• KISLOTALIGINI ANIQLASH
  • Reaktiv va materiallar
  • Nazorat savollari
  • Sutning fizik-kimyoviy ko`rsatkichlari




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Sutning fizik-kimyoviy ko`rsatkichlari 
    Ko`rsatkichlar 
    Navlar uchun miqdori 
    0liy 


    Kislotaligi, 0T 
    16-18 
    16-18 
    16-20 
    Etalon buyicha tozaliligi 



    Bakterial obsemenennost`, mg/sm3 
    300 gacha 
    300 dan 500 gacha 
    500 dan 4000 
    gacha 
    Somatik hujayralar miqdori mg/sm
    3
    1000 
    1000 
    1000 
    KISLOTALIGINI ANIQLASH 
    Sutning kislotaligi 100 ml sutni fenolftalein ishtirokida 0,1 n ishqor(KOH 
    yoki NaOH) eritmasi bilan neytrallanganda zarur bo`ladigan ishqorning millilitr 
    miqdori bilan ifodalanadi. 
    Yangi sutning titrlangan kislotaligi uning tarkibida fosfor kislota va limon 
    kislota tuzlari, oqsil borligi bilan tushuntiriladi. 
    Sog`lom sigirlarning yangi sutining kislotaligi 16-18
    o
    T atrofida bo`ladi. Sutni 
    saqlashda va tashishda uning kislotaligi oshadi va bu bakteriyalarning, asosan sut 
    bijg`ituvchi (molochno-kisliy) bakteriyalarning hayot faoliyati bilan bog`liqdir. 
    Kislotaligi 21
    o
    Ternerdan oshiq bo`lgan sut qabul qilinmaydi, chunki u 
    pasterizatsiya davomida ivib qoladi. 
    Reaktiv va materiallar: 100-150 ml li konussimon kolba, fenolftalein 
    eritmasi, 0,1n li NaOH yoki KOH eritmasi. 
    Ishning bajarilishi: 100-150 ml li konussimon kolbaga pipetka yordamida 10 
    ml sut, keyin 20 ml distillangan suv va 3 tomchi 1%li fenolftalein eritmasi 
    solinadi, so`ngra sekin chayqatiladi va 0,1n natriy gidroksid eritmasi bilan 1 minut 
    davomida yo`qolmaydigan binafsha rang hosil bo`lguncha titrlanadi. 


    154 
    10 ml sutni titrlash uchun ketgan 0,1 n ishqor eritmasining millilitr miqdorini 
    10ga ko`paytiriladi va 100 ml sutning Terner darajasidagi kislotaligi aniqlanadi. 
    Nazorat savollari: 
    1.Sutning tarkibi va sifatiga ta`sir qiluvchi omillar. 
    2.Sutni qayta ishlash korxonalarining turlari. 
    3.Sut sifatiga qo`yiladigan talablar va pasterizatsiyalash usullari. 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish