• Mahsulotlarni quritish.
  • Quritilgan mahsulotlarni sovutish.
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Xom mahsulotlarni bo‘lish. Bu jarayon ikki bosqichdan iborat: matritsadan presslangan 
    xom mahsulotlarni kerakli uzunlikda qirqish va ularni kerakli uzunlikda qirqish va ularni 
    quritishga tayyorlangan maxsulot turiga va qo‘llanilayotgan quritish uskunasiga bog‘lik bo‘lib, 
    xom mahsulotni turli transportyorlarga, ramkalarga yoki kassetalarga joylashtirishdan iborat
    yoxud xom mahsulot uzun tolalarini qurituvchi xodachalar bastunlarga osishdan iborat bo‘ladi. 
    Presslangan mahsulotlarni kesishdan oldin yoki kesish jarayonida ularning sirti quritilgan 
    bo‘lishi uchun havo bilan intensiv shishiriladi. Bu esa mahsulotlarning o‘zaro, pichoqqa va 
    qurituvchi sirtga yopishib qolishini oldini oladi. 
    Mahsulotlarni quritish. Quritishdan maqsad – mahsulotlarning shaklini mustaxkamlash 
    va ularda mikroorganizmlar rivojlanishini oldini olish. Bu texnologik jarayonning eng ko‘p vakt 
    talab qiladigan va eng ma’suliyatli bosqichi hisoblanib, mahsulotlarning mustahkamligi birinchi 
    navbatda mana shu bosqichning tug‘ri olib borilganiga bog‘liq. 
    Juda intensiv quritish quritilgan mahsulotlarda yoriqlar (darzlar) paydo bo‘lishiga olib 
    keladi, juda sekin quritish esa, ayniqsa namlikni yo‘qotishning birinchi bosqichida mahsulotlarni 
    ochib qolishiga va mog‘orlab qolishiga olib keladi. 
    Hozirgi vaqtda makaron korxonalarida makaron mahsulotlarini konvektiv quritish, ya’ni 
    mahulotlarni qizdirilgan havo bilan shishirishdan foydalanilmokda. 
    Quritilgan mahsulotlarni sovutish. Bu jarayon – quritgichdan chiqayotgan mahsulotlar 
    yuqori temperaturasini upakovka qiluvchi bo‘lim havo temperaturasigacha tushirish uchun kerak 
    bo‘ladi. Agar makaron mahsulotlarini sovutmasdan upakovka qilinsa, namlikning bug‘lanishi 
    upakovkada davom etadi, bu esa upakovkalangan mahsulot massasining kamayishiga olib keladi, 
    nam o‘tkazmaydigan upakovkalarda esa – uning ichki sirtida namlikning kondensatsiyalanishiga 
    olib keladi. 
    Ko‘proq quritilgan mahsulotlarni mahsus bunker yoki kameralarda sekin sovutish afzal. 
    Sovutilgan mahsulotlardan yaroqsizini ajratiladi, bunda ularning sifatiga qo‘yiladigan 
    talablarga javob bermaydigan mahsulotlarni olib tashlanadi, so‘ng mahsulotlarni upakovka 
    qilinadi.

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish