134
Issiq quyishda sharobni 50-55ºC gacha isitib, dastlab 40ºS gacha isitilgan shishalarga
quyish kerak. Kislorodni sharobdan chiqarib yuborish uchun inert gazlar (karbonat
angidrid,
azot) bilan unga ishlov beriladi.
Shishalarda pasterizatsiyalash rejimida kameralarda 50±5ºC da 30 min ushlanadi. Kam
spirtli sharoblarni 65ºC da pasterizatsiya qilinadi.
Sentrifuga qilish (separatsiya) ko‘proq loyqa sharoblarni tinitish uchun qo‘llanadi. Bu
usulda 99,8% achitqilar yo‘qotiladi, ammo sharoblar kislorod bilan ortiqcha to‘yinadi.
Filtr-karton orqali filtrlash sharoblarni tiniq barqaror qiladi. Membranalarda sharoblarni
filtrlasa sharobda achitqi va bakteriyalar qolmaydi.
Sovuq steril quyishini steril quyish mashinalari, steril truboprovodlar, shisha,
tiqin va
havo steril bo‘lib, steril filtratsiya ta’minlansa qo‘llash mumkin.
Ultrabinafsha nurlar bilan faqat sharob yuzasidagi mikroorganizmlarni o‘ldirish mumkin.
SHaroblarni UB va IQ nurlar bilan ishlov berilsa, barqarorlik ta’minlanadi.
Biologik barqaror sharobda mikroorganimlar o‘zlashtiradigan azotni yo‘qotib olish
mumkin. Buning uchun achitqilarni ko‘p marotaba sharobda rivojlantirib, sentrifugalab yoki
filtrlab achitqilar olib tashlanadi.
Sharobdagi mikroorganizmga ta’sir etuvchi antiseptiklar ko‘pgina
talablarga javob
berishi kerak:
qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda ist’emol qilinganda odam organizmi uchun
zararsiz bo‘lishi kerak;
kam miqdorda uzoq vaqt uni ist’emol qilsa zararsiz bo‘lishi kerak;
odam organizmdagi bakterial flora uchun zararsiz bo‘lishi kerak;
allergiya keltirmasligi kerak;
mahsulotda ta’mi, hidi sezilmasligi kerak;
miqdoriy va sifat analizi bilan oson aniqlanishi kerak;
sharoblarning uzoq biologik barqarorligini ta’minlashi kerak.
Oltingugurt (IV) oksidi (SO
2
) sharobchilikda konservant va antioksidant sifatida keng
qo‘llanadi. Hamma sharoblar uchun 200 mg/dm
3
umumiy SO
2
va 20 mg/dm
3
erkin SO
2
miqdori
ruxsat etilgan. Faqat nimshirin sharoblarni 300 mg/dm
3
umumiy va 30 mg/dm
3
SO
2
gacha
sulfitatsiya qilish mumkin.
Sorbin kislota - achitqilar keltiradigan loyqalanishga qarshi antiseptikdir. Ammo u
oksidant emas, sut va sirka kislotali bakteriyalarga ta’sir qilmaydi. Sorbin kislotani sharoblarni
quyishdan oldin ruxsat etilgan SO
2
miqdori bilan bir qatorda 200 mg/dm
3
miqdorda qo‘shiladi.
Sharobchilikda yana piroko‘mir
kislotaning dietil efiri, dimetildikarbonat, yuglon va
plyumbagin, allilxantal (gorchitsa) yog‘i lizineks qo‘llanadi, ammo ularning salbiy tomonlari
ham bo‘lgani tufayli keng ishlatilmaydi.