O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Nazorat savollari: 
1. 
Go`shtning tarkibi. 
2. 
Molni so`yishga tayyorlashning ahamiyati 
3. 
Go`shtning asosiy sifat ko`rsatkichlari. 
4. 
Molni so`ygandan keyingi tadbirlar. 
5. 
Go`sht oziq-ovqat mahsulotlarining turlari. 
 
 
4-ISH.SUTNING KISLOTA SONINI ANIQLASH 
________________________________________________________ 
Asosiy tushuncha: Yuqori sifatli xom sutdan yuqori navli sut mahsulotlari 
ishlab chiqarish mumkin. Sifatli xom sut deb sutning qayta ishlashga 
layoqatliligini aniqlovchi kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va mikrobiologik 
ko`rsatkichlar majmuasiga aytiladi.
Qabul qilib olingan sutga ishlov beriladi. Sutga ishlov berish quyidagi 
jarayonlarni o`z ichiga oladi: qabul qilish, tozalash, issiqlik ishlov berish, sovutish, 
qadoqlash va ma`lum muddatda saqlash.
Sutni qabul qilishda standart talabiga javob beruvchi kimyoviy ko`rsatkichlari 
va miqdori hisobga olinadi. Sut tarkibidagi chiqindilardan tozalash maqsadida 
filtrlanadi. Tozalash uchun har xil filtrlardan foydalaniladi: paxtali filtr, disklar, 
doka, sintetik materiallar, metalli elak va boshqalar. Mikroorganizmlarning 
ko`payishini to`xtatish maqsadida tozalangan sut tezda sovutiladi. Kichik 
korxonalarda sutni sovutish uchun suvdan foydalaniladi. Keyingi paytda sutni 
sovutish uchun plastinkali sovutgichlar qo`llaniladi. Kislotaliligi 19-20
0
T bo`lgan 
sut ma`lum muddat (6 soat) saqlanishi mumkin. Bunday holda sutga issiqlik ishlov 


153 
beriladi. Sutga issiqlik ishlov berish 76
0
S haroratda 15-20 sekund davomida olib 
boriladi. Issiqlik ishlov berilgach, sut plastinkali sovutgich jihozida 4-6
0

haroratgacha tezda sovutiladi.
Sovutilgan va harorati 10
0
S dan oshmagan sut yirik sut ishlab chiqarish 
korxonalariga flyagalar yoki sisternalarda yuboriladi.
Sutni qabul qilishda Standart talablariga rioya qilinadi. “Sigir suti, sotib olish 
paytidagi talablar” standartiga ko`ra sut qabul qilib olinadi. Bu standart talabiga 
ko`ra sigir suti sog`lom sigirdan sog`ib olingan, sog`gandan so`ng 2 soat orasida 
2
0
S haroratgacha sovutilib filtrlangan bo`lishi kerak. Sutni qabul qilish vaqtida 
sutning harorati 10
0
S dan oshmagan bo`lishi lozim.
Tashqi ko`rinishi va konsistensiyasi jihatidan sut bir jinsli suyuqlik, rangi 
sarg`ishroq-oq, cho`kmasiz, zichligi 1027 kg/m
3
ga teng bo`lishi kerak.
Fizik-kimyoviy va mikrobiologik ko`rsatkichlariga qarab sut uch navga: oliy, 
birinchi va ikkinchi navlarga bo`linadi.
Sutning bu ko`rsatkichlari quyidagi 12.1-jadvalda keltirilgan.
Sutni qabul qilish vaqtida har bir partiyadan namuna olinadi va unga 
organoleptik jihatdan baho beriladi. Bundan tashqari sutning harorati, zichligi, 
tarkibidagi yog` miqdori va kislotaliligi aniqlanadi. Sutning kislotaligi 100 ml sutni 
fenolftalein ishtirokida 0,1 n ishqor(KOH yoki NaOH) eritmasi bilan 
neytrallanganda zarur bo`ladigan ishqorning millilitr miqdori bilan ifodalanadi. 
12.1-jadval 

Download 5,15 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish