• 12-MA’RUZA YORMA MAXSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI (DON TOZALASH BO‘LIMI). Reja
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Tekshirish uchun savollar. 
    1. Un ishlab chiqarishga don xossalarini ta’siri. 
    2. Pomol partiyalar tuzishdan maqsad. 
    3. Don tayyorlov bo‘limidagi asosiy jarayonlar. 
    4. Gidrotermik ishlov berishning donga ta’siri. 
    1. Bug‘doy va javdari donlardan un ishlab chiqarish texnologiyasi qanday 
    jarayonlardan iborat? 
    2. Tegirmonga yuborilayotgan donning sifati qanday bo‘lishi kerak? 
    3. Un ishlab chiqarish jarayoni qanday turkumlanadi? 
    4. Oddiy un ishlab chiqarish texnologik jarayoni qanday kechadi? 
    5. Tegirmonning don tozalaydigan sexiga yuborilayotgan don sifati qanday bo‘ladi? 
    12-MA’RUZA YORMA MAXSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH 
    TEXNOLOGIYASI (DON TOZALASH BO‘LIMI). 
    Reja: Yorma maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining vazifalari. Yormabop
    donlar va ularning tavsifi. Yormabop donlarni qayta ishlashga tayyorlashdagi asosiy 
    jarayonlar. Omixta em ishlab chiqarish texnologiyasi 
    Yorma maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining vazifalari don massasidan turli 
    aralashmalarni va qobiqlarni ajratish orqali, ularning oziqaviylik qiymatini yaxshilab, osongina 
    oziq-ovqat maxsulotlari tayyorlashga olib kelishdan iboratdir. Yorma ishlab chiqarish 
    korxonalarining farqli tomoni shundaki, ularda yorma olinadigan donlar xilma-xil bo‘ladi hamda 
    donni oqlash jarayonida unning mag‘zini butunligicha saqlab qolishga xarakat qilinadi. 
    Korxonaga yorma olish uchun qayta ishlashga kelib tushayotgan turli navlardagi donlar 
    yormabop donlar deb ataladi, chunki ushbu ekinlarning asosiy kismidan yorma ishlab chiqarish 


    89 
    uchun foydalaniladi. Bundan tashqari yorma va yorma mahsulotlari suli, arpa, bug‘doy, 
    makkajo‘xori, no‘xat donlaridan ham ishlab chiqariladi. Ayrim hollarda sarcho (oq jo‘xori), 
    chumiza, yasmiq va boshqa donlar ham yorma mahsulotlariga qayta ishlanadi. Yorma 
    mahsulotlarining assortimenti etarli darajada kengdir, bularga butun magizli (yadro) yorma, 
    maydalangan magizli yorma, parchalangan yorma (xlopya) va boshqalarni misol kilish mumkin. 
    Insonlarning un mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda yormalar alohida o‘ringa ega. 
    Undan turli non va qandolat mahsylotlari ishlab chiqarishda, y xom ashyo o‘rnini bosadi, 
    yormalapning o‘zidan esa ortiqcha mehnat talab etmaydigan turli taomlar tayyorlashda 
    foydalaniladi. Masalan, portlagan dondan tayyorlangan «quruq nonushta» sut mahsulotlari bilan 
    is’temol qilinadi. So‘nggi yillapda oziq-ovqat texnologiyacida tupli yorma tayyorlash yaxshi 
    yo‘lga qo‘yilgan, ular qo‘shimcha ishlov bepishni talab etmaydi. 
    Yorma mahsylotlarni ishlab chiqarishda yormabob donlardan asosiy texnologik 
    jarayonlar yordamida turli chiqindilardan tozalash va uning gul qobig‘ini ajratish amalga 
    oshiriladi. Bu jarayonlapni yuqori unumdorlik va samaradorlik bilan olib borish yuqori sifatli 
    yormalar olishda muhim ahamiyatga ega.
    Ma’lumki, yopmabop donlar gul, urrg‘lik yoki meva qobiqlapi bilan qoplangan. Typli 
    yormabop donlapda mag‘iz bilan qobiq opasidagi bog‘liqlik typlichadir. Masalan, appa donida 
    qobiq mag‘izga mystahkam yopishgan, grechixa, sholi, tapiq va sylida esa bunday emas. Qobig‘i 
    mag‘ziga mustahkam yopishgan donlapdan yorma ishlab chiqapish japayonida ularga suv va 
    issiqlik bilan ishlov bepish qobiqlarning engil ajpalishiga va mag‘iz mystahkamligini oshirishga 
    yordam beradi. Donlapga ishlov bepish jarayonida texnologik kamaraga erishishda don 
    massasining bir xil katta-kichiklikda bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Shyning uchun ham ular 
    oqlashdan oldin saralanadi. Donlarni oldindan fraksiyalarga saralash natijasida oqlangan 
    mahsulotlarni katta-kichiklikligiga ko‘ra ajratish samarali bo‘ladi. 
    Yorma mahsulotlari ishlab chiqarish kopxonalapidagi texnologik japayonlap qyyidagi 
    bocqichlapdan ibopat: 
    - donlapni tozalash jarayoniga tayyoplash — by jarayon qaysi donga ishlov bepishga 
    bog‘liq, ular esa ikki-to‘rt texnologik jarayonlardan tashkil topgan; 
    - donlapni chiqindilapdan tozalash;
    - suliga o‘xshash donlapni qiltanoqdan tozalash; 
    - suv, bug‘ (GTI) bilan ishlov bepish; 
    - separatorlar yordamida oldindan saralash. 
    Donlardan yorma olish jarayoni quyidagi bosqichlardan ibopat: 
    - oqlashdan oldin saralash; 
    - qobiqlardan ajratish; 
    - oqlangan yarim tayyor mahsulotlardan muchka (kepak), maydalan-gan donlap, 
    qobiqlapni ajpatish; 
    - oqlangan va oqlanmagan apalashmalapdan mag‘izlarini ajratish; 
    - yopmalapga sayqal va pardoz bepish; 
    - yopma va chiqindilapni nazopat qilish. 
    Dondan yorma olish texnologik jarayonlari.Dondan yorma olish jarayoni xuddi un 
    ishlab chiqarish korxonalari kabi uchta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: donni qayta ishlashga 
    tayyorlash; donni yorma va yorma mahsulotlariga qayta ishlash; tayyor mahsulotni jo‘natish. 
    Donni qayta ishlashga tayyorlash ikkita asosiy bosqichdan: don uyumidan 
    aralashmalarni ajratish va donga gidrotermik ishlov berishdan iborat. Un ishlab chiqarish 
    korxonalarida don tayyorlash bosqichidan farqli ularoq yorma ishlab chiqarish korxonalarida don 
    sirtiga quruq ishlov berish va yuvish jarayonlari yuqdir. Bu hamma yormabop ekinlarni qayta 
    ishlash texnologik jarayoni bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ya’ni oqlash natijasida tashqi po‘stloqni 
    olish vazifasi bajarilishi orqali tushuntiriladi. Albatta bu holatda don sirtini quruq va xo‘l 
    usullarda tozalashga zarurat yo‘kdir. 
    Yorma ishlab chiqarish korxonalarida donni aralashmalaridan tozalash jarayoni amalda 
    huddi ishlab chiqarish korxonalaridagi kabi usullarga asoslangan. Biroq don tozalash 


    90 
    mashinalarining ishchi organlari u yoki bu donga ko‘proq mos keladigan qilib o‘rnatilishi va 
    pnevmanik ko‘rsatkichlarga bog‘liqdir. 
    Suli, grechixa, makkajo‘xori, bug‘doy va no‘xat donlarini qayta ishlashga tayyorlashda 
    gidrotermik ishlov berish qo‘llaniladi. U yorma chiqishini oshiradi, sifatini yaxshilaydi va 
    keyingi ishlash jarayonlarini engillashtiradi. Donning texnologik hususiyatlarini va ishlab 
    chiqariladigan mahsulotning turliligiga bog‘liq holda turli usuldagi gidrotermik ishlov berish 
    qo‘llaniladi. Ishlov berish usullari va buning uchun qo‘llaniladigan oqlash mashinasi ham muhim 
    ta’sir etadi. Donni oqlashdan oldin uni fraksiyalarga ajratish, kalibrlash qo‘llaniladi. 
    Donni qayta ishlash jarayoni hamma texnologik sxemalar uchun bir qator zarur 
    bosqichlar: donni oqlash, oqlangan mahsulotlarni saralash, tayyor mahsulot nazoratini o‘z ichiga 
    oladi. Ko‘pgina yormabop ekinlarni qayta ishlashda yormani sayqallash va silliqlash 
    (polirovkalash) jarayonlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, donni oqlashdan chiqqan 
    maxsulotlarni saralangandan keyin hosil bo‘lgan chiqindilar nazorati muhim jarayon hisoblanadi. 
    Ma’lum bir ekinlar uchun yadroni maydalash jarayoni xam qo‘llaniladi. Ayrim 
    sxemalar uchun yiriklik fraksiyalari bo‘yicha donni alohida qayta ishlash harakterlidir. Bunga 
    oqlashdan oldin donni kalibrlash orqali erishiladi. 
    Maydalangan yadrodan yorma, parchalangan yorma (xlopya) va boshqalar. 
    Yormabob ekinlar doni o‘zining shakli, o‘lchami, tuzilishiga ko‘ra nihoyatda turli-
    tumandir. U ikki qismdan iborat: yadro (endosperm murtak (zarodush) bilan) va po‘stlog‘i 
    (plenka). Yadro qoplangan tashqi po‘stlog‘i yoki gul kobig‘i (tariq, sholi, arpa, suli), yoki 
    meva qobig‘i (grechixa, bug‘doy, makkajo‘xori), yoki urug‘ kobig‘i (no‘xat) bo‘lishi 
    mumkin. Donning juda muhim hususiyati tashqi po‘stloq bilan yadroning zich bog‘liqligi 
    hisoblanadi. 
    To‘rtta yormabop ekinlar: sholi, tariq, suli va grechixa donlarida tashqi po‘stlog‘i yadro 
    bilan o‘sishib ketmay uni qoplab turadi. Qolgan to‘rtta: bug‘doy, no‘xat, arpa va 
    makkajo‘xorilarda po‘stlog‘i yadroning butun yuzasi bo‘ylab o‘zaro zich o‘sishib ketgan. 
    Po‘stlog‘i yadro bilan bog‘liqligini ma’lum me’yorda qayta ishlash usullarini belgilaydi. Turli 
    ekinlar donida tashqi po‘stlog‘i miqdori turlidir. Eng yuqori po‘stloq miqdori sulida – 22...30% 
    (o‘rtacha 26%), eng kam – arpada, nisbatan o‘rtacha 11 %, 10 % - no‘xatdadir, qolgan tariq, 
    grechixa, sholida po‘stloq miqdori 20% atorofida. Yorma chiqishi va sifatiga donning ko‘pgina 
    sifat ko‘rsatgichlari ta’sir etadi. Avvalambor donning po‘stloq miqdori, yiriklik, tekisligi, 
    namligi va undagi aralashmalar miqdori katta ahamiyatga egadir. 
    Po‘stloq miqdori – po‘stloqlilik – aralashmalardan tozalangan donda aniqlanadi. 
    Po‘stloqlilik qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik yadro miqdori kam va shunchalik bunday 
    dondan kam yorma olinadi. Qoidaga ko‘ra, yirik don po‘stloqliligi maydaga qaraganda kamdir. 
    Bundan tashqari, mayda don odatda yomon oqlanadi (shelushatsya). Ayniqsa, aslida mayda 
    donning o‘zi qayta ishlash samaradorligiga ta’sir etadi. Donni o‘lchamlar elaklar teshigining 
    o‘lchami orqali aniqlanadi, xamda ushbu elaklardan o‘tgan mayda don asosan yovvoyi (begona) 
    aralashmalarga kiritiladi. Bir qator ekinlarda bunday donlarning miqdori mos standartlar bilan 
    chegaralanadi. Mayda don olinadigan elak teshigining o‘lchami tarik uchun 1,4x20 mm, suli 
    uchun 1,8x20mm, arpa uchun 2,2x20 mm va boshqalarning tashkil etadi. Mayda donni don qabul 
    qilish punktlarida va elevatorlarda elab olish maqsadga muvofiqdir.
    Donni namligi uning texnologik hususiyatlariga, yormaning oxirgi namligiga katta ta’sir 
    ko‘rsatadi. Yuqori va ko‘pincha past namlik uning texnologik hususiyatlarini yomonlashtiradi, 
    yuqori namlikda donni aralashmalardan tozalash va oqlash jarayonlari qiyinlashadi, past 
    namlikda esa donni qayta ishlash jarayonidagi maydalanish darajasi keskin ortadi. 
    Yormabop xom ashyoda ko‘pincha nisbatan ko‘p miqdorda turli tuman aralashmalar 
    uchraydi, ularni ko‘pchiligi qiyin ajraluvchi aralashmalardir. Yovoyi (begona) aralashmalarga 
    organik, mineral, madaniy va yovvoyi o‘simliklar urug‘i va boshqalar kiradi. Masalan, boshqa 
    hamma madaniy va yovvoyi o‘simlik urug‘larini grechixa, tariq, sholi donida yovvoyi (begona) 
    aralashmalarga kiritiladi. Ayrim madaniy o‘simlik urug‘lari, masalan, arpa, bug‘doylarni sulidan 
    donli aralashmalarga kiritiladi. 


    91 
    Donni aralashmalaridan tozalanishi umumiy usuli amalda xuddi un ishlab chiqarish 
    korxonalarida bug‘doy va javdarni tozalashdagidek kechadi. Biroq yormabop ekinlarni turli xil 
    shakl va o‘lchami, hamda undagi o‘lchamga xos aralashmalarning mavjudligi don tozalash 
    qurilmalarini ba’zi o‘ziga xos hususiyatlarda qo‘llashga olib keladi. 
    Texnologik maqsadlar uchun don massasi shaffofligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan donlardan 
    tashkil topish muhimdir, chunki turli shaffoflikka ega donlarni qayta ishlash mag‘izning (yadro) 
    yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Yormaning sifati va chiqish miqdoriga mag‘izning konsistensiyasi, 
    ya’ni shaffofligi ta’sir etadi. Donning shaffofligi yuqori bo‘lsa, uning mustahkamligi ortib, 
    oqlash jarayonida kam miqdorida singan donlar va muchka hosil bo‘ladi. Yormabop donlarni 
    oqlash jarayonida endospermning bo‘linib ketishiga qarshiligi uning namligiga bog‘lik bo‘ladi, 
    qanchalik endosperimning namligi yuqori (belgilangan me’yorgacha) bo‘lsa, shunchalik 
    bo‘linishga qarshiligi ortadi. 
    Yormabop donlardan yormalarni to‘liq va butun holatda ajratib olish uchun donning 
    struktura tuzilishi, fizik hususiyatlarini, unda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni hamda 
    alohida tip va navlarining hossalarini bilish zarurdir. 
    Yormabop donlarni qayta ishlashga tayyorlashdagi asosiy jarayonlarga quyidagilar 
    kiradi: 1) donni aralashmalardan tozalash; 2) donlarga gidrotermik ishlov berish; 
    Yorma ishlab chiqarish korxonalarida xuddi un ishlab chiqarish korxonalariga 
    o‘xshab donni aralashmalardan tozalash uchun separator, trier, aspiratsion kolonka va boshqa 
    uskunalar qo‘llaniladi. Kukol ajratkich va ovsyug ajratgich uskunalar yormabop donlarlan 
    uzunligi bo‘yicha farqlanadigan aralashmalarni tozalash bilan birga oqlanmagan donlardan 
    ajratishda (suli yormasini ishlab chiqarishda) hamda po‘stloq orasida qolib ketgan singan 
    yormalarni nazorat qilishda qo‘llanishda. 
    Sholi va suli donlarini qiltanoqlari bo‘lgani uchun ularga maxsus qo‘shimcha 
    uskunalarda ishlov beriladi. Suli donlarini oboyka uskunasi orqali o‘tkazilganda uning 
    qiltanoqlari 93% gacha, qo‘shilib qolgan suli donlarining esa barchasi ajratiladi. SHoli doni 
    maxsus qiltanoq ajratuvchi (osteotdelitel) uskunasida xarakatlanishi davomida parraklarning 
    aylanishi va donlarning o‘zaro ishqalanishi natijasida qiltanoqlardan 88-92% ajratiladi. Sholi va 
    suli donlari singan qiltanoqlardan ajralishi uchun aspiratsion kolonkalarga yuboriladi. 
    Yorma ishlab chiqarish korxonalarida donlarga gidrotermik ishlov (GTI) berish jarayoni 
    muhim bosqich hisoblanadi. GTI natijasida dondan strura – mexanik o‘zgarishlar yuz berib, 
    endosperimdan qobiq va murtakni ajratish sharoiti yaxshilanadi. Bundan tashqari qobiqlar 
    murtlashib, mag‘iz esa mustahkamlanadi xamda me’yoriy namlikka ega bo‘lgan yormalarni 
    chiqish miqdorini ortishiga, korxona energiyani tejash hisobiga unumdorlikni oshirishga olib 
    keladi. 
    GTI berish yormaning oziqaviylik qiymatini oshiradi, uning suvini singdirish 
    qobiliyatini oshirib, qaynatish vaqtini qisqartiradi. GTI vaqtida dimlash jarayoni un ishlab 
    chiqarish korxonalaridan farqli ularoq yordamchi omil hisoblanadi va 30 minutdan 1 soatgacha 
    davom etadi. 
    GTI berishning quyidagi usullari mavjud: bug‘latish-quriitsh-sovitish; namlash-dimlash. 
    Bug‘latish-quritish-sovitish usuli grechka, suli va no‘xat donlari uchun qo‘llaniladi. 
    Uning muhim jihati shundan iboratki, bunda don yuqori haroratgacha (100 S dan yuqori) 
    to‘yingan bug‘ yordamida qizdiriladi. Bug‘latish jarayonida don namlanib qizish bilan birga 
    uning mag‘zi mustahkamlanadi. Bug‘latishdan so‘ng qo‘llaniladigan quritish jarayoni don 
    qobiqlarini murtlashib oqlash jarayonida parchalanishga yordam beradi. Undan so‘ng donlarni 
    sovitish jarayoni namligini qo‘shimcha pasaytirishga va qobiqlarni qatlamlashib yana murtlashib 
    qolishiga xizmat qiladi. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun maxsus bug‘latuvchi, qurituvchi 
    va sovituvchi uskunalar qo‘llaniladi. 
    Namlash-dimlash jarayoni ko‘pgina yormabop donlar uchun qo‘llaniladigan usuldir. 
    Bunda don maxsus uskunalarda namlanadi yoki past bosimdagi bug‘ bilan bug‘latiladi. 
    Namlangan don bir necha soat davomida bunkerlarda dimlanadi. Bu jarayonlardan o‘tgan don 
    yuqori plastiklikka ega bo‘lib, oqlash jarayonida kam maydalanadi. Namlangan qobiqlar 
    qatlamlar hosil qilib, endosperimdan oson aralashma olib keladi. 


    92 
    Gidrotermik ishlov berish jarayoni xar bir yormabop don uchun tug‘ri tashkil qilish 
    keyingi jarayonlarni yuqori unumdorlik bilan ishlashiga va yorma mahsulotini oziqaviylik 
    kiymati ortishiga olib keladi. 
    Yormabop donlardan yorma mahsulotini ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlarga 
    quyidagilar kiradi: 1) oqlashga tayyorlangan donlarni saralash; 2) oqlash (don qobiqlarini 
    shilish); 3) oqlash mahsulotlarni saralash; 4) maydalash; 5) maydalangan maxsulotlarni saralash; 
    6) yormalarni sayqallash va silliqlash; 7) yorma mahsulotini nazorati. 
    Yorma ishlab chiqarish korxonasining don tozalash bo‘limida tayyorlangan donlar 
    oqlash bo‘limiga kelib tushadi va texnologik jarayonlar natijasida tayyor yorma mahsulotiga 
    aylanadi. Quyidagi 2-rasmda donni qayta ishlab yorma olish texnologik jarayonining sxemasi 
    keltirilgan. Qayta 
    ishlayotgan donning turiga 
    qarab ayrim texnologik 
    jarayonlar 
    murakkablashtiriladi yoki olib tashlanadi. 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish