• Ishning bajarilishi
  • 5.2-rasm. Yog` o`lchagich
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Reaktiv va asboblar: buterometr, avtomat-pipetka, sentrifuga, sulfat kislota, 
    suv hammomi.
    Sutni pipetkadan quyish vaqtida uning uchi sulfat kislotaga tegib turmasligini 
    kuzatib turish kerak, aks holda sut ivib qolishi mumkin va tushmay qoladi. Sut 
    pipetkadan oqib tushgach, uni buterometr devoridan olib tashlanadi, qolgan sut 
    tomchilari erkin oqib tushadi. 
    Ishning bajarilishi. Toza, quruq yog` o`lchagichga (buterometr, 13.2-rasm) 
    og`zini ho`l qilmasdan asta-sekin avtomat pipetka yordamida 10 ml sulfat kislota 
    (solishtirma og`irligi 1,81-1,825) solinadi. Keyin pipetka bilan tekshirilayotgan 
    sutdan 11 ml o`lchab olinadi, bunda 11 ml li ko`rsatuvchi chiziqcha sut sathining 
    pastki qismiga to`g`ri kelsin. Shundan so`ng, pipetkani ozgina qiyalatib ushlab, 
    uning uchini yog` o`lchagich ichki devori ustiga qo`yiladi, so`ng barmoqni sekin 
    ko`tarib, sutni sekin asta yog` o`lchagichga tushiriladi, bunda sut sulfat kislota 
    bilan aralashib ketmasligi kerak, shuning uchun sut sekin tushiriladi. 
    5.2-rasm. Yog` o`lchagich 
    Pipetkada qolgan oxirgi tomchi sutlarni puflab chiqarish mumkin emas, 
    chunki pipetkaning hajmi bu qoldiqni inobatga olgan. Sutni quyib bo`lgach, yog` 


    157 
    o`lchagichga uning og`zini ho`l qilmasdan asta-sekin avtomat pipetka yordamida 1 
    ml izoamil spirti quyiladi. Favqulodda yog` o`lchagich(jiromer) og`ziga suyuqlik 
    tushsa filtr qog`oz bilan ichidan artib tashlanadi (agar og`zi ho`l bo`lsa rezina tiqin 
    otilib ketadi). Dastlab yog` o`lchagich sekin, keyin kuchliroq ikki-uch marta 
    ag`darib silkitiladi. Ag`darganda o`ng qo`l bosh barmog`i bilan tiqin ushlab 
    turiladi. Kuyishdan saqlanish maqsadida silkitishdan oldin yog` o`lchagich 
    (jiromer) sochiqqa o`rab olinadi. Silkitish va ag`darish natijasida oqsil moddalar 
    to`liq erishi, eritma esa bir jinsli bo`lish kerak. Silkitish paytida eritmaning harorati 
    oshadi. Yog` o`lchagich sovumasdanoq uni darhol sentrifugalanadi. 
    Yog` o`lchagichni maxsus sentrifuganing o`ramalariga ingichka qismi bilan 
    markaziga joylanadi, ularni bir-biriga qarama-qarshi turadigan qilib simmetrik 
    ravishda joylashtiriladi. Agar yog` o`lchagichlar soni toq bo`lsa, u holda 
    muvozanat bo`lishi uchun suv bilan to`ldirilgan yog` o`lchagich joylashtiriladi. 
    So`ngra sentrifuga qopqoq bilan yopiladi, gayka burab qo`yilib, aylantiriladi, 
    aylanishlar soni minutiga 1000 marta bo`lishi kerak. Sentrifugalash 5 minut davom 
    etadi, shundan so`ng sentrifuga sekin-asta to`xtatiladi. Keyin yog` o`lchagichlar 
    o`ramalardan olinadi, ingichka qismidan tepaga ushlab, tiqin bilan ajralgan yog` 
    ustuni rostlanadi, bunda rezina tiqin ko`tariladi yoki sekin bo`shatilib yog` 
    naychada (trubkada) shkala bo`limlari bilan yonma-yon turishi kerak va ingichka 
    qismini tepaga qaratib harorati 65-70
    0
    S bo`lgan suv hammomiga joylanadi. 5 
    minutdan so`ng yog` o`lchagichlar chap qo`l bilan suvdan olinib, tezda sochiq 
    bilan artiladi, o`ng qo`l bilan esa rezinali tiqinni tepaga va pastga harakatlantirish 
    hisobiga yog` ustunining pastki chegarasini shkalaning qaysidir butun bo`lagiga 
    keltiriladi. Keyin tezda yog`ning pastki chegarasidan yog` chegarasi egilgan 
    meniskasi pastki nuqtasigacha bo`lgan bo`limlar hisoblanadi. Hisoblash yog` 
    o`lchagich shkalasini ko`z sathida ushlab amalga oshiriladi. Yog` o`lchagich 
    shkalasining bitta butun bo`lagi 100 ml sutda 1g yog`ga to`g`ri keladi, kichik 
    bo`lagi esa 0,1 g yog`ga to`g`ri keladi. 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish