101
Melassa to‘q, suyuq konsistensiyali bo‘lib, 45-50% saxaroza, 12% azotli birikmalar, 10%
mineral moddalardan tashkil topgan.
Tuz. Osh tuzi NaCl va oz miqdorda boshqa mineral tuzlar aralshmasidan iborat. Osh tuzi
tarkibidagi aralashmalari miqdoriga ko‘ra 4 ta navga bo‘linadi: ekstra, oliy, 1 nav, 2 nav,
yodlangan tuz xam ishlab chiqariladi. NaCl miqdori 97-99.5 % dan kam bo‘lmasligi, suvda
erimaydigan quruq moddalar cho‘kmasi 0.03-0.85% dan oshmasligi kerak namligi 5-6%
atrofida. Ishlov berish usuliga ko‘ra tuz mayda kristalli, maydalangan va maydalanmagan
tuzlarga bo‘linadi. Non maxsulotlari ishlab chiqarishda maydalangan tuzning 1 va 2 navi
ishlatiladi. Asosan tuz 26-28% eritma holida ishlatiladi.
Tuz xamirning strukturasi mexanik xossasi va maxsulot ta’mini yaxshilaydi, fermentlar
aktivligini kamaytiradi. Shu bilan birga xamirturish faoliyatini susaytirib, yarim fabrikatlar
bijg‘ish jarayonini sekinlashtiradi.
Tuzning sifat ko‘rsatkichlari organoleptik va fizik-kimyoviy usullar bilan tekshiriladi.
Quyidagi qo‘shimcha xom ashyolarni ko‘rib chiqamiz.
Shakar. SHakarda 99,7 % saxaroza va 0.14 % namlik bo‘ladi. U suvda batomom eriydi,
yog‘ ta’mi va xidi bo‘lmaydi, mazasi shirin, qo‘lga olib ko‘rganda quruq. SHakar nam tortadigan
bo‘lgani uchun shamollatib turiladigan quruq xonada saqlanadi, bu xonaning nisbiy namligi
ko‘pi bilan 70% bo‘lishi kerak, aks holda shakar nam tortib yopishqoq va kesak-kesak bo‘lib
qoladi.
Undan tayyorlanadigan non maxsulotlariga shakar maza beradi, ularning to‘yimliligini
oshiradi va xamirning tuzilishini o‘zgartiradi. SHakar kleykovinaning bo‘kishini cheklab qo‘yadi
va shu yo‘l bilan uning suv ko‘tarish xususiyatini pasaytirib, xamirning qayishqoqligini
pasaytiradi.