-rasm. Boshqaruv fani bir qator fanlar sintezi sifatida




Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/146
Sana17.02.2024
Hajmi2,76 Mb.
#158175
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
Tizimli menejment nazariyasi-1
Umbarova Mutaxassislik (texnologiya) mustaqil ish., Texnologiya fani.maqola, the-black-obelisk-a-novel, 2-amaliy, Makroiqtisodiyot fanidan yakuniy test savollari, SATTOROVA ANORA XURSANTOVNA, fizika 9-sinf formulalar, Programming with JavaScript, file, Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org, Transformatorlar, rasmmm, G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar, 1-topshiriq 2 (3), 1-topshiriq 2 (4)
1.1-rasm. Boshqaruv fani bir qator fanlar sintezi sifatida 
Menejmentning asosi sifatida turli xildagi obyektlarni boshqarish tо‗g‗risidagi 
fanlar, xususan: kibernetika, tizimlar umumiy nazariyasi, operatsiyalarni tadqiq etish, 
tarkibiy-funksional 
tahlil, 
shuningdek 
ishni 
tashkil 
etish 
va 
personalni 
Xalq xo‘jaligitarmoqlari iqtisodiyoti
Iqtisodiyot nazariyasi 
Iqtisodiy fanlar 
Tashkilotlar 
sotsiologiyasi 
Boshqaruv faoliyati 
psixologieasi 
Fiziologiya 
Huquqiy fanlar 
Fuqarolik huquqi 
Xo‘jalik huquqi 
Mehnat huquqi 
Boshqaruv fanlari 
Kibernetika 
Tizimlar umumiy nazariyasi 
Tizimli tahlil 
Tarkibiy funktsional tahlil 
Boshqaruv funksiyasi sifatida 
tashkilot umumiy nazariyasi 
Tizim texnikasi 
Operatsiyalarni tatqiq 
etish nazariyasi 
Axborot nazariyasi 
Iqtisodiy fanlar 
Boshqaruv 
fani 


8
motivatsiyalash muammolarini kо‗rib chiquvchi boshqaruv nazariyasi ishtirok etadi. 
Bunda ayniqsa, psixologiya fani insonlar, ularning birgalikdagi faoliyati jarayonidagi 
о‗zaro munosabatlariga samarali ta‘sir kо‗rsatadigan fan sifatida alohida о‗rin tutadi. 
Bunda kompaniya korxonalari jamoasi о‗rtasida ijobiy psixologik muhitni yaratish, 
rahbarlarning korxona personali bilan munosabatlarini oqilona о‗rnatilishi, ularni 
о‗zining butun salohiyatini, bilimini korxona oldiga qо‗yilgan maqsad va vazifalarni 
bajarishiga yо‗naltira olishi, hamkorlar bilan munozaralarni olib bora olishi juda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba‘zi bir holatlarni,
eng avval maqsadli mazmunini aniqlab olish darkor. Masalan, boshqaruv tizimining 
barqaror, ishonchli, istiqbolli va samarali faoliyat yuritishini ta‘minlovchi boshqaruv 
nazariyasi, ilmiy yondashuvlar, jarayonlar, tamoyillar va usullarni ishlab chiqish 
menejmentning fan sifatidagi maqsadi bо‗ladi.
Shu bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi 
maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga 
ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonlarni ratsional tashkil qilish va tashkilotning 
texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yо‗li bilan erishishdan iboratdir. 
Boshqaruv nima, ushbu tushunchani qanchalik tо‗liq va aniq tarzda ifodalash 
mumkin? Boshqaruvning yuqorida kо‗rib chiqilgan mohiyati ushbu vazifani hal etish 
imkonini beradi. Biroq, mazkur о‗ziga xos aqliy ishning kо‗p qirraliligi uning asosiy 
belgilarini ochib berishga imkon bermaydi. ―Boshqaruv‖ tushunchasining ushbu 
faoliyatning faqat alohida tomonlarini, jihatlarini aks ettiruvchi 300 ga yaqin turli xil 
ta‘rifi mavjud. 
Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iktisodiy-matematik usullarni ishlab 
chiqilishi, vazifalarning kо‗pgina sifat yechimlarini vazifalarning aniq miqdoriy 
baholari yoki qarorlari bilan tо‗ldirish yoki almashtirishga imkon beradi, hisoblash 
texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning 
samaradorligi oshishiga kо‗maklashadi. Hisoblashlarning kо‗p mehnat talab qilishi 
tufayli vaqtning haqiqiy yoki yо‗l qо‗yiladigan kо‗lamlarda hal qilinishi mumkin 
bо‗lmagan kо‗pgina masalalar kundalik haqiqat bо‗lib qoladi. 


9
Umumiy kо‗rinishda boshqaruv ikkita obyektning maqsadiga qaratilgan 
о‗zaro hamkorlikdan iborat bо‗lib, bunda ulardan biri boshqaruv subyekti о‗rnida, 
boshqasi esa boshqaruv obyekti о‗rnida bо‗ladi. Bu о‗zaro hamkorlik uchun 
quyidagilar xosdir: 
boshqaruv subyekti boshqaruv obyektiga ta‘sir kо‗rsatish impulslari, ya‘ni 
boshqaruv buyruqlarini jо‗natadi, ular boshqaruv obyekti qanday faoliyat yuritishi 
haqidagi axborotga ega bо‗ldilar; 
boshqaruv obyekti ushbu buyruqlarni oladi va ularga muvofiq harakat qiladi
(1.2- rasm). 
Boshqaruv subyekti sifatida firmalar bо‗limlari va xizmatlari majmuasini yoki 
alohida bо‗linma, yakka shaxs va boshqalarni kо‗rib chiqish mumkin. Boshqaruv 
obyekti sifatida xodim, mehnat jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.q. bо‗ladi. 
Masalan, usta uchastkaning ishini tashkil qiladi. Bunda u past darajadagi menejer 
yoki boshqaruv subyekti, ishchilar esa – boshqaruv obyektlari bо‗ladi.
Teskari aloqa – boshqaruv obyektining holati tо‗g‗risida ma‘lumot 

Download 2,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Boshqaruv fani bir qator fanlar sintezi sifatida

Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish