156
Sutdagi yog`ning miqdori 3 dan 6 % gacha bo`lishi mumkin. O`rtacha sutda
3,2% atrofida yog` bor deb hisoblanadi.
Yog` sharchalari chegarasi atrofida uning suv bilan to`qnashadigan joyida
oqsil moddalari va letsitinning yuqori konsentratsiyali qatlami hosil bo`ladi. Bu
qatlam yog` parchalarining qobig`ini hosil qilib, ularning yopishishiga to`sqinlik
qiladi.
Sutdagi yog` miqdorini aniqlash uchun yog` parchalarining sutdagi boshqa
komponentlar bilan, asosan oqsil moddalari bilan bog`larni buzish kerak.
Buning uchun sut konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlanadi. Natijada
kazeinning sulfat kislota bilan jigar rangdagi eruvchan kompleks tuzi hosil buladi.
Barcha oqsillar kislotada bir xil tezlikda erimaganligi tufayli yog`ning ajralishini
tezlashtirish uchun yog` o`lchagichni (buterometr) qizdiriladi va silkitiladi.
Yog`ning to`liq va tez ajralishini ta`minlash uchun izoamil spirti ko`shiladi.
Keyinchalik,
sentrifugalashda
ajralgan
sut
yog`i
yog`
o`lchagichning
gaduirovkalangan qismida to`planadi.