Ishning maqsadi: Yog`-moy sanoatida ishlab chiqariladigan va
qo`llaniladigan qattiq yog`larning erish va qotish haroratini aniqlash
usuli bilan tanishish va o`zlashtirish.
IKKI UCHI OCHIQ BO`LGAN KAPILLYARDA YOG`NI KO`TARILISHI BO`YICHA ERISH HARORATINI ANIQLASH. Kerakli reaktiv va asbob -uskunalar: yog`, muz, shisha naychali
kapillyar, termometr, stakanli suv hammomi, shtativ, aralashtirgichli
elektroplita.
Ishni bajarish tartibi: Toza, quruq, ikki tomoni ham ochiq, yupqa
yengil shishadan yasalgan kapillyar naychaga (naycha uzunligi 50 -80mm,
diametri 1-1,2mm, devori qalinligi 0,2-0,3mm) shunday miqdor to`liq
erigan, filtrlangan qattiq yog` olinadiki, bunda kapillyardagi yog` ustuni
balandligi 10-15mm atrofida bo`lsin. Kapillyarni to`ldirish, uning uchini
yog`ga tiqish bilan amalga oshiriladi. Yog`li kappillyar muz ustida yoki
muzlatish kamerasida 10 minut davomida ushlab turiladi. Shundan so`ng
ingichka rezinali halqa yordamida termometrga (shkalasining bo`limlari
0,1
0
S) mahkamlanadi, bunda yog` ustuni va termometrni simobli sharigi
bir xil sathda turishi kerak. Shundan so`ng termometr mahkamlangan
kapillyar, harorati 15 -18
0
S bo`lgan, suvli stakanga solinadi. Kapillyar
suvga 30-40mm kirib turishi kerak. Bunda kapillyarning to`ldirilmagan
uchiga
suv
kirib
ketmasligini
nazorat
qilish
kerak.
Magnitli
aralashtirgich bilan doimiy aralashtirib turgan holda, elektr plitkadagi
146
stakan suvining harorati dastlab minutiga 2
0
S dan, erish haroratiga
yaqinlashgan sari minutiga 1
0
S dan oshirib boriladi. Kappillyardagi yog`
shaffoflashgandan so`ng,
ma`lum bir
lahzad a kapillyar bo`ylab
ko`tariladi ana shu vaqtdagi harorat - erish harorati deb olinadi.
Aniqlash 2 marta bajariladi va natija sifatida 2 ta parallel aniqlangan
ko`rsatkichlarning o`rtacha arifmetik qiymati olinadi. Bu ko`rsatkichlar
bir-biridan 0,5
0
S dan ko`p farq qilmasligi kerak.