О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/146
Sana17.02.2024
Hajmi2,76 Mb.
#158175
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Tizimli menejment nazariyasi-1
Umbarova Mutaxassislik (texnologiya) mustaqil ish., Texnologiya fani.maqola, the-black-obelisk-a-novel, 2-amaliy, Makroiqtisodiyot fanidan yakuniy test savollari, SATTOROVA ANORA XURSANTOVNA, fizika 9-sinf formulalar, Programming with JavaScript, file, Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org, Transformatorlar, rasmmm, G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar, 1-topshiriq 2 (3), 1-topshiriq 2 (4)
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


5
I BOB. MENEJMENT TIZIMI 
1.1. Menejment: asosiy qoidalar 
Menejment - kо‗plab tarkibiy qismlar, ularning xususiyatlari va tomonlariga 
ega bо‗lgan murakkab, kо‗p о‗lchamli xodisa hisoblanadi. Birinchi navbatda, bu 
insonning turli xil chuqur bilimlar, amaliyot va hayotiy tajribani talab qiluvchi о‗ziga 
xos yuqori mas‘uliyatli faoliyatidir. Menejmentning aniq maqsadga qaratilganligi shu 
bilan belgilanadiki, u asosiy vazifa sifatida foyda olishga yо‗naltirilgan. 
Menejment XIX-XX asrlar о‗rtalarida fanning mustaqil sohasiga aylangan. 
Amerikalik Jozef Varton 1881- yilda birinchi marta kollejlarda о‗qitish uchun 
menejment kursini ishlab chiqqan. Amerikalik muxandis Frederik Teylor 1911- yilda 
о‗zining ―Ilmiy menejment tamoyillari‖ kitobini nashr qilgan va unda birinchi marta 
boshqaruv fan va tadqiqotning mustaqil sohasi deb tan olingan. 
Bu asarlar jamlangan tajribani ilmiy umumlashtirish va ilmiy boshqaruv 
asoslarini shakllantirishga harakat qilingan dastlabki ishlar hisoblanadi. Ular
ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy sotish, katta sig‗imli bozorlar va qudratli 
korporatsiyalar va aksiyadorlar jamiyatlari shaklidagi yirik kо‗lamli tashkilotlarning 
о‗ziga xos alomatlarini borgan sari kengroq qamrab olayotgan sanoat rivojlanishining 
ehtiyojiga javob bо‗lganlar. Juda yirik tashkilotlar ishlab chiqarish va mehnatni 
ratsional tashkil qilish, barcha bо‗linmalar va xizmatlar, menejerlar va ijrochilarni 
ilmiy asoslangan tamoyillar, meyorlar va standartlarga muvofiq aniq va о‗zaro 
bog‗langan holda ishlashlariga keskin zaruriyatni his qilganlar. 
Angliyadagi sanoat inqilobi boshqaruvga qiziqishni uyg‗otuvchi dastlabki 
asosiy kuch bо‗lgan. Ammo boshqaruv tashkilotning rivojlanishi va muvaffaqiyatiga 
katta hissa qо‗shishi haqidagi g‗oya birinchi marta zamonaviy boshqaruvning vatani 
bо‗lgan Amerikada vujudga kelgan. XX asrning boshlarida, jо‗shqin rivojlanish 
davrida, Qо‗shma Shtatlar amalda inson о‗zining kelib chiqishi, millati bilan bog‗liq 
qiyinchiliklarni yengib о‗tib, tashabbuskorligi va shaxsiy omilkorligini namoyon 
qilishi mumkin bо‗lgan yagona mamlakat bо‗lgan. Millionlab yevropaliklar 
Amerikaga kо‗chib о‗tganlar hamda bu yerda juda katta ishchi kuchi bozorini tashkil 


6
qilganlar. Transkontinental temir yо‗llar Amerikani jahondagi eng yirik yagona 
bozorga aylantirgan. О‗sha paytda amalda biznesda davlat tomonidan tartibga solish 
mavjud bо‗lmagan, shu boisdan ham muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar 
monopolist, yakka hokimlarga aylanganlar. Natijada, yirik sohalar va korxonalar 
tashkil qilingan, ularni boshqarish uchun samarali bir shaklga keltirilgan usullar talab 
qilingan. 
Menejmentning paydo bо‗lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog‗liq: 
mashinalashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarning 
о‗sishi, mulk egasi va tadbirkorning yirik ishlab chiqarishni boshqarishdagi 
qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir bо‗lmay qolishi; 
katta hajmdagi bozor subyektlarining vujudga kelishi va bozor aloqalarining
kuchayishi; 
boshqaruvga nisbatan kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi 
raqobatning о‗sishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi; 
yirik korporatsiyalarning paydo bо‗lishi va shunga kо‗ra faqatgina 
xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmining ortishi 
va murakkablashuvi;
mulkning aksiyadorlar о‗rtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik 
sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari yuzaga kelishi; 
tadbirkorlarning sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan 
foydalanishga harakat qilishlari; 
ijodkor, qiziquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini 
yaratish istagi.
Menejment ikkita asosiy funksiyani bajaradi, ya‘ni u boshqaruv ilmini 
о‗rgatadigan fan, shu bilan birga amaliyotdir. Menejment amaliyoti aniq bir 
korxonani boshqarish faoliyatida menejment nazariyasi bilimlarini qо‗llash hamda 
aniqlangan natijalarni nazariyani rivojlantirishda qо‗llash bilan tavsiflanadi. Shunday 
qilib, menejmentning ana shu ikkita shakli boshqaruv faoliyati samaradorligini 
oshirishda uzviy bog‗langandir.


7
Menejment – hosilaviy fan bо‗lib, unda boshqa fanlar natijalaridan ham 
foydalaniladi (1.1-rasm). Avvalambor, bu iqtisodiy nazariya va alohida xо‗jalik 
tarmoqlari iqtisodiyotidir.

Download 2,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish