|
O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universitetiBog'liq portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmuaBirinchi bosqich – Korxonalarga kelayotgan quruq yoki eritilgan holatdagi hom ashyolarni
omborxonalar va xajmli idishlarga ma’lum sharoitlarda qabul qilish va saqlashni qamrab oladi.
Un non zavodiga kompressorlar bilan jihozlangan un tashish mashinalarda keltiriladi va mahsus
siloslarga qabul qilinadi. Bu erda un 7 kun saqlanadi va etiladi. Tuz kabi boshqa xom ashelar
kichik novvoyxonalarga sog‘ma holda keltirilib, uch seksiyali mahsus rezervuarlarda eritiladi,
ma’lum muddat tindiraladi, filtrlanadi va suyuq holda saqlanadi. Tuz eritmasining
konsentratsiyasi -26% zichligi -1.19 g/l bo‘lishi kerak .
Presslangan xamirturishlar yashiklarda keltirilib, 0-4
0
C haroratda 3 sutka mobaynida
muzlatish kameralarida saqlanadi. SHakar non zavodiga quruq holda qoplarda va zichligi 1, 2, 3
bo‘lgan eritilgan holda isitilgan sisternalarda keltiriladi. So‘ngra zanglamas po‘latdan yasalgan
idishlarga quyiladi va eritma holatida saqlanadi.
Margarin va boshqa yog‘lar karobkalarda, hamda avtotsisternalarda mahsus aralashtirgich
va ma’lum darajani saqlab turadigan isitish qoplamli idishlarda keltiriladi.
Ikkinchi bosqich – Xom ashyolarni ishlab chiqarishga tayyorlashdan iboratdir.
Saqlanayotgan un xar xil aralashma va metall zarrachalaridan tozalaydigan elak va magnitdan
iborat bo‘lgan “Vinklar” markali elash moslamasidan o‘tkaziladi. Xamirturishni oshirish uchun
maxsus idishlarda qaynatma tayyorlanadi va 30
0
C xaroratda 1-2 soat davomida oshiriladi.
Shakar ishlab chiqarishga qiyom holiga keltiriladi. Qolgan xom ashyolar xam yuvilib tozalanib
ishlab chiqarishga keltiriladi.
Uchinchi bosqich – xamir tayyorlash hisoblanadi. Xamir tayyorlash – non maxsulotlarini
ishlab chiqarishda muhim jarayon bo‘lib, keyingi texnolgik bosqichlar va nonning sifati shu
jarayonga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Xamir turushlardan asosiy maqsad ma’lum miqdordagi un
suv, xamirturish, tuz va boshqa komponentlarni aralashtirib bir xil tarkibli aralashma hosil
qilishdan iboratdir. Xamir tayyorlash jarayoni “Vinkler” markali xamir qorish mashinasida
amalga oshiriladi. Xamir qorish uchun suv dozator orqali dejaga (xamir qoriladigan qozonga)
uzatiladi. Qolgan xom ashyolar maxsus o‘lchamli chelaklar bilan qoplanadi. Xamir 10 daqiqa
davomida intensiv aralashtirib qoriladi.
Xamir tayyorlashda uni bijg‘ish uchun yaxshi sharoit yaratib berishga harakat qilinadi.
SHirin ta’mli, yaxshi g‘ovakli non tayyorlash uchun xamir oshiriladi. Xamir uch xil yo‘l bilan
oshiriladi: biokimyoviy, kimyoviy va mexanik usullar. Biokimyoviy usulda xamirga achitqilar
qo‘shiladi, ular xamir tarkibidagi qand moddalarni spirt va uglerod IV-oksidgacha parchalaydi.
Kimyoviy usulda xamirga ichimlik sodasi, ammoniy karbonat tuzi va boshqa
qo‘shimchalar qo‘shiladi. Ular pishish jarayonida yuqori xarorat ta’sirida parchalanib xamirni
oshiruvchi uglerod IV-oksidini hosil qiladi. Mexanik usulda esa xamir maxsus moslamada
uglerod IV-oksidi gazning bosimi ostida qoriladi. Bu jarayonda g‘ovaklangan xamir massasiga
shakl beriladi va pishirishga yuboriladi.
|
| |