Uzluksiz oqimda iki bosqichda xaydash orqali konyak spirti olish texnologik sxemasi




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Uzluksiz oqimda iki bosqichda xaydash orqali konyak spirti olish texnologik sxemasi 
 
 
 
 
 
 
 
1 – termos sig‘im; 2 – bug‘latish kolonnasi; 3, 20 - nasoslar; 4 – barda uchun kub; 5, 15 
– xaydash kolonnasi; 6 – kondensator-aralashtirgich; 7 – konyak spirt iva xushbo‘y suv uchun 
kollektor; 8 – epyuratsion kolonna; 9 –konyak spirti va xushbo‘y suv uchun sovutgich; 10 - 
barda regulyatori; 11, 12 – vino qizdirgich; 13 - II nav konyak spirti uchun deflegmator; 14 - 
EAF deflegmator; 16 – qayta ishlangan suyuqlik uchun regulyator; 17 – barbotajli bug‘latish 
kolonnasi; 18 - I navli konyak spirti uchun kondensator; 19 - I navli konyak spirti uchun 
sovutgich
Sharant konyagini klassik texnologiyasida kubli apparatlarda (SHarant apparati deb nom 
olgan) sharobni ikki marotaba qayta xaydash yo‘li bilan olingan spirtni eman bochkalarida 
saqlash ko‘zda tutilgan.
Konyak ishlab chiqarish uzumzorlari Bordo uzumzorlardan janubda joylashgan bo‘lib, 
ikki departamentini egallagan. Sharanta va Primor Sharantasi konyak ishlab chiqarish nohiyasiga 
7 zona kiradi. Eng yaxshilaridan Grand SHampan yoki (Grand Fin Shampan) shaharlardan 
Konyak, Segonzak va Yarnak. Uzumzorning umumiy maydoni 90000 ga yaqin, sharob ishlab 
chiqarish hajmi 100 mln. dal. Konyak ishlab chiqarish absolyut spirtga hisoblaganda yiliga 1÷2 
mln. dalga etib qoladi.
Konyak ishlab chiqarishga asosan «Oq Fol» va «Kolombar» uzum navlari ishlatiladi. 
Semilon, Sovinon uzum navlaridan 10 % gacha qo‘shish mumkin. Konyak xom sharobini 
tayyorlashda uzum eziladi, gorizontal yoki gidravlik presslarda bir yoki bir necha marotaba 
presslanadi. SHnekli presslarni qo‘llash man etilgan. Oqim va bosim sharbati aralashtiradi. 
Bijg‘itishdan oldin sharbat sulfitlanmaydi va tinitilmaydi. Kichik korxonalarda bijg‘ish 
bochkalarda, yirik korxonalarda esa 1000-2000 dal hajmli sig‘imlarda o‘tkaziladi.
Sharantada uzumni oktyabrda uzishadi va qayta haydashni 1 dekabrdan boshlashadi. 
Sharoblarni saqlanish davomiyligi olinadigan konyak spirt sifatiga nisbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
CHunki sharob metalldan yasalgan sig‘imlarda saqlanganda tarkibidagi temir miqdori ko‘payishi 
bilan oksidlanish jarayoni keskin kuchayadi. Yosh xom sharob yaxshi tinmagan cho‘kma bilan 
birga xaydaladi. Xom-spirt olishda tarkibida 7-8 % achitqi loyqasi bo‘lgan achitqili xom 
sharoblar qo‘llaniladi. Bu uslub konyak spirtiga enant efirini oshiqcha miqdorda berganligi 
sababli, unda mashhur fransuz konyaklariga xos tuslarni paydo qiladi.
Qayta haydash – sharant 1 kubli davriy uskunada olib boriladi. SHarob kubga quyiladi va 
qayta haydashdan chiqqan spirt - xom spirt deyiladi. Bu jarayon uch marotaba takrorlanadi. 
Olingan xom spirtni uchta partiyasi assamblyaj qilinadi, aralashma qayta qaynatiladi va spirt 
uchta qismga ajratib olinadi: bosh, o‘rta va dumli fraksiyalar. 
Konyak tayyorlashda o‘rta fraksiyalari olinadi va saqlashga beriladi.
Sharantada qo‘llaniladigan qayta haydash uslublari turlidir. Ayrim holda, xushbo‘yligi 
kuchli konyak spirtini tayyorlash uchun sharobga distillyatni oxirgi (dumli) fraksiyasi qo‘shiladi 
va u bilan birga qayta haydaladi. Ammo, bunday olingan xom spirtni quvvati baland bo‘lganligi 
uchun, bu uslub kam ishlatiladi.


138 
Xom spirtni quvvati 30 % dan baland bo‘lsa, undan kamdan kam yaxshi konyak spirtini 
olish mumkin. Nordon sharobni dastlabki quvvati 10-11 x % bo‘lgan bo‘lsa undan olingan xom 
spirtni quvvati 30-32 xatto 35x % bo‘lishi mumkin. Uning quvvati faqat toza, yumshoq suv bilan 
suyultirilib 29x % ga etkaziladi, lekin qo‘shiladigan suvning hajmi 10 % dan ko‘p bo‘lmasligi 
kerak. Boshqa holda xom spirtga dastlabki qayta xaydashdagi bosh va oxirgi fraksiyalar 
qo‘shiladi. Distillyatni quvvati 58x% etishi bilan, o‘rta fraksiyani olish boshlanadi. Spirtni 
quvvati 70,5-71x % ga etishi bilan o‘rta fraksiyani olishni to‘xtatiladi. (≤57). Bu qoidaga rioya 
qilmaslik quo‘o‘ati 58-60x % li spirtda oxirgi fraksiyasiga xos yoqimsiz tuslarni kelib chiqishiga 
olib keladi.
Konyak spirti er yuzasidagi xonalarda eman bochkalarda (hajmi 220 l) saqlanadi. Eman 
bochkalarini yasashda faqat Limu emanidan foydalaniladi. 40-50 yoshlik dubdan eng yaxshi 
klyonka yasaladi; bochkalarni to‘lg‘izganda 2 litr kam quyiladi.
O‘zbekistonda konyak ishlab chiqarish urush yillaridan so‘ng rivoj topdi. Konyak ishlab 
chiqarish uchun qulay viloyatlar: Toshkent, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlaridir. 
Bayan-SHirey, Baxtiori Parkent uzum navlaridan yaxshi konyak xom sharobi tayyorlash 
mumkin. Toifi, Nimrang, Rkatsiteli, Kuldjinskiy, Aligote uzumlaridan xam konyak xom 
sharobini olish mumkin. (Samarqand, KV-O‘zbekiston, Xalqobod) shular jumlasidandir. 
Konyak texnologiyasi konyak xom sharobini tayyorlash, konyak spirtini olish, uni 
saqlash va konyak tayyorlashdan iborat. 
Konyak xom sharobi oq, pushti, qizil uzum navlaridan oq sharoblarga uzumni qayta 
ishlash texnologiyasidan tayyorlanadi. qayta ishlashga faqat sog‘lom uzum beriladi. SHarbatni 
tindirganda sulfitlanmaydi. Bijg‘ish haroratini 16-25ºS da olib borish kerak.
Konyak ishlab chiqarishda qo‘llanadigan xom sharobni quvvati 8x %-kun, titrlanadigan 
kislotalilik 1,5 g/l dan aniq, uchuvchan kislotalar 1,3 g/l dan kam va umumiy SO
2
miqdori – 15 
g/l kam bo‘lishini ta’minlash kerak. Ularning rangi och-hashak rangidan to pushtigacha, begona 
hidsiz va ta’msiz. Xom sharoblar yaxshi tinmagan, tarkibida 2% gacha achitqi bo‘lishi kerak. 
Kam quvvatli xom sharoblarni saqlash qiyin, konyak spirti olinadigan konyak qurilmasini 
unumdorligi pasayadi va saqlashga ko‘p sig‘im talab qiladi.

Download 5,15 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzluksiz oqimda iki bosqichda xaydash orqali konyak spirti olish texnologik sxemasi

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish