Uzumni qayta ishlashning prinsipial sxemasi




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

 
Uzumni qayta ishlashning prinsipial sxemasi 
Uzum qabul qiladigan bunker 
Uzumni bandidan ajratib olish 
Yachilgan uzum 
mezga 
Oltingugurt 
oksidi berish o’z 
oqimida ajratib 
chiqqan uzum 
oqim sharbatini“ 
susla samotyok 
Yanchilgan uzumdan 
o’z oqimida oqib 
tushgan sharbatdan 
qolgan suvni 
stekshaya mezga
Suvni qolgan uzumni 
presslab bosim sharbatlarini 
olish 
Uzum qoldig’i-turpi 
40-50 dal 
1 chi bosim sharbati 10-15 
dal 
Tindirish va 
sovutish 10-12
о
С 
Tindirilgan sharbat 
14-12ºС sharbatni 
bijg’ish
Yosh xom sharob 
quvvati 9-14% 
Sovutgich 
Achitqi cho’kmasi 
cho’kmani utilizasiyalash 


126 
 
Sharoblarning sinflanishi 
SHaroblar 
tabiiy 
texnologiyasi 
bo‘yicha 
ishlab 
chikarishda 
gazlangan, 
xushbo‘ylashtirilgan va kelib chiqishi bo‘yicha nomlangan sharoblarga bo‘linadi. Tarkibidagi 
spirt va qand bo‘yicha nordon va nimnordon, nimshirin, quvvatlangan, yarim desert, desert 
sharoblar mavjud. Nordon sharoblarda spirt miqdori 9-12x% gacha bo‘ladi. Qand miqdori 0,2-
0,3x% ga teng. Nim nordon sharoblarda quvvati 9-12x%, qandi 0,3-1,5x% bo‘ladi. Nim shirin 
qandi 1,5-5x% gacha quvvatlangan sharoblarda spirti 16x% dan yuqori, qandi 7-8,5%, desert 
sharoblarda qandi 16-26x% gacha, spirti 16x% dan kam emas. Likyorli sharoblarda esa qandi 
32-35x% dan yuqori bo‘ladi. SHaroblar saqlanish davomiyligi bo‘yicha yosh, saqlangan 
sharoblarga bo‘linadi. Sifati bo‘yicha oddiy, markali sharoblarga bo‘linadi. Rangi bo‘yicha oq, 
pushti va kizil rangli sharoblarga bo‘linadi. 
Maxsus sharoblarga portveyn, madera va xeres tipidagi sharob kiradi. Bu sharoblar 
maxsus qurilmalarda ishlov berilib olinadi. Ular boshqa sharoblarga nisbatan ta’mi, rangi va 
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan farq qiladi. 
Nordon sharoblar uchun sharbat tarkibidagi qand miqdori to‘liq bijg‘itiladi. Nim nordon, 
nim shirin va shirin sharoblar nordon sharoblarga qo‘shimcha qo‘shib tayyorlanadi. 
Desert sharoblar uzum sharbatini bijg‘itib sharobning kondensatsiyasiga qarab etil spirti 
va vakuum sharbat qo‘shib olinadi. 
Hususiyati va quvvati bo‘yicha sharoblar kategoriyaga ko‘ra bir biridan farqlanadi. 
Sharoblarning eng qiymatlisi ishlab chiqarish jarayonida etil spirti qo‘shilmagan tabiiy sharoblar 
hisoblanadi.
Yuqori sifatga ega bo‘lgan nozik ta’mli va xushbo‘y xususiyatga ega sharoblar asosan 
pishgan, sog‘lom, yangi yoki ozroq qurigan uzumlardan olinadi. Chunki xar bir uzum navida 
o‘ziga hos bo‘lgan kimyoviy moddalarni to‘play oladigan biologik xususiyat mavjud.


127 
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish sanoatidan tashqari alkogolli mahsulotlar ishlab 
chiqarish sanoatida quvvatlangan uzum sharoblaridan foydalaniladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha 
sharoblar tiniq, loyqasiz, cho‘kmasiz va qo‘shimchalarsiz bo‘lishi kerak.
Mazasi, xushbo‘yligi, hidi kabi ko‘rsatkichlar aynan bir turdagi sharobga tegishli bo‘lib, 
buketda qo‘shimcha hidlar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun 
uzum sharoblaridan tashqari rezavor meva –sharbat mahsulotlari ham tanlanadi. Sharob olish 
uchun olingan xom ashyolardan qayta ishlangan mahsulotlar o‘ziga xos ta’mga va mazaga ega 
bo‘lishi kerak. Qayta ishlangan rezavor meva sharob xom ashyolari saqlash muddatiga chidamli 
va shu nomlangan sharobning mazasiga va xushbo‘yligiga ega bo‘lishi kerak.
Qayta ishlangan uzumli sharob xom ashyolari yog‘och idishlarda, emal sisternalarda, 
zanglamaydigan po‘lat idishlarda, metal va temir beton sig‘imlarda, ichki tomonidan himoya 
vositasi bilan ximoyalangan idishlarda saqlanishi zarur. Tayyorlanadigan sharob turiga qarab 
uzum oq yoki qizil uslubda qayta ishlanadi.
Oq uslubda uzumni qayta ishlaganda uzumni bandi olib tashlanadi, uzumni yanchib 
mezga olinadi, mezgadan o‘z navbatida oqim va bosim sharbatlari yumshoq texnologik rejimda 
ajratib olinadi. Bu uslubda oq pushti va qizil sharobbop uzumlari qayta ishlanib toza, engil, 
sifatli shampan, xeres va konyak xom sharoblari, tayyorlanadi. Uzumni oq uslubda qayta 
ishlaganda uzum rezolar xujayralarining qattiq buzilishidan saqlash, engil sharoblar guruxidagi 
sharoblarni sifatini buzuvchi (oqsil, fenol, bo‘yoq,) ekstraktiv moddalarni uzum po‘stlog‘idan 
sharbatga o‘tishini oldini oladigan ishlov va texnologik rejim tanlanadi. Oq xo‘raki sharoblar 2-3 
yilda uyg‘un (garmonichniy), to‘liq, mayin tamga boy va original xushbo‘ylikga, tilla-xashak 
rangiga ega bo‘ladi. Uzumni oq uslubda qayta ishlaganda butun tsxnologik doira davomida 
kisloroddan, mikroorganizmlardan saqlash maqsadida oltingugurt tutatiladi yoki sepiladi. 
Uzumni oq uslubda qayta ishlash uchun uzviy ishlaydigan liniyalari mavjud. 

Download 5,15 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzumni qayta ishlashning prinsipial sxemasi

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish