|
Makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda kechadigan asosiy bosqichlarningBog'liq portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmuaMakaron mahsulotlari ishlab chiqarishda kechadigan asosiy bosqichlarning
qisqacha tavsifi.
Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
xom ashyoni tayyorlash, xamir tayyorlash, xom mahsulotlarni bo‘lish, quritish, quritilgan
mahsulotlarni sovutish, tayyor mahsulot yaroqli, yaroqsizini ajratish va upakovka qilish.
Xom ashyoni tayyorlash unni elash metallomagnit chiqindilardan tozalash, qizdirish
(unning temperaturasi 10 gradusdan past bo‘lmasligi kerak), fabrika laboratoriyasining
ko‘rsatmalariga mos holda turli xil un partiyalarini aralashtirishdan iborat.
Xamir qorish uchun mo‘ljallangan suvni issiklikni almashtiruvchi apparatlarda
qizdiriladi, so‘ng retsepturada ko‘rsatilgan temperaturagacha vodoprovod soviq suvi bilan
aralashtiriladi.
Qo‘shimcha mahsulotlarni tayyorlash uchun ularni xamir qorish uchun mo‘ljallangan
suvda aralashtiriladi. Tovuq tuxumlarini ishlatishdan oldin yuviladi, melanjni muzlatiladi.
Makaron xamirini tayyorlash. Xamir tayyorlash jarayoni ingredientlarni (suv, un va
qo‘shimcha mahsulotlar) dozalash va xamir qorishdan iborat.
Ingredientlarni dozatorlar yordamida kiritiladi. Dozatorlar un va qo‘shimchalar eritilgan
suvli aralashmani qorish qozoniga taxminan 3:1 nisbatda to‘xtovsiz berib turadi. Qorish
qozonida un va suvning intensiv aralashuvi boradi, namlanish va un qismlarining shishish
jarayoni sodir bo‘ladi, bu esa shartli ravishda makaron xamirini qorish deb ataladi. Makaron
xamiri qorib bo‘linganda non va biskvit xamirlaridan farqli ravishda ko‘pgina namlangan
(tarqoq) birlashmagan guvalachalardan va ushoqlardan iborat.
Xamirni presslash. Presslashdan maqsad – qorilgan xamirni zichlashtirish, uni bir
xildagi bog‘langan yopishqoq plastik xamir massasiga aylantirish, so‘ng unga aniq bir shakl
(forma) berishdan iborat. Metall matritsadagi teshiklar orqali bosib, xamirga shakl beriladi.
Teshikning shakli presslanayotgan xom mahsulotning shaklini aniqlaydi.
Masalan, dumaloq kesimli teshiklardan vermishel olish mumkin, tug‘ri to‘rtburchak
teshiklardan lapsha va hokazo.
|
| |