O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Bug‘doy- boshoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar turkumi, eng muhim oziq- ovqat 
o‘simligi. Bug‘doy donidan, kraxmal spirt va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Makkajo‘xori- boshoqdoshlar oilasiga mansub, chetdan changlanuvchi bir yillik o‘simlik. 
Donida 60-65% kraxmal bor. Undan spirt kraxmal va yorma tayyorlanadi. 
Bijg‘ish sanoati korxonalarining tavsifi oxirgi mahsulotga qarab farqlanadi, shuningdek 
qayta ishlanayotgan xom ashyolar va ayniqsa mikroorganizm turlariga qarab ularning ferment 
sistemasiga va kimyoviy qayta ishlanishiga bog‘liq. Hamma farqlar va o‘zgarishlar texnologik 
jarayonlarning asosini tashkil etadi. 
Bijg‘ish maxsulotlari ishlab chiqarish korxonalari asosan 3 guruxga bo‘linadi. 
1. 
Achitqilarni qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish (etil spirt, glitserin, 
xamirturush, achitqi emi, sharob, pivo va kvas)
2. 
Bakteriyalarni qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish (organik erituvchilar – 
atseton va butil spirti, uksus, sut kislotasi, moy kislotasi, propion kislota).
3. 
Mog‘or zambrug‘larni qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish (limon, glyukon va 
fumar kislotalar).
Qand va bijg‘ish maxsulotlariga quyidagilar kiradi. 
1. 
Qandlar: saxaroza, glyukoza, fruktoza, glyukoza - fruktoza qiyomi.
2. 
Bijg‘ish maxsulotlarga:
a) 
sharob maxsulotlari (nordon, kuvvatlangan, desert va shampan sharoblari) 
b) 
pivo maxsulotlari. 
c) 
konyak, viski, rom maxsulotlari. 
d) 
likyor arok maxsulotlari. 
e) 
organik kislotalar (limon, sirka, sut kislotalari) va boshqalar. 
Bu maxsulotlarni ishlab chiqarishda asosan yuqorida keltirib o‘tilgan mahsulotlar (arpa, 
suli, tariq) va uglevodli boshqa xom ashyolar qo‘llaniladi. 
Bijg‘ish sanoatidagi jarayonlar mikroorganizmlarning xayotiy faoliyatiga asoslangan. 
Bijg‘ishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, muhitda modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan 
mahsulotlarni ajratib olishga qaratilgan. Bijg‘ish sanoatining xar yo‘nalishini texnologik sxemasi 
shunday tuzilganki olinadigan oxirgi mahsulotni sifati va miqdori yuqori darajada bo‘lishi kerak.
Bijg‘ish sanoatidagi har bir yo‘nalishidagi umumiy jarayonlar quyidagilardir: xom 
ashyoni bijg‘ishga tayyorlash, mikroorganizm shtamplarini tanlash ularga ishlov berish va 
bijg‘ish jarayonini to‘g‘ri va to‘liq olib borish. SHu bilan birga bijg‘ish sanoati mahsulot 
turlaridan kelib chiqqan holda, har bir jarayonlar o‘zaro farq qiladi va har xil bajariladi.
Tarkibida qand moddasi bor xom ashyoni ishlab chiqarishga tayyorlashda, masalan: etil 
spirti ishlab chiqarish sanoatidagi asosiy xom ashyolardan biri sanalgan melassani bijg‘ishga 
tayyorlashda, unga ishlov berishda, xom ashyo tarkibidagi zararli mikroflora ta’sirini susaytirish 
uchun antiseptik modda bilan ishlov beriladi va suv bilan yuviladi. Tarkibida kraxmal moddasi 
bor xom ashyoni tayyorlash murakkab jarayonlarga kiradi. Bunday xom ashyoni tayyorlashda 
kraxmalni qandlashtirish talab etiladi. Bu jarayon solod yoki zamburug‘ achitqilar yordamida 
bajariladi. Bijg‘ish uchun tayyorlangan eritma suslo deyiladi. Spirt va pivo ishlab chiqarish 
sanoatida bijg‘ish jarayonini hosil bo‘lishi va borishi uchun xamirturush, sut kislotasi ishlab 
chiqarishda nordon sut bakteriyalari, limon kislotasi ishlab chiqarishda zamburug‘ bakteriyalari 
ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra bijg‘ish sanoatining xom ashyolar quyidagi asosiy guruhlarga 
bo‘linadi.
 
 
 
 


112 
 
Bijg‘ish sanoatining xom ashyolarini klassifikatsiyasi 
Gurux 
Xom ashyo 
Bijg‘ish maxsulotlarining o‘rtacha 
tarkibi % 
Tarkibida qand moddasi bor xom 
ashyolar 
qand lavlagi 
melassa 
17-18 
45-50 
Tarkibida kraxmal moddasi bor 
xom ashyolar 
Kartoshka 
don ekinlari 
17-18 
47-50 
Tarkibida sellyuloza moddasi bor 
xom ashyolar 
Yog‘ochsozlik 
korxonalarining chiqindilari 
--- 
Bijg‘ish mahulotlari ishlab chiqarishda donlarning ahamiyati yuqori sanaladi. Bunga 
asosiy sabab donli ekinlarning kraxmalga boyligidir.
Don qabul qilish punktlarida va korxonalarida don qabul qilingandan so‘ng xar xil 
chiqindilardan tozalanadi. 
Don qabul qilish punktlarida chiqindilar ikki xil bo‘ladi: 
1. 
Donli chiqindi: bunga yarimta va zarrarlangan donlar, o‘sib chiqgan va 
mog‘orlagan va boshqalar sifati past donlar kiradi. 
2. 
Begona chiqindilar: qum, chang, tuproq, metal parchalari va boshqa yovvoyi 
o‘tlarning urug‘lari kiradi. 
Bijg‘ish mahsulotlari ishlab chiqarishda undirilgan donlardan foydalaniladi. 
Yaxshi tozalanmagan don undirilgan donning sifatini pasaytiradi va uskunani buzulishiga 
olib keladi. 
Quruq undirilgan arpa ishlab chiqarish uchun quyidagi: donni bo‘ktirish, undirish va 
quritish jarayonlari olib boriladi. Donni undirish uchun ketma – ket undirish yashiklaridan
barabanli va supasimon o‘stirgichlarda foydalanish mumkin 
Solod - bu sun’iy sharoitda undirib quritilgan dondir. Donni undirish jarayonida amlolitik, 
proteoletik va boshqa fermentlar hosil bo‘ladi. Bu fermentlar tarkibida kraxmali bor xom 
ashyodan etil spirti, pivo va nonli kvas ishlab chiqarishda shira tortish, don tarkibidagi oqsil va 
boshqa moddalarni parchalash uchun xizmat qiladi.
Undirilgan donni turli xil donli o‘simliklardan olish mumkin. Ishlab chiqarilgan 
maxsulotning turiga qarab undirilgan don va don aralashmasi tanlanadi. Pivo ishlab chiqarishda 
faqat arpadan olingan solod, spirt ishlab chiqarishda esa arpa, suli va tariq donidan tayyorlangan 
undirilgan donlarning aralashmasidan, nonli kvas ishlab chiqarishda javdari bug‘doy va arpadan 
tayyorlangan undirilgan dondan keng foydalaniladi.
Undirilgan don ishlab chiqarish uchun har xil xas cho‘plardan tozalanib, bo‘ktiriladi va 
undiriladi. Undirish jarayonida hosil bo‘lgan mahsulot ko‘k undirilgan don (zelyonыy solod) 
deyiladi. Spirt ishlab chiqarish sanoatida ko‘k undirilgan don maydalanib suv bilan 
aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmani undirilgan don suti (solodovoy moloko) deyiladi va 
kraxmalni shira torttirish uchun ishlatiladi. 
Spirt ishlab chiqarish korxonalarida undirilgan don quritilmasdan unib chiqan davrda 
(zeleney solod) ishlab chiqarish jarayoniga yuboriladi. Pivo ishlab chiqarish korxonalarida esa 
undirilgan arpa quruq holatda ishlatiladi. Bunda unib chiqqan arpa maxsus quritish uskunalarida 
quritilib, nishlardan tozalanib, ma’lum muddat saqlangach ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. 
Undirilgan arpani quritish jarayonida rang beruvchi va hid beruvchi moddalar hosil bo‘ladi. 
Quritilgan undirilgan arpani uzoq muddat saqlash mumkin. Nonli kvas ishlab chiqarishda quruq 
undirilgan javdari bug‘doy va fermentlanmagan undirilgan don ishlatiladi. Fermentlangan 
undirilgan don tarkibida amilolitik fermentlar deyarli yo‘q, sababi fermentatsiyalash jarayonida 
ular parchalanib ketadi. Nonli – kvas ishlab chiqarishda javdari bug‘doy uni bilan fermentlangan 
undirilgan don kvas sharbatini asosiy xom ashyosi hisoblanadi, fermentlanmagan undirilgan 
javdari bug‘doy va och rangli undirilgan arpa esa ferment manbai sifatida ishlatiladi. 


113 

Download 5,15 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish