• Birinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Etanoldan foydalanish sxemasi 
    Bu erdan qandlashgan massa bijg‘ish uskunalariga jo‘natiladi. Bijg‘ish uskunalariga 
    ikkinchi tomondan mahsulot massasiga nisbatan 6-8% achitqilar qo‘shiladi. Achitqilarni bijg‘ish 
    uskunasiga yuborishdan oldin, achitqilar steril kolbalarda ekilib, steril suslolarga 18 soat qo‘shib 
    qo‘yiladi, so‘ngra 18 soat davomida madaniylashtiriladi, keyin drojjankalar orqali bijg‘ish 
    uskunasiga yuboriladi. Bijg‘ish jarayoni 3 bosqichdan iborat 
    1. 
    Bijg‘ish (20 – 24 soat) 
    2. 
    Asosiy bijg‘ish (24 – 30 soat) 
    3. 
    Oxirgi bijg‘ish (18 – 24 soat) 
    Birinchi bosqich bijg‘ish jarayonida achitqilar ko‘payadi, biomassa hosil qiladi, muhitga 
    moslashadi, harorat 23
    º
    C ga ko‘tarilganda suslo tarkibidagi uglevodlarning 20 % miqdori
    bijg‘iydi. 
    Ikkinchi bosqich asosiy bijg‘ishda 60 – 65 % uglevod suslosi bijg‘iydi va brajkada 
    spirtni asosiy miqdori yig‘iladi va issiqlik almashtirgichlar orqali xarorat 30
    º
    S ushlanib turiladi. 
    Uchinchi bosqich oxirgi bijg‘ishda uglevod suslosining qolgan 15 – 20 % miqdori bijg‘iy 
    boshlaydi. Bu bosqichda uglevodlar bijg‘iydi va etilgan brajkada spirt miqdori 8 – 9 % ga etadi. 
    Xarorat 28
    º
    S da ushlab turiladi. Bijg‘ish jarayonini tugaganligi massaning tashqi ko‘rinishi orqali 
    aniqlanadi. Bunda karbonat angidrid gazini ajrab chiqishi tugaydi va spirt miqdori aniqlanadi.
    Don tarkibidagi kraxmal to‘liq shira tortishi uchun – undirilgan don yuqori shira torttirish, 
    dekstrinlash xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Spirt ishlab chiqarish uchun undirilgan don 
    aralashmasidan foydalaniladi. Undirilgan don ishlab chiqarish uchun don turini tanlash eng 
    muhim jarayonlardan biri sanaladi.
    Undirilgan don ishlab chiqarish uchun arpa, javdari bug‘doy, bug‘doy, tariq, suli va 
    (chumiza) ishlatiladi. Undirish jarayonida hosil bo‘ladigan amilolitik fermentlarni faolligi 
    bo‘yicha bu donlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin.
    1-guruh – arpa, javdari bug‘doy, bug‘doy. 1 guruhga kiruvchi donlar undirish jarayonida 
    yuqori shira tortdirish va dekstrinlanish hususiyatiga ega, ammo (dekstrinolitik) hususiyati kam. 
    2-guruh - tariq, chumiza-bu turdagi donlar o‘rtacha shira tortish va dekstrinlanish 
    hususiyatiga ega va eng yuqori dekstrinolitik xususiyatga ega.
    3-guruh – suli tarkibidagi ferment miqdori yuqori bo‘lib, 1 chi va 2 chi guruh donlarining 
    oraliq o‘rnini egallaydi.
    Spirt ishlab chiqarish korxonalarida kraxmalni to‘la shira tortdirish uchun don guruhidan 2 
    ta yoki 3 ta guruhining aralashma holdagi undirilgan don aralashmasi ishlatiladi. Bunday 
    aralashma holdagi undirilgan don tarkibida etarli darajada fermentlar: alfa-amilaza, betta-amilaza 
    va dekstrinofosfatazalar bo‘ladi. Undirilgan donning aralashmasi tarkibida tariq va suli 30% dan 
    kam bo‘lmasligi kerak. Hamma aralashma tarkibidagi undirilgan arpa o‘rniga qisman yoki 


    119 
    butunlay undirilgan javdari bug‘doy va undirilgan bug‘doy, undirilgan sulini esa – chumiza bilan 
    almashtirish mumkin.
    Bu turdagi undirilgan donni ishlab chiqarish uchun «havo – suvli bo‘ktirish» usulidan 
    foydalaniladi. Havo – suvli bo‘ktirish usuli 13-15ºS
    haroratda olib boriladi. Bo‘ktirish 
    jarayonida don suv yordamida tarkibidagi xar-xil xas-cho‘plardan tozalanadi, va don suv bilan 
    yuviladi. Arpa, suli va bug‘doy donlari 2-3 marotaba, javdari bug‘doy doni 1 yoki 2 marotaba 
    bo‘ktiriladi. Har-bir bo‘ktirish jarayonida don suv tagida 3-4 soat bo‘lishi, suv bo‘ktirish 
    chanidan chiqarib yuborilgandan so‘ng 2-3 soat mobaynida suvsiz turishi kerak. Donning 
    namligi 38-40 % ga etgach bo‘ktirish jarayoni to‘xtatilib, bo‘ktirishni don bo‘ktirish chanidan 
    betonli supasimon don undirgichlarga 60-70 sm qalinlikda yoyiladi. Harorat 23-24ºS ga etgach 
    don aralashtiriladi (lopatka yordamida) va undirish qatorlariga 40 sm qalinlikda yoyiladi. 
    Birinchi ikki kun davomida qatordagi harorat 19-20ºC da, undirish jarayonini oxirigi kunlari tez-
    tez aralashtirish usuli orqali harorat 13-14ºC ga kamaytiriladi. Arpa, suli va bug‘doy donlarini 
    undirish jarayoni 10-12 kun, javdari bug‘doy doniniki esa 7-8 kun davom etadi. Undirish 
    jarayonida don bir kunda 2-3 marotaba aralashtirib turiladi. Undirilgan donni ishlab chiqarishga 
    yubormasdan 24 soat oldin suv sepilib aralashtiriladi. Ko‘k undirilgan arpa va sulining namligi 
    44-45 %, ko‘k undirilgan javdari bug‘doy va bug‘doyniki esa 40-41 % bo‘lishi kerak 
    Don va kartoshkadan olingan etil spirtining 60-62% miqdori likyor – aroq ishlab 
    chiqarishda, 30-35% -sharobchilikda foydalaniladi.
    Ishlab chiqarish qoldiqlari achitqi ishlab chiqarishda va molga em sifatida beriladi. 
    Tozalangan darajasiga qarab quyidagi etil spirti ishlab chiqiladi. 
    a) 
    lyuks 
    b) 
    ekstra 
    c) 
    tozaligi yuqori darajadagi etil spirti 
    d) 
    I navli etil spirti
    “Ekstra” etil spirti, GOST talabiga rioya qiladigan dondan ishlab chiqariladi.
    Tozaligi yuqori darajadagi etil spirti va I nav etil spirti xom ashyoga qarab: 
    a) dondan; kartoshka va dondan; kartoshkadan
    b) don aralashmasidan; kartoshkadan; qand lavlagidan va melassadan har nisbatda olingan 
    holda 
    v) melassadan ishlab chiqariladi 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish