2.1-rasm. Ikki uch ochiq kappilyarda erish haroratini aniqlash. QOTISH HARORATINI ANIQLASH.
Har bir suyuq jis mni sovutishda, qattiq jismni isitishga teskari
jarayon boradi. Harorat tushishi bilan suyuqlik molekulalari harakatining
o`rtacha energiyasi kamayadi, ma`lum vaqtda kristall struktura paydo
bo`ladi va suyuq jis m qattiq holatga o`tadi. Demak, erish va qotis h
qaytalanish jarayonlarini namoyon qiladilar. Kimyoviy toza individual
moddalar uchun erish va qotish harorati qiymatlari to`g`ri keladi.
Yog` kislota va glitseridlarning qotish harorati erish haroratiga
nisbatan bir necha gradusga past bo`ladi. Kristallanish jarayonida
glitseridlar yoki yog` kislotalar aralashmalarini oxirgi qotish vaqtini
aniqlash qiyin. Boshqa sabab: erish va qotish harorati orasidagi farq
sovish hodisasi mavjudligini belgilaydi. Yog`ni qotish jarayoni deb
kristallanish markazi hosil bo`lishiga aytiladi. Bu kristallanish markazi
hosil bo`lishi harakatlanayotgan molekulalar assotsiatsiyasi nat ijasida
bo`lib, ularning kinetik energiyasi harorat pasayishi bilan kamayadi.
Buning natijasida alohida molekulalar orasida bog`lanish kuchi hosil
bo`lish holiga yetguncha bir-birlariga yaqinlashadilar va molekulalar
guruhini hosil qilib, ularning erkin energiyalari eng kam holatga keladi.
Yog` kislotalar molekulalari erkin energiyalarini pasayishi ularning
ko`payishiga olib keladi. Bu esa qotayotgan yog`ning qotish haroratini
oshiradi. Bundan tashqari yog` kislotalarning katta molekulalari
147
glitseridlarning kristal zanjirlarida joy egallashi uchun vaqt kerak
bo`ladi, chunki qovushqoq molekulalar harakati ancha sust. Yog`larni va
yog` kislotalarni erish va qotish haroratlari orasidagi farq polimorf
hodisasi bilan bog`liqdir.
t,
o
C
t,
o
C
t,
o
C
t,
o
C
a
a
a
a