oldindan ozaro taqsimlab oling (goya beruvchi, nazoratchi, tanqidchi, taqdimotchi va h.k.).

5

Keys echimi va tavsiyalar

Oqituvchi boshqaruvi ostida yana kichik guruhlarda ishlang, keyin individual tarzda oz xulosangizni bering. Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarini izlab topish maqsadida muammoli vaziyat jadvalini toldiring. Muammoni echish uchun hamma vaziyatlarni korib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoni echimini aniq variantlardan tanlab oling. Jadvalni toldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma ravishda ilova eting.

«Muammoli vaziyat»

Aka-uka Jalilov Umar va Jalilov Usmonlar Toshkent farmatsevtika institutining «Sanoat farmatsiyasi» muxandislik fakultetini bitirib, muxandis-texnolog mutaxassisligi boyicha diplom oldilar. Respublikamiz farmatsevtika sanoati rivojiga ozlarining munosib xissalarini qoshish maqsadida ular bankdan kredit olib alkaloidlar ishlab chiqaruvchi «UMAR & USMONS alkoloids» farmatsevtik kompaniyasini tashkil etdilar. Ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirilganda farmatsevtik firmalarning biridan efedrin gidroxlorid uchun buyurtma kelib tushdi. Efedrin alkaloidi psixoaktiv zaharli alkaloid bolib, narkotik moddalar bilan zaharlanganda, bronxial astma, allergik kasalliklar, narkolepsiya, enurez kabi xolatlarda qollaniladi. Aka-uka Jalilov Umar va Jalilov Usmonlar efedrin gidroxloridni Ephedra equisetina osimligidan ekstraksiya yoli bilan oldilar. Biroq olingan alkaloid kerakli terapevtik effektni bermadi. Alkaloidni spektrofotometrik tahlili shuni korsatdiki, efedrin ekstrakti tarkibida efedrin izomer psevdoefedrin shaklida mavjud bolar ekan. Ushbu vaziyatda ekstraktdan samarali terapevtik effekt olish uchun psevdoefedrinni efedringa otkazish kerakligi aniqlandi. Biroq aka-uka Jalilov Umar va Jalilov Usmonlar bunday efedrinni psevdoefedringa otkazish texnologiyasidan bexabar edilar. Ular kompaniyaning mutasaddi xodimlari bilan maslahatlashib Toshkent farmatsevtika instituti «Sanoat farmatsiyasi» fakulteti ilmiy jamoatchiligiga murojaat qilishga qaror qilishdi.



Keysga doir savollar:

  1. Vaziyatdagi turli bilim sohalariga oid xatoliklarni aniqlang.

  2. Agar buyurtma bajarilmasa kompaniya qanday zarar korishini prognoz qilib koring.

  3. Psevdoefedrinni efedringa otkazishda immobilizatsiyalangan fermentlardan qanday foydalanish mumkinligini oylab koring.

  4. Agar psevdoefedrinni efedringa otkazishda immobilizatsiyalangan fermentlardan foydalanish mumkin bolsa, optimal geterogen ferment konstruksiyasini sxemasini chizing.

11 -jadval. «Muammoli vaziyat» jadvali

Muammo va kichik muammolar

Echimlar (variantlar)

Natija

Kompaniya texnologlarining alkaloidlarni tibbiyotda ishlatilishi va ularning kimyosi boyicha bilimlari darajasi

  • Efedrin gidroxloridni ajratib olishdan avval uning tabiatda uchrashi, biologik xossalarini organish kerak edi

  • AQSHdan mutaxassis taklif qilish

  • Buyurtmani qabul qilmaslik mumkin edi




Alkaloidlarning izomerizatsiya reaksiyasi

  • Psevdoefedrinni efedringa aylantiruvchi izomeraza fermentini aniqlash

  • Ajratilgan izomeraza fermentini osimlik ekstraktida togridan-togri ishlatish

  • Efedrinni osimlik ekstraktidan emas, balki kimyoviy usulda sintez qilish




Izomeraza fermentini immobilizatsiyasi

  • Kimyoviy usullarda immobilizatsiyalash

  • Fizikaviy usullarda immobilizatsiyalash

  • Fizik-kimyoviy usullarda immobilizatsiyalash




Immobilizatsiyalangan ferment konstruksiyani texnologik liniyada qollash

  • Osimlik ekstrakti saqlagan har bir idishga ferment konstruksiyani qol mehnati yordamida solib turish

  • Ferment konstruksiya yordamida izomerizatsiya reaksiyasini katalizlovchi biosensor sistemasini ishlab chiqish





Nazorat savollari

  1. Alkaloidlarrga ta'rif bering.

  2. O`simlik mahsuloti tarkibidai alkaloidlarlarni qanday reaktsiyalar bilan aniqlash mumkin?

  3. Alkaloidlarning fizikaviy xossalari qanday ?

  4. Alkaloidlar saqlagan mahsulotlarni tibbiyotdagi ahamiyati.

  5. Tarkibida alkaloidlar saqlagan o`simliklarni ayting

  6. Alkaloidlar asosida qanday dorivor preparatlar mavjud ?


4.Mavzu: ALKALOIDLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI

1. IShDAN MAQSAD :

Bunda talabalarni tarkibida alkaloidlar saqlagan preparatlarni olinish texnologiyasi bilan tanishtirish.



2. MAVZUNI AHAMIYATI:

Tarkibida alkaloidlar saqlagan anabazin gidroxlorid, paxikarpin gidroyodid, sitizin, skopolamin gidrobromid, kofein, efedrin gidroxlorid, tebain, morfin preparatlarni olish texnologiyasi va jarayonning texnologik xossalarini taxlil tahlil qilishni o`rganish.



Ishni bajarish uchun namuna

Insert” metodi

Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod talabalar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.


  • o‘qituvchi mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‘rinishida tayyorlaydi;

  • yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga tarqatiladi yoki taqdimot ko‘rinishida namoyish etiladi;

  • ta’lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalar yoki qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:




Belgilar


1-matn

2-matn

3-matn

V” – tanish ma’lumot.









?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.










+” bu ma’lumot men uchun yangilik.









“– ” bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman?









Belgilangan vaqt yakunlangach, ta’lim oluvchilar uchun notanish va tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.
Tarqatma materiallar

1-matn

Anabazin gidroxlorid olish texnologiyasi

Anabazin gidroxlorid – oq kristall kukun. Erish xarorati 216-2200S., xidsiz, nordon ta’mli, suvda yaxshi eriydi. Anabazin gidroxlorid kichik miqdorda tamaki chekishni tashlash uchun – metilanabazin nafas olish markazini qo’zg’atuvchi stimulyator vosita sifatida ishlatishga tavsiya etiladi. Anabazindan yana nikotin kislota (vitamin rr) olinadi. Anabazin gidroxlorid 0,003g li tabletka xolida chiqariladi.



Anabazin gidroxlorid ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida sho’radoshlar- Chenopodiaceae oilasiga mansub itsigak – Anabasis aphylla L. o’simligidan foydalaniladi.

Xom ashyoni ekstraktsiyaga tayyorlash va alkaloidlarni ekstratsiyalash. Xom ashyo diffuzorga solinadi va o’tkir bug’da 12-15 min. bug’latiladi. Bug’latishdan sabab oqsil moddalarni o’simlik xom ashyosida ivib qolishning va qisman bo’ktirilishi uchun alkaloidlarning suv bilan ekstraktsiyalash jarayoni 850-950S xaroratda qarama-qarshi oqim bo’yicha diffuzor batereyalarda olib boriladi. Ekstraktlarni diffuzordan diffuzorga siqilgan xavo ostida olib o’tganda ular kalorizatordan o’tadi, u erda ular 850-950S gacha qizdiriladi, 10 karrali ekstraktsiyadan so’ng chiqindi ajratib olinadi. 0,8-0,9% rN 4,5-5 bo’lgan anabazin saqlagan ekstrakt yig’gichga yuboriladi.

Alkaloidlarni kerosin bilan ekstraktsiyalash. Yig’gichdan ekstrakt ishqorlantirichga “druk” filtri orqali yuboriladi. Ekstrakt 42% li rN I 12-11 bo’lgan NaON ning suvli eritmasi bilan ishqorlantiriladi. Ishqorlantirilgan ekstraktlarni kerosin bilan ishlov berish uchun likopchali nasadkali kolonkalardan foydalaniladi. Kolonka ekstraktlar bilan to’ldirilgandan so’ng pastdan markazdan qochma kuch ta’sirida ishlovchi nasos orqali oldindan 75-950S gacha qizdirilgan xolda kerosin yuboriladi. Kerosin kolonka bo’ylab o’tganda ustiga yig’iladi va quyilish trubasi orqali kerosin bilan to’yingan ekstrakt yig’gichga solinadi. Ekstrakt tarkibidagi alkaloidlar miqdori 0,01% ga etguncha kolonnaga kerosin yuboriladi.

Sul’fatlash jarayoni. Sul’fatlash 2 ta o’zaro qo’shilgan sulfatorda olib boriladi, bularning biriga 42% N2SO4 eritmasi solinadi. Xar bir sul’fator bir safar asosiy bir safar oxiri bo’ladi. Asosiy sulfatorda 0,5% N2SO4, oxirgi qismda 10% N2SO4 bo’ladi. Kerosinli ekstrakt yig’gichdan asosiy sul’fatorning injektorga yuboriladi. Oxirgi sul’fatorga sul’fatorlash jarayoni xuddi asosiy sul’fatornikiga o’xshash bo’ladi. Alkaloiddan ozod bo’lgan kerosin oxirgi sulfatordan aloxida idishga solinadi. Keyingi ajralishda oxirgi sul’fator asosiy, tayyor anabazin sul’fat olingandan so’ng asosiy oxirgi sul’fator sifatida ishlatiladi.

Anabazin sul’fatni neytrallash. Texnik anabazin sul’fat suv bilan (1:1) suyultiriladi va rN – 4,5-5 muxitda xloroform bilan ekstraktsiyalanadi. Sul’fat aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli apparatga quyiladi. Buni ustiga o’lchangan, xisoblangan miqdorda konts N2SO4 solinadi. Aralashma yaxshilab aralashtirilib 50C gacha sovutiladi. Keyin reaktsion massaga aralashtirib turgan xolda asta sekinlik bilan natriy nitrat quyiladi bunda reaktsion massaning temperaturasi 50C dan oshmasligi kerak. Xisoblangan miqdorda natriy nitrit solingandan so’ng reaktsion aralashma 4 soat 50C da aralashtiriladi, keyin 12 soatga tindiriladi. Keyin aralashma 40% li NaOH bilan pH – 6,8-7 ga etguncha neytrallanadi, bundan nitrozoanabazin ajralib chiqadi. Neytrallangan aralashma likobchali ekstraktorga quyiladi va unga xloroform qo’shiladi. Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi, bunda pH – 6,5 bo’lishi kerak.

Ekstraktsiya oxirida xloroformli ekstrakt bir soatga tindiriladi. Birinchi beshta ta ekstrakt qo’shilib, suvsiz natriy gidrosulfatda quritiladi. Nutch filtrda filtrlanadi. Xloroform vakuum-tsirkulyatsion apparatda xaydaladi.



Nitrozoanabazinni gidrolizlash. Nitrozoanabazin aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli qurilmaga solinadi. Bunga xisoblangan miqdorda 18% li HCL solinadi. Aralashma aralashtiriladi va 98-1000 da qizdirib 8 soat tindiriladi. Reaksion massa sovigandan so’ng uni 40% NaOH bilan rN – 9,0-9,5 muxit xosil bo’lguncha qo’shiladi. Keyin likobchali ekstraktorda anabazin xloroform ekstraktsiyasi olib boriladi. Xloroform ekstraktni suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va nutch filtrida filtrlanadi. Xloroform vakuum-tsirkulyatsion apparatda xaydaladi. Anabazin qoldiq xloroformdan quritiladi va 120-1400C xaroratda 4-5 mm sim ust. qoldiq bosim ostida vakuumda xaydaladi.

Texnik anabazin gidroxloridni olish. Tozalangan asos-anabazin aralashtirgichli, qobiqli va pastki quyilishidan iborat apparatga solinadi. Bunda 1:2 nisbatda absolyut izopropanol solib 10-15 minut davomida aralashtiriladi. Keyin qurilmaga vodorod xlorid ning 25-30% li izopropanol eritmasini oz-oz qismdan solinadi. Xisoblangan miqdorda solingan vodorod xloridning spirtli eritmasi reaktsion massa bilan 1,5-2 soat davomida aralashtiriladi va u muzlatilgan suv bilan sovitiladi. Cho’kmaga tushgan anabazin gidroxlorid nutch-filtrda siqiladi va quritilgan aseton bilan yuviladi. Yuvilgan va yaxshilab siqlgan anabazin gidroxlorid xona xaroratida 10-12 soat davomida quritiladi.

Farmokopik anabazin gidroxloridni olish. Texnik anabazin gidroxlorid shishali dumaloq tubli kolbaga solinadi, unga absolyut izopropanol spirtni (1:4) nisbatda qo’shiladi va qaynab turgan suv xammomida to’liq erib ketguncha qizdiriladi. Keyin eritma emallangan idishga ikki qavatli qog’oz filtridan vakuum ostida filtrlanadi va doimiy aralashtirilib turgan xolda quyuq bo’tqa xosil qilgan aralashma xona xaroratida sovutiladi, cho’kmaga tushgan kristallar nutch-filtrda siqiladi va bir marta uch karalli atseton bilan yuviladi. 10-12 soat davomida davriy aralashtirilib turgan xolda xona xaroratida quritiladi, keyin vakuum ostida 0,6-0,7 atm va 40-500 xaroratda 2-3 soat davomida olib boriladi.

2-matn

Tebain olish texnologiyasi

Tebain mayda kristall kukun bo’lib, sarg’ish ranglidir. Tebain xloroformda oson, spirtda qiyin eriydi. Suyuqlanish harorati 191-1930 C. Tebainni preparatdagi tarkibi 99 % dan kam emas. Tebain opiy alkaloidlari qatorida fiziologik ta’siri bo’yicha narkotik emas zahar hisoblanadi. Tebain asos tekodin olishda yarim mahsulot sifatida ishlatiladi. Tebain olishda boshlang’ich mahsulot sifatida tebainli “mum” ishlatiladi. Bu mahsulot papaverin ajratib olingandan so’nggi mahsulotdir. Tebain mumida alkaloidlar miqdori oliy navining sifatiga bog’liq bo’lib, 6 dan 15 % gachadir. Tebainni tebain mumidan ajratib olish uchun uning salitsil kislota bilan izopropil spirtda yomon eriydigan tebain salitsilat tuzini hosil qilish xususiyatidan foydalaniladi.



Texnik salitsilat tebainni olish. Cho’yan emallangan qurilmaga tebain mumi joylashtiriladi. Aralashmani 35-400 C gacha qizdirib turib aralashtiriladi. So’ngra 20-250 C gacha mahsulot sovutiladi. Yuvindi suvni dekontatsiyalab, kodeinni ajratish uchun yuboriladi.

Yuvilgan mumga izopropil spirti quyib, 600 C gacha qizdiriladi. Mum to’liq spirtda erishi kerak. Spirtli eritmani nordonlashtiriladi. Aralashtirib turilgan holda salitsil kislotani oz miqdordan qo’shib turiladi. Nordonlashtirilgan maxsulotni tebain salitsilatni kristallash uchun 1.5-2 kunga sovuqda qoldiriladi. Salitsilat tebainni 50-600 C da 20-30 soat davomida quritgich shkafida quritiladi.



Salitsilat tebainni qayta kristallash. Apparatga salitsilat tebain va suv solinadi. Tarkibni qaynatguncha qizdiriladi, so’ngra nutch-filtrda filtrlanadi. Qaynoq filtrga gidrosulfit natriy qo’shilib, eritmani 12 soatga kristallash uchun qoldiriladi. So’ngra sentrifugada fugatlanadi. Fugatlangan tebain salitsilatni ikki kun davomida 600 C da quritiladi.

Tebain asosni olish. Apparatga suv va tebain salitsilat solinadi. So’ng eritmaga faollashtirilgan ko’mir qo’shiladi va nutch-filtrda filtrlanadi. Filtratni cho’yan emallangan idishga yuboriladi va gidrosulfit natriy qo’shiladi. 50-600 C haroratda tebainni 25% ammiak eritmasi bilan ishqoriy muhitgacha cho’ktiriladi. Reaktsion massani 200 C gacha sovutiladi va cho’kkan tebainni sentrifugada fugatlanadi. Tebain asosni bir kun davomida quritgich shkafida quritiladi.

Tebain asosni qayta kristallash. Cho’yanli emallangan idishga tebain va izopropil spirt joylashtiriladi. Tarkibni qaynaguncha qizdiriladi, so’ng 700C gacha sovutiladi, faollashtirilgan ko’mir qo’shib aralashtiriladi va eritmani nutch-filtrda filtrlanadi. Tarkib filtratni 150 C gacha sovutiladi, cho’kkan tebainni sentrifugada fugatlanadi va ikki marta izopropil spirt bilan yuviladi.Tebain asosni quritgich shkafida quritiladi. Qoldiq eritmalar va ko’mirlar alohida tozalanadi. Tebain fabrikatni umumiy chiqish 35,3 % ni tashkil etadi.

3-matn

Morfin olish texnologiyasi

O’simlik nomi. Ko’knori-Papaver (ko’knoridoshlar oilasiga kiradi.) Ko’p yillik: bo’yi 60-150 sm ga etadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, yashilroq yoki qizg’ish binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli kulrang yashil, tuxumsimon yoki cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o’yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo’lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz xidi bor. Gullari yirik oq, faqat bir kecha gullaydi. Mevasi-ko’p urug’li, sharsimon, kulrang-yashil yoki qo’ng’ir rangli va ko’sakcha.

Morfin (texnik)-qo’ng’ir sarg’ish yoki qo’ng’ir kulrang mayda kristall kukun. Ishqor va kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi. Asosiy modda miqdori suvsiz morfin xisoblanadi, 91% dan kam emas. Solishtirma og’irligi 0,58 kg (l. Suyultirilgan spirtda kristallanganda bir molekula suvi bor. Sulfat, xlorid va boshqa kislotalar bilan yaxshi kristallanuvchi tuzlar xosil qiladi. Kuchli ishqorlar bilan suvda yaxshi eruvchi morfilyatlar xosil qiladi. Ishqor eritmalarida morfin xavo kislorodi bilan oksidlanib oksidomorfin xosil qiladi. Texnik morfin kodein, kodein fosfat, dionin, apomorfin gidroxlorid va morfin gidroxlorid ishlab chiqarishda oraliq maxsulot xisoblanadi. Xavoda quritilgan va urug’laridan tozalangan ko’knori mevalari maydalanadi. Xom-ashyo o’lchamlari 5-3 mm bo’lmog’I lozim.

Alkaloidlarnining suvli ekstraktsiyasi. Ekstraktsiyadan oldin xom-ashyo reaktorda bo’ktiriladi, aralashtirilib 5 daqiqa davomida bug’ bilan ishlanadi. Morfin xom-ashyoda organik kislotalar tuzlari ko’rinishida bo’lib, ekstraktsiya suv bilan 80-900 S xaroratda olib boriladi. Ajratmadagi morfin miqdori 0,05-0,04% ni tashkil etadi.

Ekstraktni filtrlash. Ekstraktsiya tugagandan so’ng filtrlanadi. Filtrat adsorberga beriladi. Adsorber sifatida KU-1 kationit smola bilan to’ldirilgan. Kationitlardan morfin 1,5-2,0 % li ammiakning spirtli eritmasidan ekstraktsiya (yuvish) qilib olinadi.

Elyuatdan morfin ajratib olish. Elyuatdan morfin ajratib olish uchun eritma bug’latiladi. Kub qoldiq sulfat kislota bilan ishlanadi. Bunda morfinning sulfat tuzi xosil bo’ladi. Kub qoldiqdagi spirt miqdori 35%, xajm qolguncha bug’latiladi. Spirtli eritmadan morfin 25% li ammiak yordamida cho’ktiriladi. Cho’kmaga tushgan morfin-asos ajratib olinadi va tozalanadi.

Morfinni tozalash. Morfinni tozalash uchun uni sirka kislotaning 2% li eritmasida 500S da eritiladi. Barcha morfin erigandan so’ng eritmaga faollashtirilgan ko’mir qo’shiladi. So’ng sentrifugada filtrlanadi. Filtrat yana 900S gacha isitilib, unga izopropil spirt qo’shiladi. Eritma natriy gidrosulfat yordamida tiniqlashtirilgandan so’ng morfin 12% li ammiak yordamida cho’ktiriladi. Morfinning umumiy chiqish unumi- 45,39 %

Nazorat savollari


  1. Alkaloidlarrga ta'rif bering.

  2. Jarayonlarning ketma-ketligi qanday ?

  3. Alkaloidlarning fizikaviy xossalari qanday ?

  4. Anabazih gidroxlorid tibbiyotdagi ahamiyati.

  5. Morfinni tozalash usullsri qanday

  6. Alkaloidlar asosida qanday dorivor preparatlar mavjud ?


5-Mavzu: FLAVANOIDLAR KIMYOSI, TEXNOLOGIYASI

ISHDAN MAQSAD:

Bunda talabalarni tarkibida flavanoid saqlagan dorivor o’simlik asosida olinadigan preparatlarni texnologiyasi bilan tanishtirish.



MAVZUNING AHAMIYATI :

Tarkibida flavanoid saqlagan kvertsetin preparatini tahlil qilishni o’rganish.

«BLITS O’YIN» uslubida

Kvertsetin” olish texnologiyasi”mavzusiga preparatni olish texnologiyasi bosqichlari





Tayyorlash bosqichlari

Yakka tartib

To’g’ri javob

Xato

1

Kvertsetin miqdorini kompleksonometrik usulida olish










2

Kvertsetin chinligini aniqlash










3

Yig’ish










4

Etilatsetat bilan ekstraktsiyalash










5

Qizdirib eritish










6

Filtrlash










7

Sovutish 10% gacha










8

Bug’latib, quritish










9

Kvertsetin cho’kmaga tushadi










10

30% li atsetat kislota qo’shish










Nazorat savollari :

1. Flavanoidlar ta'rifi qanday?

2. Flavanoidlar qanday tahlil qilinadi?

3. Kvertsetin olish texnologiyasi qanday?

4 Rutin olish texnologiyasi qanday?

5 Flamin olish texnologiyasi qanday?



6-MAVZU: POLISAXARIDLAR KIMYOSI VA TEXNOLOGIYASI.

IShDAN MAQSAD :

Bunda talabalarni tarkibida polisaxaridlar saqlagan dorivor o`simlik mahsulotlarini kimyosini o`rganish va ular asosida olinadigan preparatlarni olinish texnologiyasi bilan tanishtirish.



MAVZUNI AHAMIYATI:

Tarkibida polisaxaridlar saqlagan dorivor o`simliklar va prepa ratlarni texnologik jarayonlarini tahlil qilishni o`rganish.



BLITS O`YIN» uslubida

Plantaglyutsid olish texnologiyasi”mavzusiga



preparatni olish texnologiyasi bosqichlari



Tayyorlash

bosqichlari



Yakka tartib

To‘g`ri javob


Xato


1

Maydalash










2

Dekontatsiyalash










3

50-600S da 8 soat quritish










4

1/10 xajm qolguncha bug`latish










5

2 soat tindirish










6

qaynatish










7

20 min. tindirish










8

Drug filtrda siqish










9

Etil spirt qo` shish










10

4 soat tindirish










Nazorat savollari :

  1. Polisaxaridlarga ta'rif bering.

  2. O`simlik mahsuloti tarkibidai polisaxaridlarni qanday reaktsiyalar bilan aniqlash mumkin ?

  3. Polisaxaridlarning fizikaviy xossalari qanday ?

  4. Polisaxaridlar saqlagan mahsulotlarni tibbiyotdagi ahamiyati ?

  5. Tarkibida polisaxaridlar saqlagan o`simliklarni ayting ?

  6. Polisaxaridlar asosida qanday dorivor preparatlar mavjud ?

  7. Plantoglyutsid olish texnologik jarayon qanday ?



7-Mavzu: OSHLOVCHI MODDALAR KIMYOSI, TEXNOLOGIYASI.

ISHDAN MAQSAD:

Bunda talabalarni tarkibida Oshlovchi moddalar saqlagan dorivor o’simlik asosida olinadigan preparatlarni texnologiyasi bilan tanishtirish.



MAVZUNING AHAMIYATI :

Tarkibida Oshlovchi moddalar saqlagan Tanin preparatini tahlil qilishni o’rganish.



Bilaman/bilishni hohlayman/bildim (B/B/B) Biror-bir mavzu yoki bolim boyicha tadqiqot ishini otkazishga imkon beruvchi grafik organayzerdir. Izlanuvchanlik, anglash faoliyatini ratsional tashkil etish malakalarini rivojlantiradi.

2-jadval. B/B/B jadvali.

Bilaman

Bilishni hohlayman

Bildim

Oshlovchi moddalar qanday analiz qilinadi

Tarkibida Oshlovchi moddalar saqlagan Tanin preparatini texnologik jarayonini tahlil qilishni o’rganish.


Tanin preparatini olinish texnologik jarayonini

Nazorat savollari:

1. Oshlovchi moddalar ta'rifi qanday?

2. Oshlovchi moddalar qanday analiz qilinadi?

3.Tanin preparatini olinish texnologik jarayonini qanday?





Download 1,42 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 1,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi

Download 1,42 Mb.