• Sharobdagi sichqon hidi
  • Sharob kasalliklarining kelib chiqish manbalari




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Sharob kasalliklarining kelib chiqish manbalari. 
    Sharob ishlab chiqarish to‘liq sterillangan sharoitlarda olib borilmaydi. Asbob-uskunalar, 
    shisha truboprovodlar, sharbat bijg‘iydigan va saqlanadigan hajmlarda doim tirik mikroorganizm 
    topiladi. Ular uzum xom ashyosidan, tashqi muhitdan, sharbat va sharobga tushadi. Sharob 
    ishlab chiqarishda ishlab chiqarilayotgan sharob turidan kelib chiqqan holda mikroorganizm 
    shtamplari tanlanadi.
    Sharob ishlab chiqaradigan binolarning ichida asbob-uskunalarda, sharobda ko‘p 
    miqdorda mikroorganizmlar bo‘ladi. Mikroorganizmlar biror texnologik operatsiyadan keyin, 
    sharoblarga tushib yana qaytadan bijg‘itishi, loyqalatishi, cho‘kma hosil qilishi, sharob 
    kasalliklarini keltirishi, ta’mini, hidini o‘zgartirishi mumkin. SHaroblardagi bunday kasalliklar 
    va nuqsonlar qatoriga sharobdagi sichqon hidini kelib qolishini, sharoblarning biologik 
    loyqalanishini, sharoblarning achitqilar ta’sirida loyqalanishi, sharoblarining taxirlanishi 
    kabilarni kiritish mumkin. 
    Sharobdagi sichqon hidi 
    Sharobda sichqon hidi hosil bo‘lishining sababi xaqida aniq fikr yo‘q. Ba’zilar 
    achitqisimon mog‘orlar Brettanomyces, Monilia va ba’zi sut kislotali bakteriyalar sharobda 
    rivojlanib, sichqon hidini hosil qiladi desa, boshqalar sharobda temir miqdori oshib ketishi 
    natijasida vujudga kelgan kimyoviy reaksiyalar oqibati deb hisoblaydilar. 
    Bu kasallik hamma tur oq va qizil sharoblarni - nordon, shampan, nimshirin, desert 
    sharoblarni, xeres, portveynlar, vermutlar va meva-rezavor sharoblarni jarohatlaydi. Kasallikning 
    boshlanishida sharobni yutib bo‘lgandan keyin (keyingi ta’m) yoqimsiz ta’m seziladi. U ta’m 
    og‘izda uzoq vaqt saqlanadi. Kasallik rivojlanganda sharob loyqalanadi, cho‘kma tushadi, 
    sichqon hidi va ta’mi shunchalik ko‘payadiki, u sharobni ishlatib bo‘lmaydi. Mikrobiologik 
    jarayon rivojlanib sirka va sut kislotalarning miqdori ko‘payadi. Sichqon hidini kamaytirish 
    uchun temir miqdorini 5 mg/dm
    3
    - ga kamaytirib, kislotalikni 7 mg/dm
    3
    - gacha sharob 
    barqarorligini ta’minlovchi ishlovlar o‘tkazish kerak. 


    133 
    Ko‘p marta sharobni quyib turib shamollatib, sulfitatsiya, pasterizatsiya, xurushlash va 
    filtratsiya bilan, hamda aktiv tirik achitqilar bilan ishlov berish sharobni dastlabki sifatini 
    tiklashga yordam beradi. Ba’zan -4 - 8ºS sovuq bilan ishlov berish ham yordam beradi. 
    SHarobga 1-2% -li ishqor qo‘shib sichqon hidini aniqlash mumkin. Mikroblardan 
    bo‘lmagan sichqon hidini yo‘qotish og‘irroq. SHaroblarda mikroorganizmlar rivojlanib, hosil 
    bo‘lgan sichqon hididan qutilib bo‘lmaydi. 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharob kasalliklarining kelib chiqish manbalari

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish