O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

 
 


136 
18-MA’RUZA.
KONYAK ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY JARAYONLARI. 
Reja
1.Konyak tarkibi va hususiyati.
2.Konyak tayyorlash klassik texnologiyasi. 
Tayanch so‘z va iboralar: Jarayonlar, lignifikatsiya, ekstraksiya, konyak spirtini saqlash, 
etilishni faollashtirish texnikasi, yukotishlar, buglanish, kislorod, namligi, barda, viski, rom, 
kalvados, sharob kislotasi, oxak, yumshatilgan suv, spirtlangan suv, xushbo‘y (dushistiy) suvlar 
liker, koler. 
Konyak - quvvatli alkogol ichimligi bo‘lib, sharoblarni qayta haydab olingan spirtdan va 
uni uzoq muddat (20 yilgacha) eman bochkalarida etiltirib tayyorlanadi. Tayyor ichimlikni rangi 
qahrabo – tilla rangda, yoqimli hidli, vanilin hidi engil seziladi va o‘ziga xos ta’mlidir. Konyak 
quvvati 40-57 % ga teng. Konyakni o‘ziga xosligi, noyob sifat ko‘rsatgichlari eman bochkalarida 
etiltirish jarayonida shakllanadi.
Konyak sifatiga sharobning tarkibi, uni olish texnologiyasi va asosan konyak spirtini 
etiltirish sharoiti ahamiyatlidir. YAngi haydalgan konyak spirti yuqori sifatli sharobdan olingan 
bo‘lsa ham rangsiz, yoqimli hidsiz, qo‘pol, ta’mida keskinlik seziladi. Faqat eman bochkalarda 
saqlanish, etiltirish davrida konyak spirti tilla-jigar rangli, ta’mi yumshoq va nozik muattarlikka 
ega bo‘ladi. Eman yog‘ochi nafaqat konyakni ayrim moddalarini manbai hisoblanadi, shu bilan 
birga kimyoviy jarayonlarini katalizatori hamdir. Konyak spirti saqlash davomida eman 
yog‘ochini 8-12 mm gacha namlaydi, chuqurlikdagi qatlamlarga esa faqat spirtni bug‘lari o‘tadi. 
Konyak spirtini etiltirganda oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari faqat eman bochkalarini 
yog‘och bo‘shliqlaridan o‘tadi degan fikr bor. 
Etiltirish jarayonida yog‘ochdan spirtga pirokatexin, pirokatexin efirlari – izoevgenol 
kabi fenol moddalar o‘tadi, ular havo kislorodi ta’sirida oksidlanib, konyakka tilla – jigar rang 
beruvchi moddalar xosil bo‘ladi. Fenol moddalar kabi eman yog‘ochidan konyak spirtiga 
ekstraksiya jarayoni natijasida chiqqan moddalar, keyincha vanelin, etilvanelin va boshqa 
uchuvchan birikmalarga aylanadi, konyakka o‘ziga xos xushbo‘ylik baxshida etadi. Spirt 
ta’sirida eman yog‘ochni lignining etanolizini kuzatamiz va u oksidlanishga moyil bo‘lib qoladi. 
Lignin asta sekin etanoliz jarayoni natijasida lignindan koniferil yoki siren spirti hosil bo‘ladi va 
piroksidaza fermenti ta’sirida yoki noorganik katalizatorlar yordamida aromatik aldegidlargacha 
oksidlanadi va vanilin kabi moddalar xosil bo‘ladi.
Konyak spirti etilishida kechadigan kimyoviy reaksiyalar kislorod ishtirokida o‘tadi. 
Kislorod bochkalar og‘zidan (50 %) va yog‘ochni bo‘shliqlaridan (10 %) o‘tadi. 
Konyak quvvatli alkogol ichimligi, qahrabo tilla rangli: Konyak spirti nordon uzum 
sharobini distillyasiyalash (qayta xaydash) mahsuloti sanaladi. Dastlab konyak Fransiyani 
Konyak (Sharant departamenti) shaxrida tayyorlangan. Konyak spirtini aroqga ishlatiladigan etil 
spirtidan farqi shundaki - konyak spirtini tarkibida uchuvchan moddalar ancha ko‘p miqdorda 
bo‘ladi – aldegid, efir, uchuvchan kislotalar, yuqori spirtlar. Spirtni tarkibidagi bu qo‘shimchalar 
eman yog‘ochining moddalari bilan reaksiyaga kirishib, konyakni organoleptik sifatini 
shakllanishida asosiy ahamiyatga ega.
Uzum sharobidan distillyasiya yo‘li bilan spirt olish va uni asosida quvvatli ichimliklarni 
tayyorlash Fransiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Ispaniya, Italiya, SSHA va boshqa mamlakatlarda 
yo‘lga qo‘yilgan. Ichimliklarni nomini nazorat qilish qonuniga ko‘ra bu mamlakatlarda konyak 
nomini berish noto‘g‘ri, chunki amalda konyakni nomida geografik kelib chiqishini asorati ham 
qolmagan va konyak ichimlikni bir turi deb tushuniladi. O‘zbekiston ichki bozorida konyak nomi 
saqlangan, shu bilan birga yangi etiketkalarda konyak ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi 
ko‘rsatilgan va uning nomi konyak emas, brendi deb nomlangan. 
 


137 

Download 5,15 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish