• Shakar ishlab chiqarish tarixi.
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

     
     
    Spirt ishlab chiqarish tarixi. 
    Sharob ishlab chiqarish ancha oldin paydo bo‘lishiga karamasdan, etil spirti ishlab 
    chiqarish ancha keyin paydo bo‘lgan. 
    Qadimiy manbalarga ko‘ra dastlabki sharobni xaydash korxonasi 1174 yilda qurilgan 
    (Vityassda). Italiyada birinchi spirtli maxsulotlar alkogolliya maxsulotlar sifatida XIII asrdan 
    boshlab ishlab chiqarila boshlagan. Spirtli mahsulotlar ishlab chiqarish ikki yuz yillik ichida 
    boshqa davlatlarga xam tarqalgan. 
    1813 yillarda spirtlarni rektifikatsiyalashni takomillashgan usullari yaratila boshlangan. 
    Shakar ishlab chiqarish tarixi. 
    SHakar kristall xolatda XII asrda olingan. Bu davrlarda uni narxi juda qimmat bo‘lgan va 
    kumushni narxi bilan bir xil bo‘lgan. 
    XVIII asrga kelib unga bo‘lgan talab oshib ketgan va sanoat miqyosida ishlab chiqarila 
    boshlangan. Bu davrga kelib vakuum apparatlar, bug‘latuvchi apparatlar, filtr-presslar
    sentrifuga, quritish apparatlari va qadoqlovchi mashinalar yaratilgan. 
    Xozir dunyoda shakar kamishdan va qand lavlagidan shakar ishlab chiqaruvchi 
    korxonalar mavjud. Shulardan asosiy qismi Evropadagi korxonalarga to‘g‘ri keladi. 
    Jaxonda taxminan bir yilda 120-124 mln.tonna shakar ishlab chiqariladi. Uni 60% 
    shakarkamish va 40% qand lavlagi shakariga to‘g‘ri keladi. 
    Bijg‘ish deganda organik moddalarni mikroorganizm fermentlari yordamida modda 
    almashinuv jarayoniga aytiladi.
    Bijg‘ish sanoatini ayniqsa spirt ishlab chiqarish korxonalarining xom ashyo bazasi juda 
    kengdir. Yaqin kunlargacha spirtni faqat o‘simlik oziq – ovqat xom ashyosidan kartoshka, 
    lavlagi don ekinlari va qand lavlagi chiqindisi bo‘lgan melassadan ishlab chiqarilgan. Xozirgi 
    kunga kelib, ko‘pchilik oziq -ovqat xom ashyosi o‘rnini nooziqaviy bo‘lgan (yog‘ochsozlik 
    sulfit-sellyuloza ishlab chiqish sanoatini chiqindilari) xom ashyolari egallamoqda. Tarkibida 
    etilen gazlari bor birikmalardan sintetik sun’iy spirt ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 
    Quyida bijg‘ish sanoatining asosiy bo‘lgan ba’zi xom ashyolarga tavsif berib o‘tilgan: 
    Uzum. ma’lumotlarga ko‘ra uzumni vatani bo‘lib, Kavkazni janubiy tumanlari va O‘rta 
    Osiyo, shu bilan birga Sharq mamlakatlari (Eron, Afg‘oniston, Xitoyni sharqiy qismi) 
    xisoblanadi. 
    Bundan 5-7 ming ilgari uzum Kavkazda, O‘rta Osiyoda, Suriyada va Misrda etishtirilgan. 
    3 ming yil ilgari uzumchilik Gretsiyada rivoj topgan. O‘rta Er dengizi bo‘ylab, Italiyaga 
    va keyinroq Fransiyaga tarqalgan. Keyinchalik XV-XIX asrlarda uzumchilik butun dunyoga 
    tarqalgan. 
    Uzum bijg‘ish sanoati asosiy xom ashyosi bo‘lib, sanoat miqyosida yangi so‘ligan va 
    quritilgan holda ishlatiladi. Uzumdan alkogoli va alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqariladi. 
    Bunday mahsulotlarga sharbat, konsentratlar va sharoblar (xo‘rraki xushbo‘yli, quvvatlangan
    jilvali) spirt, konyak (brendi) aroq kabilarni kiritish mumkin. Uzum sharoblari sharbatlarni spirtli 
    bijg‘ish yo‘li bilan uzumdan olinadi.
    Qand lavlagi – shakar olish uchun ekiladigan eng ahamiyatli texnika ekini xisoblanadi. 
    Lavlagining ildiz mevasi 15-20% gacha qand moddasiga ega bo‘lib, oq kristallsimon shakar 
    olish uchun xom ashyo sanaladi. MDX davlatlarida lavlagi ekiladigan maydonlar juda katta 
    bo‘lib ular asosan Ukraina Maldoviya Rossiyaning markaziy qoratuproq zonalariga to‘g‘ri 
    keladi. Qozog‘iston Qirg‘iziston, Gruziyada ham qand lavlagini korxonada qayta ishlaganda 
    melassa degan yarim tayyor mahsulot hamda chiqit sifatida jom olinadi. Melassadan spirt olishda 
    foydalaniladi. 
    Kartoshka - kartoshka ituzumdoshlar oilasiga mansub bo‘lib ekiladigan bir yillik 
    o‘simlik. Vatani – Janubiy Amerika. Kartoshka tugunagi eng muhim oziq - ovqat mahsuloti 
    bo‘lib nonbop dondan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Tugunagidan sanoatda kraxmal spirt
    patoka olinadi. 


    111 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish