145
katalizator ishtirokida to`yintirib qattiq yog`lar olinadi. Bu qattiq yog`lar salomas
deb ataladi. Salomasni olish jarayoni esa sanoatda gidrogenlash deb ataladi.
Qattiq yog`larni erish va qotish haroratini ani qlashning tavsiya
qilinayotgan usullari sanoatda amaldagi standartlarga mos mahsulot
ishlab chiqarishni nazorat qilishni ta`minlaydi.
Har bir kristallik qattiq jis m, aniq panjara bilan xarakterlanadi,
uning tugunlarida atomlar va moddaning atomlar guruhi j oylashgan. Ular
uzluksiz tebranuvchi holatda bo`lib, o`rtacha energiyasi haroratga
bog`liqdir.
Haroratni oshishi atomlar harakatining o`rtacha energiyasi va ato m
guruhlari ko`payishiga olib keladi. Kritik haroratga yetganda, panjaralar
buziladi va qattiq jis m suyuq holatga o`tadi. Sinalayotgan modda suyuq -
tomchi holatga o`tgan va shaffof bo`lib qolgan holat erish harorati
deyiladi. Har bir toza individual modda erish haroratga ega. Bu
ko`rsatkich berilgan moddaning tozaligi va uning indentifikatsiyasining
asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.
Murakkab glitserid aralashmasini tashkil etuvchi ko`p moddalar va
yog`larni harorati bir-biridan farqlanib, ularning suyuq-tomchi holatiga
o`tishi bir zumda sodir bo`lmay, balki ayrim harorat intervalida sodir
bo`ladi. Bunda aralashmaning har xil komponentlari turlicha eriydi.
Birinchi navbatda yog` yumshaydi va harakatlanish bo`ladi, so`ng
ma`lum haroratga etgach hamma tarkibiy qismlari suyuq holatga
o`tganda, yog` shaffoflashadi.