• 1 kategoriya talabi
  • 2-kategoriya talabi
  • Mol go`shti sifatini baholash va to`shni muhrlash




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Mol go`shti sifatini baholash va to`shni muhrlash 
    Mol go`shtini tovar sifatini aniqlash ishlari ham standart /GOST 779-55/ 
    “Qoramol go`shti, yarim va chorak qismlari” talabi asosida veterinariya 
    shifokorlari nazorati ostida olib boriladi. Iste`molga yaroqli bo`lgan mol go`shti 
    ikki kategoriyaga bo`linadi. 


    150 
    1 kategoriya talabi: yirik mollarning go`shti qoniqarli darajada rivojlangan, 
    umurtqa pog`onasi o`simtalar bo`rtib chiqmagan, dumg`aza suyaklari ko`zga 
    tashlanib turmaydigan bo`lishi kerak. Shuningdek, teri osti moyi 8-qovurg`adan 
    dumg`azasiga qadar qatlam hosil qilsa va bo`ynida, kuragini yuza qismida, oldingi 
    qovurg`alarida, sonida, toz va chot qismida oz bo`lsada moy bo`laklari bo`lsa, u 1-
    kategoriya deb hisoblanadi.
    Yosh mollarni go`shti qoniqarli rivoj topgan, umurtqa pog`onasi o`simtalari 
    biroz bo`lsada bo`rtib chiqqan, kurak suyagi yuzasi, qovurg`alari, teri yog` 
    qatlami oz bo`lsada ko`rinib tursa, kurak qismida, sonini ichki qismida va dumini 
    tanaga birikkan yerida moy bo`laklari oz bo`lsada ifodalangan bo`ladi.
    2-kategoriya talabi: Yirik mollarda muskulatura qoniqarli darajadan past, 
    umurtqa o`simtalari, dumg`aza suyagi bo`rtib chiqqan va yaqqol ko`zga tashlanib 
    turadi. Teri osti moyi sezilarli darajada emas. 
    Yosh mollar go`shti - sust taraqqiy etgan. Umurtqa pog`onasi o`simtalari, 
    dumg`aza suyagi bo`rtib chiqqan va yaqqol ko`zga tashlanib turadi, moy 
    parchalari deyarli sezilmaydi. 
    Mol to`shi /nimtasini/ni muhrlash. Katta yoshli mollarni to`shi 4 qismga 
    bo`lingani holda, uni har biriga muhr bosiladi. Vazni yirik bo`lmagan 
    novvoslarning to`shi uzunasiga ikki /chap va o`ng/ qismga bo`lingan holda 
    muhrlanadi. 
    Iste`mol uchun yoki qayta ishlash uchun jo`natiladigan mol to`shi 
    veterinariya shifokorlari tomonidan yana nazorat ostiga olinadi. Go`sht
    nimtalarini muhrlashda uning sifati, go`shtdorlik darajasi, moy qatlami va uning 
    miqdoriga e`tibor beriladi. 
    Har bir muhri respublikaning qisqartirilgan nomi, korxona raqami va “Vet. 
    ko`rigi” deb yozilgan bo`ladi. Muhr doira, to`rt burchak va uch burchak shaklda 
    bo`lib, kattaligi 40, 45, 50 mm bo`ladi. U asosan, bronza yoki zanglamaydigan va 
    moy yopishib qolmaydigan metaldan tayyorlanadi. Muhrlashda gunafsha rangli 
    siyohdan va qizil rangli zararsiz bo`yoqdan foydalaniladi. Iste`molga 
    chiqariladigan go`shtlar gunafsha rangi siyoh bilan muhrlansa, qayta ishlash 
    maqsadida jo`natiladigan go`sht qizil rangli bo`yoq yordamida muhrlanadi. Mol 
    go`shti barcha insonlar uchun qimmatli va lazzatli oziq-ovqat sifatida iste`mol 
    qilinadi va barcha turdagi mahsulotlar ichida salmoqli o`rin tutadi. Mol go`shtining 
    to`yimliligi birinchi navbatda uning tarkibidagi oqsil va yog` moddalarining 
    kaloriyasi bilan belgilanadi. 
    Mol organizmida semizligiga ko`ra nimtasining og`irligi tirik vaznini o`rtacha 
    51-53% ini tashkil qilsa, undagi yog` 2-14%, suyaklar esa 18-30% atrofida bo`lishi 
    aniqlangan. 
    Go`shtning kaloriyasi uning sifatiga, molning semiz-oriqligiga, boqish 
    usuliga, oziqlantirishga, yoshiga, jinsiga, fiziologik holatiga va hokazolariga 
    bog`liq bo`lgani holda 1 kilogrammda taxminan 1200-2800 kilokaloriya va undan 
    ko`proq bo`lishi tajribalarda sinab ko`rilgan. 
    Oriq mol go`shtida yog` miqdori o`rtacha 3,30% bo`lsa, yuqori semizlik 
    darajasiga yetkazilgach u 23% ko`payishi mumkin ekan. Shuningdek, paylar 
    miqdori oriq mollarda 14% bo`lsa, yuqori daraja semizlarida u atigi 9,6% ga to`g`ri 
    kelar ekan 


    151 
    Go`sht tarkibidagi nihoyat murakkab hisoblangan nukleoproteidlar ham 
    uchraydi. Jumladan, ribonuklein va dezoksiribonukleik kislotalari, elastin, kollagen 
    va mukoproteinlar bo`lishi aniqlangan. 
    So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, mol go`shtida molning oriq-semizligiga 
    ko`ra 3% dan 35% gacha yog` bo`lishi mumkin ekan. Shuningdek, barcha turdagi 
    mineral moddalar (kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir va h.k.lar)ham bo`lishi 
    kuzatilgan. Fosfor va mis ham salmoqli o`rin egallar ekan. Kuzatishlardan ma`lum 
    bo`lishicha, go`sht tarkibidagi yog` moddalarining ko`payishi bilan undagi mineral 
    moddalar miqdori kamayib borar ekan. Go`sht tarkibidagi turli xildagi vitaminlar 
    (tiamin-B
    1
    , riboflavin-B
    2
    , nikotin kislotasi -PP
    1
    , biotin-H, holin, kobalamin-B
    12

    foli kislotasi)ni bo`lishi uning qiymatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mol go`shti sifatini baholash va to`shni muhrlash

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish