99
bo‘lmaydi. Nonni xazm bo‘lishiga uning g‘ovakligi, ta’mi, tashqi ko‘rinishi, uning navi va
boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Qanchalik uning navi yuqori bo‘lsa, shunchalik uning oziqa
moddalari ayniqsa oqsili yaxshiroq xazm bo‘ladi. 1 kg nonda 70-80g oqsil mavjud bo‘lib, u
insonning oqsilga bo‘lgan extiyojini taxminan 30% ni qoplaydi. Nonda mineral moddalarning
umumiy miqdori 1-2 % ni tashkil qiladi. Uning navi qanchalik past bo‘lsa, nonida shunchalik
mineral moddalarning miqdori ko‘p bo‘ladi. Vitaminlar xam jaydari unlarda oliy Navli unga
qaraganda ko‘p uchraydi. Masalan, javdar va bug‘doydan olingpn jaydari undan tayyolangan
nonning 550g miqdori inson organizmi rr vitaminiga bo‘lgan extiyojni to‘liq, V1 vitamini 2.3
qismini, V2 vitamini 1.6 qismini qondiradi.
Non va bulka maxsulotlari organoleptik (tashqi ko‘rinishi, ta’mi, xidi, mag‘iz holati) va
fizik-kimyoviy (namlik, kislotalik, g‘ovaklik, yog‘ va shakarning miqdori) sifat ko‘rsatkichlari
birinchi darajali hisoblanadi, chunki maxsulot organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha sifatsiz deb
topilsa, maxsulot brak (yaroqsiz) hisoblanadi va keyingi analizlar o‘tkazilmaydi.