Spirt ishlab chiqarish texnologik sxemasi




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Spirt ishlab chiqarish texnologik sxemasi 
1-tegirmon; 2-bunker; 3-nasos; 4-qaynatish uskunasi; 5-qaynatish seperatori; 6-
qandlashtirgich; 7-suslo uchun sovutgich; 8-bijg‘itish uskunasi; 9-brajka uchun isitgich; 10 – 
brajkani ajratish kolonnasi; 11-deflegmator; 12-kondensator; 13-xom spirt uchun sig‘im; 14-
kub; 15-spirt kolonnasi; 16-spirt sovutgich; 17-spirt yig‘gich; A – bardaning chiqishi; B – 
spirtning chiqishi 
Spirt ishlab chiqarish maqsadida korxonaga qabul qilingan xom ashyo (1) tegirmonda 
maydalanadi va (2) bunkerda yig‘iladi. U erdan nasos (3) orqali, qaynatish uskunasi (4) va 
qaynatish seperator (5) ga uzatiladi va qandlashtirgich (6) beriladi. Hosil bo‘lgan suslo sovutgich 
(7) orqali, bijg‘itish uskunasi (8) bijg‘itishga yuboriladi. Ajralgan brajka isitgich (9) yordamida, 
brajka ajratish kollonnasi (10) ga uzatiladi. Ajralib chiqayotgan spirt bug‘lari deflegmator (11), 
kondensator (12) ga sovutilib, xom spirt uchun mo‘ljallangan spirt yig‘gich (13) da yig‘iladi. 
Yig‘ilgan xom spirt tarkibidagi turli moddalardan tozalash maqsadida kub (14) da bug‘latiladi va 
spirtli kolona (15) orqali, spirt sovutgich (16) sovutilib, spirt yig‘gich (17) yig‘iladi va maqsadli 
foydalanish uchun uzatiladi. 
Spirt xaydashni boshlang‘ich davrida etilgan brajka bijg‘ish apparatidan sig‘imda 
yig‘ilib, nasos bilan brajka kolonnasiga uzatiladi va bu erda spirt bug‘ holida brajkadan ajralib 
bardasi kolonkadan tashqariga omixta em sanoatiga xom ashyo sifatida chiqarib yuboriladi.
Ajralgan spirt suyuqligi sovutgichlarda sovutilib miqdori aniqlanadi. So‘ng xom spirt – 
rektifikatsiya kollonnasida yig‘ilib 90 – 92ºC gacha bug‘ bilan isitilib rektifikatsiyalanadi. Bu 
erda efirlar, aldegid, keton va boshqa organik moddalar ajratib olinadi.
Brajkadan 40-50 x % li xom spirt olinadi. Xom spirtdan rektifikatsiya yordamida «Bosh 
aralashma» olinadi. Uning xajmi umumiy xajmning 3-5% ni tashkil qiladi, so‘ngra bosh 
aralashma bilan ifloslangan 6-12% spirt fraksiyasi olinadi, olingan fraksiya standartga javob 
bersa I nav spirt rektifikat olinadi.


123 
Etil spirtini to‘g‘ridan to‘g‘ri etilgan brajkadan olish uslubi ham bor. Absolyut spirtni 
quvvati >=99,8% aldegidlar miqdori <=5 mg/dm
3
, organik kislotalar <=10mg/dm
3
dan 
ortmasligi kerak. Etil spirti C
2
H
5
OH to‘yingan bir atomlik spirt. Molekulyar og‘irligi 46,07 
rangsiz, tez uchuvchan quyuqlik o‘ziga xos hidi va mazasi bilan kimyoviy toza bo‘lgan etil spirti 
– neytral, texnikaviy etil spirti kuchsiz kislota muhitiga ega xisoblanadi. Suv bilan yaxshi 
aralashadi. Normal bosimda qaynash harorati 7-8
o
C, muzlash -117
o
C. Nisbiy zichligi d
no
20 
=0,79067. Spirt bug‘lari organizm uchun zaxarli, organizm uchun zararsiz chegaraviy miqdor 
spirt miqdori 1 mg/l ruxsat qilingan. 
Spirt gidroskopik modda xisoblanib, havodagi suv bug‘larini o‘ziga yutib olish 
qobiliyatiga ega sanaladi. Etil spirti zaharli, hujayralar buzilishini keltirib chiqaradi. Spirt bilan 
suv aralashganda aralashma xajmi adiabatik jarayonni keltirib chiqaradi va issiqlik ajralib 
chiqadi. Etil spirtini 50 litr miqdori bilan 53,65 litr suv aralashtirilsa aralashmaning umumiy 
xajmi 100 litrga teng bo‘ladi, aralashmaning qisqarishi 3,65 litrga to‘g‘ri keladi.

Download 5,15 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Spirt ishlab chiqarish texnologik sxemasi

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish