O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

 
Takrorlash uchun savollar 
1.Non maxsulotlarining turi. 
2.Non maxsulotlari tayyorlashdagi asosiy xom ashyolar tavsifi. 
3.Non maxsulotlari tayyorlashdagi qo‘shimcha xom ashyolar tavsifi 
4.Non maxsulotlari ishlab chiqarishdagi tuxnologik jarayonlar ketma-ketligi. 
5.Xamir tayyorlash jarayonining izoxi. 
6.Pishirish davomida kechadigan jarayonlarning qisqacha tavsifi. 
7.Non maxsulotlarini saqlash va sotuvga jo‘natish jarayonlariga izox bering.
 
 
14-MA’RUZA. MAKARON MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH 
TEXNOLOGIYASI. 
Reja: Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy ma’lumot. Makaron 
mahsulotlarini assortimenti va sifat ko‘rsatkichlari. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishda 
qo‘llaniladigan asosiy va qo‘shimcha xom ashyolar tasnifi. Makaron mahsulotlarini ishlab 
chiqarishdagi asosiy jarayonlar. Unli kandolat mahxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi 
Makaron mahsulotlarini qadim-qadim zamonlardan boshlab ishlab chiqarilgan: dastlab 
tekis ugra ko‘rinishida, keyinchalik esa trubkasimon makaronlar ko‘rinishida. Ugra 
tayyorlashning birinchi ta’rifini yangi eramizning birinchi o‘n yilligida tuzilgan, rimlik ovqat 
shinavandasi Anichoning kulinariya bo‘yicha traktatida uchratish mumkin. Italiyada makarondan 
taomlar tayyorlanishning xujjatli eslatmasi XII asr boshlariga to‘g‘ri keladi. 
XIV asr o‘rtalarigacha makaron mahsulotlarini uy sharoitlarida tayyorlangan. 
Sodda texnikalar bilan makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari birinchi bo‘lib, 
XIV asrning oxirlarida Italiyada qurilgan. Makaron va vermishellarni vintlangan yog‘ochli 
presslarda presslangan, sexlarning ishchi imoratiga o‘rnatilgan stellajlardagi ramkalarda 
quritilgan. 
Makaron sanoatida keyingi katta bosqich bu to‘xtovsiz ishlaydigan quritgichlarni tadbiq 
qilish bo‘ldi va ular asosida shneklangan presslar birligida mexanizatsiyalashtirilgan liniyalar 
paydo bo‘ldi: 1945-1948 yillarda kalta mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Braybanti ” 
firmasining (Italiya) birinchi liniyalari, 50-yillarning boshlarida uzun mahsulotlar ishlab 
chiqarish uchun “Byuler” firmasining (Shveysariya) birinchi liniyalari. Makaron sanoatining 
hozirgi vaqtgacha davom etayotgan keyingi rivojlanishi xamir qorish va shaklga keltirish, 
makaron mahsulotlarini quritishining texnika va texnologiyalarini zamonaviylashtirish yo‘lidan 
bormoqda va mahsulotlar assortimentini (navlarini) kengaytirmokda. Shu ma’nosida xamirga 
vakuumli ishlov berish, teflon qo‘shimchali matritsalarning qo‘llanilishi, quritishning yuqori 
temperaturali rejimidan foydalanishi, tez pishadigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik 
usullaridan foydalanishni alohida ta’kidlash lozim. 
Hozirgi vaqtda makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste’mol qilish va eksport qilish 
bo‘yicha Italiya birinchi o‘rinda turadi: oxirgi o‘n yillikda Italiyada makaron mahsulotlarini 
ishlab chiqarish o‘rtacha yil hisobi 1800 da 2500 ming tonnagacha o‘zgarib turadi. 
Makaron maxsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha AQSH ikkinchi o‘rinda turadi: bir 
yilda 1300-1800 ming tonna. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan 
uskunalarga kelsak, bu erda xam Italiya oldingi o‘rinda turadi. Ikkita qadimiy italyan firmalari: 


106 
“Braybanti” va “Pavon” – uzun, kalta va uya ko‘rinishidagi makaron mahsulotlarini ishlab 
chiqarish bo‘yicha eng zamonaviylashtirilgan liniyalar chiqaradi, ulardan dunyoning deyarli 
hamma mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. Ularga faqatgina shveysar “Byuler” firmasining 
liniyalari raqobatbardoshdir. 

Download 5,15 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish