• Ishning maqsadi
  • Kerakli reaktiv va asbob -uskunalar
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    142 
    1-ISH.TURLI XOM ASHYOLAR QURUQ MODDALARI MIQDORINI 
    ANIQLASH 
    ____________________________________________________________
     
    Asosiy tushuncha: Barcha oziq-ovqat mahsulotlari, ularning xo m 
    ashyolar tarkibi suv va quruq moddalardan tashkil topgan. Mahsulot quruq 
    moddalari tarkibiga uglevodlar, klechatka, oqsillar, organik kislotalar, mineral
    moddalar kiradi. Quruq moddalar miqdori mahsulot sifatining universal 
    ko`rsatkichi bo`lib hisoblanadi, shuning uchun barcha xom ashyo va 
    tayyor konserva mahsulotlaridagi quruq moddalar miqdori GOST va 
    texnik shartlar (TU) bilan belgilanadi. Mahsulotlardagi quruq moddalar miqdori 
    fizik-kimyoviy, kimyoviy va fizik usullar bilan aniqlanishi mumkin. Ko`p 
    hollarda quruq moddalar miqdorini aniqlashning eng ko`p tarqalgan 
    usullari mahsulotlarni doimiy og`irlikkacha quritish va mahsulotdan suvni haydash 
    usullaridan qo`llaniladi. Fizik usullardan refraktometrik usul va zichlikni aniqlash 
    usullari ko`p tarqalgan. 
    Ishning maqsadi: Barcha oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo va 
    tayyor mahsulotlar tarkibidagi quruq moddalarning foizdagi ulushini aniqlashdan 
    iborat. 
     
     
     
     
     
     
    9.1-rasm Byukslar 
     
     
    QURUQ MODDALAR MIQDORINI ANIQLASHNING 
    OG`IRLIK USULI 
    Kerakli reaktiv va asbob -uskunalar: quritish shkafi, byuks yoki 
    farfor kosacha, eksikator, sabzi namunasi, kartoshka namunasi, meva pyuresi 
    namunasi, olma namunasi. 
    Ishni bajarish tartibi: Bu usulda mahsulotni quritish shkafida 
    doimiy og`irlikka kelguncha 105
    0
    S haroratdagi atmosfera bosimi ostida 
    yoki 70°S haroratdagi past bosim ostida quritishga asoslangan. 10 -12g 
    toza qizdirilgan qumni toza va quruq byuksga solinib, byuksni shisha 
    tayoqcha bilan birgalikda doimiy og`irlikka kelguncha quritiladi. 
    Byukslar eksikatorda sovutilib, 0,001g aniqlikkacha o`lchab olinadi. 


    143 
    So`ngra byuksga 5g miqdorda quritiladigan mahsulot namunasi solinadi. 
    SHisha tayoq yordamida qum bilan aralashtiriladi va 0,001g aniqlikkacha 
    o`lchanadi. Quritilgan mevalarning quruq moddalarini aniqlashda 
    namunani qumsiz tortiladi. Qopqog`i ochiq byuks quritish shkafiga qo`yilib, 
    4-soat davomida 105°S haroratdagi muhitda quritiladi (9.1 -rasm). Shundan 
    so`ng byukslarning qopqog`i yopiladi, eksikatorda 30 minut davomida 
    sovutiladi va o`lchanadi. O`lchangan byukslar yana 1 soat davomida 
    quritiladi, sovutilib o`lchanadi. Bu jarayon ketma -ket quritilgan ikkita 
    byukslar og`irliklari o`rtasidagi farq 0,002 g ni tashkil qilguncha davom 
    ettiriladi. Quruq moddalarning ulushi, (%) quyidagi tenglama yordamida 
    aniqlanadi: 
    ;
    100
    1
    2




    М
    М
    М
    М
    Х
    %
    bu yerda, M - byuksning qum va shisha tayoqcha bilan birgalikdagi
    og`irligi, g;
    M
    1
    - byuksning qum, shisha tayoqcha va mahsulot namunasi bilan 
    birgalikdagi quritishdan oldingi og`irligi, g; 
    M
    2
    - byuksning qum, shisha tayoqcha va mahsulot namunasi bilan
    birgalikdagi quritishdan keyingi og`irligi, g. 
    Bir vaqtda quritilgan mahsulotlar quruq moddalarning miqdori orasidagi 
    farq 0,2% dan oshmasligi kerak.

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish