O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Oltinchi bosqich – maxsulotni saqlash va sotuv rastalariga jo‘natish jarayonlarini qamrab 
oladi. Pechkada pishib chiqayotnon lentali transporterlar orqali sirkulatsion stollarga uzatiladi, u 
erdan nonlar yog‘ochli lotoklarga taxlanadiyu. Bu lotoklar xarakatlanadigan va gonekalarga 
joylanadi, vagonetkalardagi non maxsulotlari savdo tarmoqlariga jo‘natilguncha non saqlovchi 
omborlarda saqlanadi. Non maxsulotlarini taxlash, saqlash va jo‘natish ishlariga qo‘yiladigan 
talablar standart me’yorlarda balgilangan. 
Ishlab chiqarilgan non maxsulotlarini korxonada saqlash muddati belgilanadi, bunda nonni 
yangiligini saqlash muxim axaimyatga ega. Saqlash muddati pechkadan chiqishidan boshlab to 
“Issiq non” do‘konlariga jo‘natguncha davom etadi. Korxonada yoki do‘konda saqlanish 
muddati o‘tib ketgan non maxsulotlari brak hisoblanadi va talqon, suxari uni kabi maxsulotlar 
olish uchun qayta ishlanadi. 
Pishib chiqqan issiq nonlar sovishi natijasida vaznini yo‘qotishi (usushka kuzatiladi, ya’ni 
maxsulot namligining bir qismi bug‘lanib vaznini kamayishiga olib keladi. Vaznini yo‘qotilishi 
issiq non bilan sovigan non og‘irliklari orasidagi farq orqali aniqlanadi. Bu jarayon mahsulot 
namligi bilan atrof muxitdagi havoning nisbiy namligi muvozanatlashgunga qadar davom etadi. 
Maxsulot turi saqlanish muddati va sharoitiga qarab, non maxsulotlarida og‘irlikning kamayishi 
1-3% ni tashkil qiladi. 
Saqlash davomida nonni ustki qismini qotib qolish holati yuzaga keladi. Pishgandan so‘ng 
bir necha soat o‘tgandan keyin nonning ustki qismlari qattiq, uqalanuvchi holatdan yumshoq 
elastik holatga o‘tadi. Non mag‘izining eziluvchanligi kamayadi, ushoqlanuvchanlik ortadi. Non 
maxsulotlari 0-25
0
C xaroratda saqlanayotgan bu jarayon intensiv kechadi. Xaroratni 7
0
C ga 
tushursak bu jarayonni sekinlashadi. Non maxsulotlarining yangiligini saqlab turish muxim 
axamiyatga ega. Non ishlab chiqarish korxonalari kecha – kunduz uzluksiz ishlaganligi tufayli 


105 
kechki smenada tayyor bo‘lgan non maxsulotlari 10-12 soatdan keyin xaridorlarga etib boradi. 
Shuning uchun ularni yangiligini saqlash uchun polietilin paketlarga qadoqlash xozirgi kunda 
keng amalaga oshirilmoqda. 
Polietelin paket nonning yangiligini, ta’mi, xushbo‘yligi va yumshoqligini 2-3 sutka 
davomida yaxshi saqlanishiga yordam beradi. Non mahsulotlarini qadoqlovchi materiallar 
ma’lum mustaxkamlikka ega, inart, maxsulotlarga nisbatan zararsiz bo‘lishi kerak. 

Download 5,15 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish