|
Quruq moddalarni aniqlashning tezlashtirilgan usuliBog'liq portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmuaQuruq moddalarni aniqlashning tezlashtirilgan usuli
Bu usul mahsulotni V4 asbobida infraqizil nurlanish yordamida
suvsizlantirishga asoslangan. Bu usul sabzavotli tamaddi uchun mo`ljallangai
konservalar, quritilgan mevalar quruq moddalarini aniqlashda qo`llaniladi.
Konservalarning o`rtacha namunalarini qiymalagichdan o`tkaziladi va chinni
kosachada aralashtiriladi. Tayyorlangan namunani darhol og`zi zich yopiladigan
idishga solinadi. Shu idishdan tekshirishga namuna olishdan oldin, u yaxshilab
aralashtirilishi kerak.
Paketlar tayyorlash uchun o`lchami 20x14 mm li filtr qog`ozidan
foydalaniladi, qog`oz o`rtasidan buklanadi, so`ngra paketni uchta
burchagidan ichkariga 1,5 sm buklanadi. Paketning ichiga o`lchami 11x25 sm
li filtr qog`ozidan kichik paketga joylanadi. Quruq moddalar miqdorini
aniqlashdan oldin asbob 150-125°S gacha qizdiriladi va tayyorlangan paket 3
minut davomida qizdirilib, 2-3 minut eksikatorda sovutiladi. Tayyorlangan va
quritilgan paketga 5 g miqdorida namuna o`lchab solinadi va V4 asbobiga
qo`yiladi. Namuna solingan paketni 150-152°S da 5 minut davomida
quritiladi. Eksikatorda 5 minut sovutib, so`ngra o`lchanadi. Quruq
moddalarning ulushi (X) quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
;
100
1
2
1
М
М
М
М
х
%
Bunda, M - paketning og`irligi, g; M
1
- paketning namuna bilan
birgalikdagi quritishdan oldingi og`irligi, g; M
2
- paketning namuna bilan
birgalikdagi quritishdan keyingi og`irligi, g.
Eriydigan quruq moddalar og`irlik qismini refraktometr yordamida
aniqlash
Eruvchi
quruq
moddalarni
aniqlashning
refraktometrik
usuli
bazi
konservalarning quruq moddalarini aniqlashning standart usuli hisoblanadi va
bu usul mahsulotga standartlarda malum ko`rsatmalar bo`lganda qo`llaniladi.
Refraktometr yordamida tomat-pasta, tabiiy meva suvlari, sharbatlari, shinni va
turli xil meva konservalarining eruvchi quruq moddalar miqdori aniqlanadi.
Shuningdek, bu usul yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar va yarim tayyor
mahsulotdagi eruvchi quruq moddalar ulushini aniqlashda qo`llaniladi. Ishni
bajarishdan oldin asbobning aniqligi distillangan suvda tekshirib ko`riladi. Agar
refraktometrning shkalasi 1,23 raqamini ko`rsatsa demak, asbob ishlaydi.
Namunani tekshirishga kirishishdan oldin refraktometrning qopqog`i ochiladi,
prizmaga 1-2 tomchi tekshiriluvchi modda tomiziladi va yuqori prizma yopiladi
so`ngra, refraktometrning ko`rsatishi yozib olinadi, bunda tekshiriluvchi
moddaning harorati 20°S dan oshmasligi kerak. Moddaning harorati moddaning
quruq moddalari miqdoriga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`ladi. Agar moddaning
harorati 20°S dan farq qilsa, haroratga to`g`rilash maxsus jadvaldan foydalaniladi.
|
| |