O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi




Download 1,42 Mb.
bet32/36
Sana28.03.2020
Hajmi1,42 Mb.
#9228
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36


V.KEYSLAR BANKI




1-Keys.

Bug‘latish

Uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo‘li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug‘latish deb yuritiladi. Agar bug‘lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikning yuzasida ruy bersa, bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning hajmida ajralib chiqadi.

Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalarida, ayrim mineral va organik kislotalar, ko‘p atomli spirtlar hamda shu kabi suyuq eritmalar bug‘latiladi. Ba’zan bug‘latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. Ayrim sharoitlarda quyuqlashtirilgan eritma kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun maxsus bug‘latish qurilmalarga yuboriladi.

Bug‘latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi mumkin. Eritmaning xossalari va ikkilamchi bug‘ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko‘ra har xil bosim ishlatiladi.



Savol: Vakuum ostida bug‘latishning afzallik va kamchiliklarini tushuntiring.

2-KEYS

Absorbsiya

1. Gaz hamda bug‘ — gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. YUtilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o‘zaro ta’siriga ko‘ra absorbsiya jarayoni ikki xil bo‘ladi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada yutilayotgan gaz bilan absorbent o‘zaro bir biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotagn gaz absorbent bilan o‘zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya) deyiladi.



Savol: Sanoatda absorbsiya jarayoni qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

2. Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bo‘ladi. SHuning uchun ham, suyuqlik va gaz fazalar to‘qnashuv qiladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo‘lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo‘yicha absorberlar 4 guruxga bo‘linadi: yuzali (sirtiy) va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.



Savol: YUzali (sirtiy) va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntirib bering.

3-KEYS

Suyuqliklarni ekstraksiyalash

1. Eritmalar yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni eritgichlar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bu jarayon ikki turga bo‘linadi:

a) suyuqliklarni ekstraksiyalash; b) qattiq materiallarni ekstraksiyalash.

Eritmalar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir qiluvchi erituvchilar — ekstragentlar yordamida ajra­tib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o‘zaro aralashtirilganda erituvchida faqat kerakli komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon yoki butunlay erimaydi.

Suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb ataladi. Eng ko‘p tarkalgan erituvchi — suv xisoblanadi.

Savol: Erituvchilarga qanday talablar qo‘yiladi?

2. Ekstraksiyalash jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan qurilmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) qurilmaning ish xajmi birligiga to‘g‘ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumi katta bo‘lishi kerak; 2) hosil bo‘layotgan eritmaning konsentratsiyasi iloji boricha yuqori bo‘lishi zarur; 3) oxirgi eritma xajmi birligiga to‘g‘ri kelgan energiya sarfi kam bo‘lishi lozim.

Ekstraktor davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga bo‘linadi. Fazalarning o‘zaro yo‘nalishiga ko‘ra, ular to‘g‘ri yo‘nalishli, qarama - qarshi yo‘nalishli va aralash yo‘nalishli qurilmalarga ajraladi. Davriy ishlaydigan qurilmalarning ish unumi kichik bo‘lganligi sababli ular kichik xajmli ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. Sanoatda asosan uzluksiz ishlaydigan qurilmalardan keng foydalaniladi.

Kimyo sanoatida har xil tuzilishga ega bo‘lgan ekstraktorlar ishlatiladi. Bular asosan uch turga (aralashtirgich — tindirish, kolonnali va markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorlarga) bo‘linadi.



Savol: Ekstraktorlarni tuzilishi va ish prinsipini tushuntiring.

4-KEYS

O’simliklarda alkaloidlar bor-yo’qligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o’simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab bo’lmaydi.



Savol: Qanday reaksiyalar yordamida o’simlik tarkibida alkaloid borligini aniqlab bo’ladi?

5-KEYS

Anabazin sul’fatni neytrallashda Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi



Savol: nima uchun7-8 marta ekstraktsiyalanaidi Nitrozoanabazin xosil bo’lgani qanday aniqlanadi?


Download 1,42 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 1,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi

Download 1,42 Mb.