|
O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universitetiBog'liq portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmuaTakrorlash uchun savollar
1.Bijg‘ish sanoatidagi asosiy va ikkilamchi maxsulotlar tavsifi.
2.Solod turlari va ishlatilish soxasi .
3.Nechta bijg‘ish boskichlari mavjud?.
4.Solod turlari va ishlatilish soxasi .
5. Qudmoqning kimyoviy tarkibi?
6.Nechta bijg‘ish boskichlari mavjud?.
7.Solod ishlab chiqarishda foydalaniladigan arpa donlarini turlari haqida ma’lumot
bering?
16-MA’RUZA
ETIL SPIRTI ISHLAB CHIQARISH UMUMIY TEXNOLOGIYASI
Reja: Ozuqa etil spirti tayyorlashda (bug‘doy, arpa, suli va tariq) xom ashyolari va ularni
qayta ishlashga tayyorlash; Asosiy jarayonlar prinsipial sxemasi; Spirt olish tartibi.
Tayanch suz va iboralar: Rektifikatsiya, distillyasiya, ko‘p komponentli sistema,
bug‘lanish, qaynash xarorati, Boshlang‘ich oraliq va oxirgi aralashmalar, aldegid, efir, efir-
aldegid fraksiyasi, bug‘lanish koeffitsienti, rektifikatsiya koeffitsienti, sivush moylari, furfurol,
metil spirti, neytralizatsiya, tozalangan darajasi, spirt, rektifikat.
Etil spirti – xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llanib kelmoqda. Uning asosiy
iste’molchi oziq – ovqat sanoati hisoblanadi. Etil spirti asosan kuchli spirtli ichimliklar
tayyorlashda, sharoblarni quvvatlantirishda, uksus tayyorlashda hid berishda qo‘llaniladi.
Tibbiyot va farmatsevtika sanoatida vitamin ishlab chiqarishda, dori darmon tayyorlashda va
dezinfeksiya qilish maqsadida ishlatiladi. Etil spirti shuningdek kimyo sanoatida va boshqa
sanoatlarda ham ishlatiladi.
Spirt ishlab chiqarishda tarkibida kam qiymatli uglevodlarga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
o‘simlik xom ashyolari kimyoviy reaksiya orqali spirt ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida undirilgan don tarkibidagi kraxmalni shira tortirish
orqali spirt ishlab chiqariladi.
Donlarni pishirishga va qandlashtirishga tayyorlash:
Tortilgan don shnek orqali bunkerlarga olinib, u erda 1:3,5 nisbatda suv bilan aralashtirib,
90
º
S gacha bug‘ bilan pishiriladi va sig‘imga jo‘natiladi. U erda don boshoqning turidan kelib
chiqqan holda yuqori bosim va 135-150
º
C xaroratda, 90-120 min. oralig‘ida pishiriladi.
Maydalangan pishgan don kuchli atmosfera bosimi ostida “qandlashtirgich” ga jo‘natiladi va 60-
61ºC xaroratgacha sovutiladi xamda massasiga nisbatan 7-8% “solod suti” bilan ishlov beriladi
va 15 – 20 min vaqt oralig‘ida nasos yordamida issiqlik almashtirgichdan o‘tib, 20-25
0
C gacha
sovutiladi.
|
| |