• Tezkor portveynlash texnologik sxemasi
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

     
    Quvvatli sharoblar. 
    Quvvatlangan va qand miqdori yuqori sharoblar o‘ziga xos xushbo‘yligi va ta’mi bilan 
    xarakterlanadi. Tarkibida qand miqdori ko‘p bo‘lgan uzumdan qandi yuqori sharoblar tayyorlanadi. 
    Muskat, Pino – va boshqalar pishib ketgan uzumdan tayyorlanadi va uning tarkibidagi qand miqdori 
    24 – 28 % ga teng bo‘ladi. Uzum qayta ishlanib sharbat olinadi va sof achitqi ekinidan 5 – 8 % 
    qo‘shib bijg‘itiladi.
    Tezkor portveynlash texnologik sxemasi 


    132 
    Oq va qizil xo‘raki sharoblarining texnologik tuzumining farqi shundaki, quvvatlangan 
    sharoblarni tayyorlashda texnologik usullardan biri bu sharbatni 5 – 8 % qandini bijg‘itib va 5 % spirt 
    to‘planganda bijg‘ish jarayonini to‘xtatish. Bijg‘ishni keskin to‘xtatish bijg‘iyotgan sharbatni sovitib 
    yoki spirtrektifikat qo‘shib, spirtlash bilan amalga oshiriladi. Konservalash birligi sharob 
    barqarorligini aniqlaydi. Qandni konservalash birligi 1 – ga teng, spirtniki 4,8 ga teng. Agarda ular 
    jami 80 ga teng bo‘lsa demak, sharob konservalash birligiga ega va o‘z barqarorligini bildiradi. Desert 
    sharoblari susloni ezilgan uzumda 20 – 40 soat saqlash va u bilan isitish yo‘li bilan xam tayyorlanadi. 
    Po‘stlog‘ining xujayralarida joylashgan xidli va bo‘yoq moddalarni susloga o‘tishi ta’minlanadi. 
    Uzumni qayta ishlab sharbat olinadi va unga sof achitqi ekini qo‘shilib bijg‘itiladi portveynlash 
    ishlovi, kislorod, termik, melanoidin, kuvvatlangan xom sharob, ekstraktiv moddalar, mezgada 
    bijg‘itish, spirtlash, konditsiya. 
    SHAROB KASALLIKLARI VA NUQSONLARI 
    Sharobning buzilishi 
    Har bir sharob turining turgan sari sifati yaxshilanadigan muayyan muddati bo‘ladi. Kam 
    ekstraksiyalangan nordon sharoblar uchun bu muddat 3-5 yilga teng, ko‘p ekstraksiyalangan oq 
    shiroblar uchun 10 yilga qadar boradi. Qizil sharoblar sekinroq etiladi va eskiradi. Kuchli va 
    desert sharoblar ko‘p yilgacha buzilmaydi. Ular o‘zining xususiyatlarini 100 yil va undan 
    ko‘proq saqlashi mumkin. Lekin ma’lum muddatdan keyin sharobning buzilishi boshlanadi. 
    Bunda antotsianlar parchalanishi munosabati bilan sharobning rangi yo‘qoladi, sharobda 
    parchalanishidan hosil bo‘lgan qo‘lansa hid va ta’m paydo bo‘ladi. 
    Ko‘p yillar davomida kolleksiyada saqlangan sharoblarda boshlang‘ich davridan 
    karbonilamin reaksiyalari o‘ta boshlaydi. Bu asosiy reaksiyalardan biri hisoblanadi. 
    Karbonilamin reaksiyalarida sharobni tarkibidagi barcha karbonil, azot, polifenol moddalar 
    ishtirok etadi. Qandlar parchalanib sharobni oksimetilfurfurolga to‘yintiradi. Hosil bo‘lgan 
    oksimetilfurfurolning miqdori qancha chuqur karbonilamin reaksiyalari o‘tishidan va qancha 
    uchuvchan moddalar hosil bo‘lishidan ma’lumot beradi.

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish