|
Xeres ishlab chiqarishning texnologik sxemasiBog'liq portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmuaXeres ishlab chiqarishning texnologik sxemasi
1 – kislorod baloni; 2 – achitqi qo‘shish sig‘imi; 3 - fermentator; 4 - aralashtirgich; 5 - nasos-
dozator; 6 – spirt o‘lchagich; 7 – bosim rezervuari; 8 – qatlamli usulda xereslash uchun
qurilma; 9 – xeres achitqilari qatlami; 10 - pasterizator; 11 - filtr; 12 - nasos
Xereslash maqsadida qabul qilingan xom ashyo fermentator (3) ga kelib tushadi. Fermentator
(3) ikkinchi tomondan (2) achitqi qo‘shish sig‘imidan achitqilar qo‘shiladi va (1) kislorod baloni
orqali(12) nasos yordamida kislorod bilan boyitib turiladi. SHarob tarkibidagi spirt miqdori nazorat
qilib turiladi. Kerak bo‘lgan vaqtda (6) spirt o‘lchagich va (5) nasos dozator orqali spirt qo‘shiladi.
Spirt va xom ashyo (4) aralashtirgichda aralashtiriladi va tarkibidagi achitqi quyqalari hamda turli
chiqindilardan tozalash maqsadida (11) filtrda filtrlanadi. Filtrlangan mahsulot (10) pasterizatordan
o‘tkazilib (7) bosimli rezervuarga yuboriladi. U erdan qatlamda xereslash maqsadida (8) qatlamli
usulda xereslash qurilmasiga uzatiladi. Xereslash qurilmasida mahsulot ustki qismi (9) xeres
achitqilari qatlami hosil qilinadi.
Kupaj – turli tipdagi sharoblarni (nordon, quvvatlangan, desert) spirt va boshqa sharoblar bilan
hosil qilgan va me’yoriy ko‘rinishga keltirilgan sharoblar aralashmasi.
Kupajni o‘tkazishdan maqsad sharobni me’yoriga etkazish, sharobni kamchiliklarini chetlash
va boshqalar.
131
Xom sharobni qayta ishlash va kupajlash texnologik sxemasi
I — Davriy usulda qayta ishlash va kupajlash sxemasi; II — Uzluksiz usulda qayta
ishlash va kupajlash sxemasi; III — YArim uzluksiz usulda qayta ishlash va kupajlash sxemasi;
1,8, 16 — nasoslar; 2, 6, 9, 11, 17 — xisoblagichlar; 3, 5, 10, 18, 21 — xom sharobni qabul
qilish va saqlash uchun sig‘imlar; 4, 14, 20 — filtr-presslar; 7, 15, 22 — kupaj uchun sig‘imlar;
12 — xurushlash uchun sig‘imlar; 13, 19 — sentrifugalar
|
| |