|
O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universitetiBog'liq portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmuaTuxum maxsulotlari. Tuxum juda to‘yimli, baquvvat masalliq bo‘lib, tarkibida oqsillar,
yog‘lar, mineral va boshqa moddalar bor. Tuxum o‘z xossalari bilan mahsulotlarning ta’mini
hushxo‘r qilib, ularni g‘alvirak, beg‘ubor hilga keltiradi. Tuxum oqsili biriktiruvchi hossalarga
ega bo‘lib, yaxshi ko‘pik hosil qiladi, shirani ushlab turadi.
Solod va solod preparatlari. Solod sun’iy sharoitlarda ma’lum harorat va namlikda
undirilgan don. Donni sun’iy usulda undirish jarayoni solod etishtirish deyiladi. Undirib olingan
maxsulot YAngi solod deyiladi va u keyinchalik quritiladi xamda quruq solodga aylantiriladi.
Solod tayyorlash uchun asosan, arpa va javdar doni ishlatiladi.
Javdar donidan quritilgan fermentlashtirilgan (qizil) va fermentlashtirilmagan (oq) javdar
solodi, arpadan esa pivo tayyorlanadigan oq va qora, karamellashtirilgan va kuydirilgan arpa
solodi tayyorlanadi. Novvoylikda esa asosan fermentlashtirilgan (qizil) va fermentlashtirilmagan
(oq) javdar solodidan foydalanadi.
Kraxmal va ozuqa maxsulotlari. Kraxmal-o‘simliklarning urug‘ida, dukkaklarda yoki
ildizlarida to‘planadigan asosiy zaxira moddadir. Kimyoviy tarkibi jixatdan kraxmal polisaxrid
bo‘lib, uning tuzilishi asosini glyukoza qoldiqlari tashlil etadi. SHuning uchun kraxmal
gidrolizlangan glyukozagacha parchalanadi va organizm tomonidan deyarli to‘liq o‘zlashtiriladi.
Insonning kraxmalga bo‘lgan sutkalik extiyojlari 400-500g. Kraxmalning oziq-ovqat bilan
bunday miqdorda organizmga tushishi insonning energiyaga bo‘lgan talabining yarmini
qondiradi.
Ozuqaviy yog‘lar va moylar. O‘simlik moyi va hayvon to‘qimalaridan olinadigan
yog‘lar, odatda, kimyoviy toza bo‘lmaydi. Ular juda murakkab tartibli aralashma bo‘lib, yog‘lar
ularda asosiy qismini boshqa komponentlar esa yog‘lar aralashmasi yoki yog‘simon moddalar
yig‘indisi deyiladi.
O‘simliklar lipidlar, asosan, mevalar va urug‘larda to‘planadi. Xayvonlar, baliqlarda
yog‘lar juda muhim organlarni o‘rab turgan vat eri osti to‘qimalarida to‘planadi. Qaysi xom
ashyodan olinishiga qarab yog‘lar o‘simlik, xayvon va kombinatsiyalangan, konsistansiyasiga
qarab suyuq bo‘ladi. Kombinatsiyalangan yog‘lar deb xayvon, o‘simlik va gidratlangan yog‘larni
aralashtirib olingan yog‘larga aytiladi. Bu margarin, pazandachilik va maxsus yog‘lardir.
Non va non maxsulatlarina ishlab chiqarish quyidagi asosiy olti bosqichdan iborat:
1. Xom ashyoni qabul qilish va saqlash;
2. Xom ashyoni ishga tushirishga tayyorlash;
3. Xamir tayyorlash;
103
4. Xamirni bo‘lish;
5. Pishirish;
6. Pishirilgan maxsulotni saqlash va sotuvga jo‘natish;
|
| |