Oqlashdan oldin saralash jarayoni




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Oqlashdan oldin saralash jarayoni. Tozalangan donlarni yirikligi bo‘yicha 
fraksiyalarga ajratishga mo‘ljallangan bo‘lib, oqlash uskunalaridan don qobiqlarini osonlik bilan 
echib olishga olib keladi. Donlar qanchalik aniqlik bilan saralangan bo‘lsa, shunchalik oqlovchi 
uskunalarning samaradorligi yuqori bo‘ladi, chunki donlarning yirikligiga qarab uskunaning 
ishchi oraliq masofasi tanlanadi. 
Hozirgi vaqtda yorma ishlab chiqarish korxonalari donlarni fraksiyalarga ajratish uchun 
A1-BRU rassevlari qo‘llanilmoqda. Rassev elaklari tebranma xarakat qilib, donlarni kerakli 
fraksiyalarga ajratib beradi va deformatsiyasiga uchraydi. Donlarning tuzilishi, qobiq bilan 
mag‘iz orasidagi bog‘ning mustahkamligiga va ishlab chiqarilayotgan bog‘ning yormaning 
assortimentiga (butun yorma, maydalangan yorma)ga qarab turli xil oqlash usullari qo‘llaniladi. 
Don qobiqlarini oqlashning uch xil usuli mavjud: Birinchi usulda donning ustki 
qobiqlari siqilish va surilish deformatsiyasi natijasida ajratiladi. Bu usul qobiq bilan mag‘iz 
tutash o‘sib ketmagan sholi, tariq, suli va grechka donlari uchun qo‘llaniladi. Bunda asosan 
oqlovchi postav, valsedekali dastgox va rezina valli A1-ZRD oqlovchi uskunalardan 
foydalaniladi. 
Ikkinchi usulda donlar qattiq yuzaga bir marotaba va ko‘p marotaba urilishlari natijasida 
qobiqlardan ajratiladi. Bunda suli doni uchun bir marotaba zarba beruvchi A1-DSHS oqlovchi 
uskunalar qo‘llaniladi. Bug‘doy, arpa, no‘xat va makkajo‘xori donlari uchun ko‘p marotaba 
zarba beruvchi va bichevoy uskunalar ishlatiladi. 


93 
Uchinchi usulda oqlash jarayoni donlarni xarakatlantiruvchi g‘adir-budir yuzaga 
ishqalash natijasida amalga oshiriladi. Bu usul qobiqlari mag‘iz bilan zich tutashib o‘sgan donlar 
arpa, bug‘doy, jo‘xori uchun qo‘llaniladi. Bunda oqlovchi-sayqallovchi A1-ZSHI-3 uskunasidan 
foydalaniladi. 

Download 5,15 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish