Suv uchun talab jadvali
Miqdor
(bochkalar)
Narx
(soʻm)
Jami daromad
(va umumiy foyda)
0
120
0
10
110
1100
20
100
2000
30
90
2700
40
80
3200
50
70
3500
60
60
3600
70
50
3500
80
40
3200
90
30
2700
100
20
2000
110
10
1100
120
0
0
Raqobat, monopoliyalar va kartellar
Agarda suv bozorida mukammal raqobat boʻlsa, har bir firma ishlab
chiqarish qarori narxni chekli xarajatlarga teng darajada belgilashga olib
keladi. Biz bu nasos bilan tortib olingan qoʻshimcha suvning chekli
xarajati nol boʻlishini qabul qilganmiz, suvni muvozanatli narx ham
mukammal raqobat sharoitida nol boʻladi. Bunda muvozanatli miqdori
120 bochka boʻlar edi. Suvning narxi uni ishlab chiqarish xarajatlarini
aks ettirgan boʻlar edi va suvning samarali miqdori ishlab chiqarilardi va
iste’mol qilingan boʻlardi.
Hozirda monopoliya qanchalik oʻzini tutishi kerakligini koʻrib
chiqamiz. 13.1-jadval 1 bochka suvning narxi 60 soʻm va umumiy
miqdor 60 bochka boʻlganida foyda maksimallshtirilganligini koʻrsatadi.
275
Foydani maksimallashtirayotgan Monopolist, shunga koʻra, mahsulot
miqdorini va narxini tanlashi kerak. Bu Monopoliya uchun narx chekli
xarajatlardan ustun boʻlishi kerak. Natija samarasiz boʻladi, chunki
ishlab chiqarilgan va iste'mol qilinadigan suv miqdori ijtimoiy samarali
daraja 120 bochkadan pastga tushib ketadi.
Bizning Duopolistlardan qanday natija kutishimiz kerak? Buning
bir sababi – Anvar va Bahrom uchrashadilar va ishlab chiqariladigan
suv miqdori hamda uning uchun belgilanadigan narx boʻyicha
kelishadilar. Ishlab chiqarish miqdori va uning narxi boʻyicha firmalar
oʻrtasidagi bunday kelishuv maxfiy kelishuv deb ataladi, va kelishuvga
muvofiq harakat qiluvchi firmalar guruhi kartel deyiladi. Bir kun kartel
tashkil etildi, bozorga Monopoliya samarali xizmat qildi, ya’ni agar
Anvar va Bahrom oʻzaro kelishuvga kirishsalar, ular ushbu bozordan
ishlab chiqaruvchilar oladigan umumiy foydani maksimallashtiruvchi
Monopol ishlab chiqarish hajmi haqida kelishib oladilar. Bizning ikki
ishlab chiqaruvchilarimiz umumiy 60 bochka suv ishlab chiqarardi, va
bir bochkani 60 soʻm narxda sotgan boʻlardi. Yana bir bor, narx chekli
xarajatlarni oshiradi, va ijtimoiy natija samarasiz boʻladi.
Kartel qatnashchilari faqat ishlab chiqarishining umumiy darajasi
haqidagina bir fikrga kelibgina qolmay, balki uning har bir aʼzosi
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori haqida ham bir fikrga
kelishlari kerak. Bizning holda, Anvar va Bahrom monopoliya mahsuloti
60 bochkani oʻzlari oʻrtasida qanchalik taqsimlashlarda oʻzaro
kelishishlari kerak. Kattaroq bozor ulushi katta foydani anglatadi, chunki
kartelda har bir aʼzosida bozorning katta ulushini olish istagi paydo
boʻladi. Agar Anvar va Bahrom bozorini teng boʻlinishiga rozi boʻlsa,
ularning har biri 30 bochka ishlab chiqarib, har bir narx bir bochka
uchun soʻm 60 boʻlardi va har biri 1800 soʻmdan foyda koʻrishadi.
276
Oligopolist kartellarni shakllantirish va monopoliya daromadini
istaydi, ammo koʻpincha buning imkoni yoʻq. Bundan tashqari ba’zi
hollarda kartel a’zolari oʻrtasidagi foydani boʻlish boʻyicha
kelishmovchiliklar ular oʻrtasidagi kelishuvni qiyin qilib qoʻyadi.
Oligopolistik kelishuvlarni taqiqlovchi monopoliyaga qarshi qonunlar
davlat siyosatini ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Hatto raqib bilan
narxni shakllantirish va ishlab chiqarishdagi cheklovlar haqida
gaplashganda ham, jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin
8
. Agar
Anvar va Bahrom qanchalik alohida-alohida suv ishlab chiqarishga
qaror qilsa, qanday hodisa sodir boʻlishini koʻrib chiqaylik.
Boshida Anvar va Bahrom Monopoliya samarasiga yetib
borishlariga bir bor ishonishgan edi, chunki bu natija ularning
qoʻshimcha foydasini oshirgan edi. Birlashgan shartnomaning yoʻqligida
qanchalik Monopoliya natijasi ehtimoldan yiroq. Nima uchun Anvar 30
bochka ishlab chiqarishga ishonganini tasvirlang (Monopoliya
miqdorining yarmi). Anvar quyidagicha mulohaza qiladi:
“Men 30 bochka ishlab chiqarishim mumkin, ushbu holatda, 60
bochka suvning umumiy hajmi bir bochkaning narxi 60 soʻmdan
sotilishi mumkin edi. Mening foydam esa 1800 soʻm (30 bochka * bir
bochkaning narxi 60 soʻm) boʻlgan boʻlardi. Shu bilan birga men yana
40 bochka ishlab chiqarishim mumkin edi. Bunda, 70 bochka suvning
umumiy hajmi bir bochkaning narxi 50 soʻmdan sotilar edi, bundagi
mening foydam 2000 soʻmgacha osgan boʻlardi. (70 bochka* 50 soʻm).
Hattoki bozorning umumiy foydasi tushib ketgan taqdirda ham, mening
foydam balandroq boʻlar edi, chunki men bozor ulushining katta qismiga
ega edim”.
Albatta, Bahrom ham xuddi shunday mulohaza qilishi mumkin.
Agar shunday boʻlsa, Anvar va Bahrom har bir shaharga 40 bochka suv
8
N. Gregory Mankiw Principles of Microeconomics, 7e
277
olib keladi. Bunda jami savdo 80 bochka boʻladi va narx 40 soʻmga
tushadi. Shunday qilib, agar Duopolistlar oʻzlarining shaxsiy
manfaatlarini boshqalardan ustun qoʻygan holda davom ettirishsa, ya’ni
qachonki koʻp ishlab chiqarishga qaror qilishsa, ular ishlab
chiqarishining umumiy miqdori monopoliya miqdoriga qaraganda
kattaroq boʻladi va mahsulot narxi pasayadi. Monopoliyaning foydasiga
nisbatan solishtirganda duopolist firmalarning umumiy foydasi ham
kamayadi.
Garchi oʻz qiziqishlari mantiqiy jihatdan monopoliya darajasidan
duopoliyaning ishlab chiqarishini kuchaytirsada, u raqobatli ajratmaga
erishishda duopoliyani chetga surib qoʻymaydi. Har bir duopolist 40
bochka ishlab chiqargan paytda nima sodir boʻlishini oʻylab koʻraylik.
Narxi soʻm 40 va har bir duopolist 1600 soʻm boʻlgan foydani qiladi. Bu
vaziytda, Anvarning oʻz manfaatini ustun qoʻyish xususidagi mantigʻi,
har xil xulosaga olib keladi:
“Toʻgʻri hozir mening foydam 1600 soʻm”. Men ishlab
chiqarishimni 50 bochkaga oshiraman, deylik. Bu holda, umumiy 90
bochka suv sotilgan boʻladi va bir bochka narxi 30 soʻm boʻlardi. Keyin
mening foydam faqat 1500 soʻm boʻladi. Bu ishlab chiqarishni
oshirishga va narxini pastga tushirishga qaraganda kam, balki 40
bochkada oʻzimning ishlab chiqarishimni saqlash yaxshiroqdir.
Anvar va Bahrom har 40 bochka ishlab chiqarishida boʻlgan natija
muvozanati bir turdagi kabi koʻrinadi. Aslida, bu natija Nesh
|