• 1.5-rasm. Menejment tizimi unsurlari tarkibi
  • Menejment tizimi
  • О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




    Download 2,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/146
    Sana17.02.2024
    Hajmi2,76 Mb.
    #158175
    TuriУчебник
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146
    Bog'liq
    Tizimli menejment nazariyasi-1
    Umbarova Mutaxassislik (texnologiya) mustaqil ish., Texnologiya fani.maqola, the-black-obelisk-a-novel, 2-amaliy, Makroiqtisodiyot fanidan yakuniy test savollari, SATTOROVA ANORA XURSANTOVNA, fizika 9-sinf formulalar, Programming with JavaScript, file, Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org, Transformatorlar, rasmmm, G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar, 1-topshiriq 2 (3), 1-topshiriq 2 (4)
     
     
    1.4-rasm. Menejmentning samaradorligi shartlari 
    Menejment 
    nazariyasini
    bilish 
    Muvaffaqiyatli 
    menejment 
    Muvaffaqiyatli 
    boshqarish istagiga ega 
    bo‘lish 
    Boshqarish 
    qobiliyatiga ega 
    bo‘lish 
    Nazariyani 
    amaliyotda 
    qo‘llay olish 


    13
    Menejment tizimi – bu xususiyatlari u yoki bu obyektni boshqarish maqsadlari 
    va tamoyillarining xususiyatidan kelib chiqib tanlab olinadigan tarkibiy qismlarning 
    muayyan yig‗indisi. Boshqaruvning maqsadlari tizimni hosil qiluvchi qism sifatida 
    ishtirok etadi. Metodologiyadan kelib chiqib, bu shuni anglatadiki, umuman olganda, 
    maqsadlarga butun menejment tizimi va alohida tarzda uning har bir tarkibiy qismi 
    mos kelishi kerak. Bundan tashqari, tizimning har qanday tarkibiy qismi ham qolgan 
    tarkibiy qismlarning har biriga mos kelishi lozim. Menejment tizimida insonlar - 
    boshqaruv subyektlari tomonidan oldinga qо‗yilgan maqsadlarni amalga oshirish 
    uchun shakllantiriladi, biroq u obyektiv xususiyatga ega, chunki qonunlar va 
    tamoyillarga asoslanadi. Boshqaruv faoliyati mazmunan, menejment tizimining 
    quyidagi tarkibdagi unsurlarini о‗z ichiga oladi (1.5-rasm): 
    1.5-rasm. Menejment tizimi unsurlari tarkibi 
    MT = Bm+Mt+Bf+Mu+Mttt+Bp+Mt+M*t+Ba 
    bunda: Bm – obyektni boshqaruv maqsadlari; 
    Mt – menejment tamoyillari; 
    Bf – boshqaruv funksiyalari; 
    Mu – menejment usullari;
    Mttt – menejment tizimining tashkiliy tuzilmasi bо‗lib, quyidagi uchta 
    elementdan tashkil topadi: 
    1- 
    funksiyalarni bajaruvchilar; 
    2- 
    boshqaruv personalining funksional majburiyatlari; 
    3- 
    funksional majburiyatlarini amalga oshirishda bajaruvchilar о‗rtasidagi 
    о‗zaro aloqalar; 
    Menejment tizimi 
    Bm
    Bf
    Mttt
    Mtv
    Мt
    Ba
    Mu
    Bp
    М*t


    14
    Bp – boshqaruv personali; 
    Mtv – menejmentning texnik vositalari; 
    M*t – menejment texnologiyasi; 
    Ba – boshqaruv faoliyatini amalga oshirishdagi zaruriy axborotlar. 
    Menejmentga zamonaviy yondashuvlar. Zamonaviy menejmentni tavsiflovchi 
    asosiy belgisi uning an‘anaviy boshqaruvdan tubdan farqlanishidir. 
    Menejmentga tizimli yondashuv nisbatan yaqindan qо‗llana boshlaganligi 
    tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga 
    haqiqiy ta‘sirini tо‗liq darajada baholashning iloji yо‗q. Shunga qaramasdan, bugungi 
    kunda uning ta‘siri juda katta va bundan keyin ham u о‗sib boradi. Tizimli asosda,
    ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish 
    mumkin bо‗lar.
    Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qо‗llashlari 
    uchun tashkilotni о‗zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga 
    о‗zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida turli xil maqsadlarga erishishga harakat 
    qilayotgan insonlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya kabi о‗zaro bog‗langan 
    elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak bо‗ladi. 
    Bugungi 
    kunda 
    menejmentda 
    vaziyatli 
    yondashuvdan 
    ham 
    keng 
    foydalanilmoqda. Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yig‗indisi 
    emas, balki, tashkiliy muammolar va ularning yechimlariga nisbatan fikrlash 
    usulidir. Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy 
    maqsadlariga erishishga kо‗proq darajada yordam berishini tushunib olishlari 
    mumkin. Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq 
    usullar va konsepsiyalarni ma‘lum vaziyatlar bilan bog‗lash zarur. Vaziyatli 
    yondashuvda e‘tibor tashkilotlar va tashkilotlarning о‗zlarining ichidagi vaziyatli 
    farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyatli о‗zgaruvchan vaziyatlar va 
    ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta‘sirini aniqlash zarur bо‗ladi. 
    Zamonaviy menejmentda jarayonli yondashuvning ham о‗rni katta. Ushbu 
    yondashuvga kо‗ra, boshqaruv uzluksiz о‗zaro bog‗liq harakatlar jarayoni sifatida 
    kо‗rib chiqiladi, ularning har biri ham, о‗z navbatida bir necha о‗zaro bog‗langan 


    15
    harakatlardan iborat bо‗ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning 
    bog‗lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik mustaqil faoliyat sifatida 
    kо‗rib chiqiladi. U xodimlarga ta‘sir kо‗rsatishning shunday imkoniyatini kо‗zda 
    tutadiki, ular maqsadlarga erishish yо‗nalishida mehnat qilsinlar.
    Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boshqaruv fikri doimiy ravishda rivojlanib 
    borgan, bu tashkilotlarni samarali boshqarish haqidagi yangi g‗oyalarni tug‗ilishga 
    yordam bergan. 
    Har bir yondoshuv yoki maktabning vakillari faraz qilganlarki, ular tashkilot 
    maqsadlariga samaraliroq erishishga kalit topa olganlar. Ammo, sо‗nggi tadqiqotlar 
    va boshqaruv amaliyotining kо‗rsatishicha, bu tadqiqotlar boshqaruv jarayonining 
    faqat ayrim tomonlariga tegishli bо‗lgan, olingan natijalar esa faqat ma‘lum 
    vaziyatlar uchungina tо‗g‗ri bо‗lgan. Bundan tashqari, boshqaruv amaliyoti hamma 
    vaqt ham tegishli nazariy fikrga qaraganda murakkabroq, chuqurroq va turli 
    tumanliroq bо‗lgan. Vaqti - vaqti bilan tadqiqotchilar boshqaruv jarayonining yangi, 
    oldin noma‘lum bо‗lgan tomonlarini ochganlar va mustahkam bо‗lib kо‗ringan, 
    ammo notо‗g‗ri qarashlarni kо‗rsatib berganlar. Shunga qaramasdan ushbu 
    tadqiqotchilar boshqaruv fanini rivojlanishiga bebaho hissa qо‗shganlar. 

    Download 2,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146




    Download 2,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Download 2,76 Mb.
    Pdf ko'rish