• Mag‘izni maydalash jarayoni
  • O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/123
    Sana12.12.2023
    Hajmi5,15 Mb.
    #116621
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   123
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

    Oqlash mahsulotlarini saralash muhimdir, chunki donlarni oqlash davomida turli 
    mahsulotlarning aralashmasi hosil bo‘ladi, ularni shartli ravishda 5 ta fraksiyaga ajratish 
    mumkin. Oqlangan don yoki mag‘iz-asosiy fraksiyani, oqlanmagan ya’ni qobiqlari ajralmagan 
    don ikkinchi fraksiyani, ajralib chiqqan qobiqlar (luzga) uchinchi fraksiya, oqlash jarayonida 
    maydalanib ketgan don-turtinchi fraksiyani tashkil etadi. Ayrim mag‘iz va qobiqlar juda 
    maydalanib un holiga (muchka) kelib qoladi, ular-beshinchi fraksiyani tashkil etadi. 
    Bu fraksiyalarni bir-biridan ajratish uchun maxsus uskunalar ishlatiladi. Maydalangan 
    mag‘iz va muchka kichik o‘lchamlarga ega bo‘lganligi tufayli mahsus elovchi uskunalarda elab 
    olinadi. Qobiqlar (luzga) engil uchuvchan bo‘lganligidan aspiratorlarda xavo yordamida ajratib 
    olinadi. Aralashmada kolgan oklangan va oqlanmagan donlarni bir-biridan ajratish murakkab 
    jarayon hisoblanadi. Oqlangan donlarni oqlanmaganlardan nisbatan kichik o‘lchamga, katta 
    zichlikka, dumaloqroq shaklga, kichik mustahkamlikka va katta ishqalanish koeffitsientiga 
    egaligi bilan farqlanadi. Ularni ajratishda ana shu fizik hususiyatlaridagi farqlardan 
    foydalaniladi. Buning uchun mahsus rassevlar, yorma saralovchilar, trierlar, paddi-mashina, 
    yorma ajratuvchi BKO va boshqalar qo‘llaniladi. 
    Mag‘izni maydalash jarayoni ayrim turdagi yormalarni ishlab chiqarishda 
    qo‘llaniladi. Arpa, bug‘doy, makkajo‘xori va boshqa donlardan mayda holatdagi yormalarni 
    olishda valli dastgohlar va barabanli uskunalardan foydalaniladi. Mag‘izni maydalash va bo‘lish 
    natijasida ma’lum o‘lchamga ega zarrachalar va kam miqdorda muchka hosil bo‘lishi kerak. 
    Oqlangan don (grechka mag‘zidan tashqari) hali tayyor yorma mahsuloti 
    hisoblanmaydi. Oqlangan mag‘iz sayqallanib, silliqlangandan keyin yormaga aylanadi, ya’ni 
    dondan qolgan qobiqlar, qisman aleyron qatlam va murtagi ajratiladi. Sayqallash yormani tashqi 
    ko‘rinishini yaxshilaydi, misol uchun guruch sayqallangandan so‘ng oppoq bo‘ladi. 
    Sayqallanmagan yorma tez pishadi. 
    Sayqallash jarayoni mag‘izning tashqi qismlarini obraziv yoki boshqa g‘adir-budir 
    yuzaga intensiv ishqalanishi natijasida kechadi. Yormalarni sayqallash uchun A1-ZSHN-3 
    oqlovchi- sayqallovchi uskuna, valsedekali dastgox, RS-125 oqlovchi postav va A1-BSHM 
    oqlovchi uskunalar qo‘llaniladi. 
    Yormalarni sayqallash bilan birga silliqlash jarayoni xam amalga oshiriladi. Silliqlash 
    asosan yormalarni tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi. Silliqlash jarayonida mag‘iz ustidagi 
    oqlashdan keyin qolgan muchka va tirnalgan joylar yo‘qotiladi xamda yorma yana ham 
    tiniqlashib yaltiroq tus oladi. Silliqlashda xam sayqallash jarayonida qo‘llanilgan uskunalar 
    ishlatiladi, faqat nisbatan mayda bo‘lgan abraziv material tanlab olinadi. 
    Yormalarni yirikligi (rakami) bo‘yicha saralash va maxsulotni nazorat qilish yorma 
    ishlab chiqarishdagi yakunlovchi bosqich sanaladi. YOrma ishlab chiqarish korxonalaridagi 
    hamma turdagi yorma mahsulotlari saralovchi sifatini nazorat qiluvchi uskunalardan o‘tkazilishi 
    lozim. Saralash davomida butun mag‘iz maydalangan qismlaridan ajratib olinadi. Maydalangan 
    mag‘izni fraksiyalarga raqamlar bo‘yicha saralanadi. Yormaning raqami uni yirikligini 
    tavsiyalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. 
    Yormalarni nazorat qilish uchun quyidagi jarayonlar qo‘llaniladi: 
    -xar bir ko‘rinishdagi yormalarni belgilangan o‘ziga mos elaklarda elash; 
    - butun yormalarni ajratib olish uchun trierlarda saralash; 
    - yorma ajratuvchi uskunalarda oqlanmagan va sifatsiz yormalarni nazorat qilish; 
    - qolgan qobiqlarni ajratish uchun aspiratsion uskunalardan o‘tkazish; 
    -magnit uskunalarda yormalarni nazorat qilish. 
    Ishlab chiqarilgan yormalarning sifati va navlari yorma maxsulotlari uchun belgilangan 
    standart me’yorlar bo‘yicha aniqlanadi. 
    Omixta em-bu chorva va parrandalarni to‘liq oziqlanishini ta’minlaydigan, ilmiy 
    asoslangan retseptlar bo‘yicha ishlab chiqilgan turli oziqa moddalarini ma’lum yiriklikkacha 


    94 
    maydalangan, tozalangan bir xil tarkibli murakkab aralashmasidir. Omixta em xayvon va 
    parrandalarning fiziologik holatiga qarab turli oziqaviylik qiymatlarda ishlab chiqariladi. Bunda 
    xayvonning turi, yog‘i va maxsuldorlik darajasi hisobga olinadi. 
    Omixta em mahsus omixta em ishlab chiqarish korxonalarining sexlarida tayyorlanadi. 
    Omixta em sanoati xalq xo‘jaligida muhim vazifani- o‘sib borayotgan aholini oziqa 
    maxsulotlariga bo‘lgan extiyojini qondirish uchun chorvachilik va parrandachilikni 
    maxsuldorligini oshirish vazifasini bajaradi. U chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarini 
    yuqori oziqaviy qiymatga ega bo‘lgan, hamma zarur moddalar (oqsil, uglevodlar, yog‘lar, 
    mineral elementlar va vitaminlar) tutgan em maxsulotlari bilan ta’minlashi kerak. 
    Respublikamiz don maxsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘i korxonalarida yillik ishlab 
    chiqarish quvvati 3,0 million tonnadan yuqori bo‘lgan 36 dan ortiq omixta-em zavodlari faoliyat 
    yurgazmoqda. Ular barcha turdagi xayvonlar, parranda va baliqlarni yoshiga mos holda tula 
    ratsionli omixta-em bilan ta’minlashga qodirdir. Omixta-em zavodlari barcha turdagi 
    iste’molchilarni, ayniqsa sanoat asosidagi chorvachilik va parrandachilikni sifatli em bilan 
    uzluksiz ta’minlash uchun respublikamizning barcha regionlariga joylashtirilgan. 
    Omixta-em ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida don va uning chiqindi maxsulotlari 
    (kepak) asosiy o‘rinni egallaydi. 
    Omixta-em tarmoqlarining asosiy ish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: ishlab 
    chiqarishni takomillashtirish, ishlab chiqariladigan omixta emlar assortimentini kengaytirish va 
    sifatini oshirish xamda ozuqaviyligi jixatidan yuqori bo‘lgan maxsulotlar ishlab chiqarishga 
    erishish. 
    Omixta-em ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida respublikamizda yiliga 40 
    ming tonnaga yakin maxsulotlar chiqaradigan vitamin-ut uni liniyasi barpo etildi. Vitamin ut 
    unining qishloq xo‘jalik xayvonlari va parrandalari ratsioniga kiritilishi faqatgina emni boyitib 
    qolmasdan balki uning ozuqaviylik qimmatini oshiradi, bir vaqtning o‘zida u maxalliy xom 
    ashyo bo‘lib xizmat qiladi. 
    Omixta-em ishlab chiqarishda izlanishlarni davom ettirish va qishloq xo‘jaligi ishlab 
    chiqarishining noan’anaviy resurslari: “Nou Xou” texnologiyasi bo‘yicha olingan oqsil 
    konsentrati, tut ipak qurti gumbaklari, oziq-ovqat va konserva sanoati chiqindilari (olma va 
    pomidor turpi, quruq barda) ni jalb etish lozim. 
    Xozirgi kunda Vengriyaning “IKR Babolna” firmasi bilan birgalikda Markaziy Osiyoda 
    yagona bo‘lgan O‘zbek-Venger “Makka IKR Babolna” qo‘shma korxonasi ochildi va ishga 
    tushirildi. Qo‘shma korxona asosiy vitamin va mikroelementlar manbai xamda chorvachilik va 
    parrandachilik taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan premikslar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
    bo‘lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 10 ming tonnani tashkil etadi. 
    Muynoq qo‘ng‘irot va Shumanou tumanlarida omixta-em va xom ashyolar tashishdagi 
    transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida “O‘zdonmaxsulot” DAK karoriga muvofik 
    sutkalik ishlab chiqarish quvvati 30-50 tonna bo‘lgan kichik omuxta-em zavodlarini qurish 
    rejalashtirildi. Bunda xam sarf-xarajat qilgan holda qo‘ng‘irot va To‘rtqul un zavodlarining 
    qurituvchi-tozalovchi minoralarini rekonstruksiya qilish orqali erishildi. 
    Surxondaryo viloyati SHo‘rchi shaxrida viloyatning barcha chorvachilik, baliqchilik va 
    parrandachilik soxalarini ta’minlashga qodir, sutkalik ishlab chiqarish quvvati 50 tonna bo‘lgan 
    omuxta-em kompleksi ishlab turibdi.
    Omixta em sanoati 100 dan ortiq turli xil xom ashyolarni qayta ishlaydi. Omixta – em, 
    oqsil vitaminli qo‘shimchalar, premiks, karbomid konsentratlari ishlab chiqarishda turli xil xom 
    ashyolar, komponentlar, qo‘shilmalar, shuningdek biologik aktiv moddalardan foydalaniladi. 
    Omixta-em ishlab chiqarishda xom ashyolarning quyidagi asosiy turlari mavjud. 
    Don omixta emning asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Omixta-em tarkibida donning 
    ulushi 65-70% gacha boradi. Donlar xususiyatiga ko‘ra uch guruxga bo‘linadi: boshoqli 
    donlar, dukkakli donlar va moyli donlar. 
    Boshoqli donlarga bug‘doy, arpa, javdar, suli, jo‘xori, makkajo‘xori tariq va boshqalar 
    kiradi. Bu turli donlar tarkibida ko‘p miqdorda uglevod (kraxmal) va oz miqdorda oqsil mavjud 


    95 
    bo‘ladi. Boshoqli donlar V gurux vitaminlariga boy hisoblanadi. Boshoqli donlar maydalangan 
    holida, ba’zan butunligicha (parrandalar uchun) ishlatiladi. 
    Omixta-em ishlab chiqarishda mazkur donlarni qayta ishlash chiqindilaridan xam 
    foydalaniladi. Don chiqindilariga donli aralashmalar va kepak kiradi. Donli aralashma va kepak 
    to‘yimliligi jihatidan past tursada, ammo vitaminlar va minerallarga boyligi bilan dondan yuqori 
    turadi. 
    Dukkakli donlarga no‘xat, soya, lyupin va boshqalar kiradi. Bu donlar oqsilga (protein) 
    boyligi bilan ajralib turadi. Omixta-em ishlab-chiqarishda dukkakli donlardan mahsulotni oqsilga 
    boyitish maqsadida foydalaniladi. 
    Moyli donlarga kungaboqar, paxta, zig‘ir va boshqalar kiradi. 
    Ular omixta-emga yaxlit holida qo‘shilmaydi, balki yog‘-moy sanoati chiqindilari-
    kunjara va shrot holida ishlatiladi. 
    Moyli ekin donlari yog‘ va oqsilga boy hisoblanadi. SHu bilan birga ba’zi turlarida 
    zaxarli moddalar (gossipol, sinil kislotasi) ham mavjud. Omixta-em tarkibida bu moddalar 
    miqdori belgilangan ko‘rsatkichdan ortib ketmasligi kerak. 
    O‘t uni omixta emning qimmatli xom ashyosi hisoblanadi. O‘t uni o‘rib quritilgan o‘tni 
    maydalash orqali hosil qilinadi. O‘t uni oqsil, karotin, A va boshqa vitaminlarga boy mahsulot 
    hisoblanadi. 
    Omixta-em ishlab-chiqarishda oziq-ovqat qand, kraxmal, patoka, spirt va pivo sanoati 
    chiqindilaridan keng foydalaniladi. Qand sanoati chiqindisiga qand lavlagi turpi (jom) va 
    ozuqaviy patoka (melassa) kiradi. Quritilgan lavlagi turpi tarkibida ko‘p miqdorda uglevod 
    mavjud bo‘lib, kavsh qaytaruvchi xayvonlar uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Melassa suyuq 
    ko‘rinishga ega, uning tarkibida 50 % gacha eruvchan uglevodlar mavjud. Melassa xayvonlar 
    organizmida juda yaxshi xazm bo‘ladi. 
    Spirt va pivo chiqindilariga maydalangan don qoldiqlari va quritilgan barda kiradi. Bu 
    maxsulotlar to‘yimliligi jihatidan donga yaqin turadi. 
    Xayvon mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalarga baliq uni, guxt uni, suyak uni, qon va 
    quritilgan suyak misol bo‘la oladi. Bular xayvon oqsiliga boy qimmatli maxsulot hisoblanadi. 
    Omixta-em tarkibiga yuqori energiya manbai bo‘lgan xayvon yog‘lari ham oz miqdorda 
    qo‘shiladi (odatda 2-5%). 
    Omixta-emlarni minerallar bilan boyitish maqsadida ko‘pgina moddalar-bo‘r, fosfatlar, 
    osh tuzi va boshqalardan foydalaniladi. Shuningdek em tarkibiga xilma xil biologik faol 
    moddalar qo‘shiladi. Ularga vitaminlar, mikroelementlar, antibiotiklar va boshqalar kiradi. Bu 
    moddalar xayvonlar sog‘ligi uchun muhim hisoblanadi. Biologik faol moddalarni quyidagi 
    guruxlarga bo‘lish mumkin: 

    ozuqaviy va boshqa antibiotiklar; 

    vitaminli preparatlar; 

    mikroelementlar (temir, mis, oltingugurt, kobalt, marganets, yod va boshqalar); 

    aminokislotalar (lizin, metioniy); 

    antioksidantlar (santoxin, diludin, butiloksitoluol-BTO); 

    tinchlantiruvchi moddalar-tranivilizatorlar; 

    organik kislotalar (sut, propion va boshqalar); 

    dorivor preparatlar va boshqalar. 
    Omixta-em ishlab chiqarishda mazkur xom ashyolar bilan cheklanib bo‘lmaydi, balki 
    emning qimmatliligini oshirishning samarali manbaalarini izlab topish lozim. Em tarkibidagi 
    donning ulushini kamaytirish va boshqa turdagi mahsulotlar bilan boyitish muhim vazifalardan 
    biridir. 
    Barcha omixta-em korxonalari MDX davlatlari mashinasozlik zavodlarida tayyorlangan 
    zamonaviy texnologik uskunalar bilan ta’minlangan. 
    Omixta-em, oqsil vitaminli qo‘shimchalar, premiks, korbamid konsentratlari ishlab-
    chiqarish bir qancha murakkab texnologik jarayonlarda amalga oshiriladi. Bu jarayonlar 
    tayyorlanadigan mahsulot va mahsulotni tayyorlashda kerak bo‘ladigan xom ashyoni turiga 


    96 
    bog‘lik holda bir marotabali yoki bir qancha texnologik liniyalarni o‘z ichiga olgan ko‘p 
    marotabali bo‘lishi mumkin. Omixta-em ishlab-chiqarishda quyidagi asosiy texnologik 
    jarayonlar bajariladi: 

    xom ashyoni qabul qilish va saqlash uchun joylashtirish: bunga keltirilgan 
    yuklarni tushirish, idishlarga joylash, yuklarni tagliklarga joylashtirish, shtabellarni 
    shakllantirish, bo‘shagan idishlarni joylash, shuningdek maxsulotni sifati, turiga va ishlatilish 
    maqsadiga ko‘ra omborlarga, bunkerlarga, bo‘limlarga va siloslarga joylashtirish ishlari kiradi; 

    keltirilgan xom ashyo partiyasidan namuna ajratib olish va belgilangan 
    ko‘rsatkichlar bo‘yicha sifatini tekshirish (ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi bo‘yicha); 

    xujjatlarni rostlashtirish va xom ashyoni ishlab chiqarishga uzatish; 

    separatordan o‘tkazish-xom ashyoni begona va favkulodda tushib qolgan 
    aralashmalardan tozalash, elash, metall aralashmalarni ajratib olish, xom ashyoni keyingi qayta 
    ishlashlar uchun fraksiyalarga bo‘lish, maydalangan mahsulotlar, tayyor sochiluvchan omixta-
    emlarning elanganlik sifatini nazorat qilish; 

    xom ashyoni bolg‘ali maydalagich, maydalagich, kunjara maydalagich, 
    dezintegrator, juvozlar, tishli, shtifli va boshqa zarbali-oshiruvchi mashinalar yordamida 
    maydalash; ayrim hollarda juda xam kichik xajmda maydalovchi maxsus mashinalardan 
    foydalaniladi (tuz, mikroelementlarni maydalash uchun); 

    maxsus dozatorlar yordamida dozalash; aralashtirish-quruq komponentlar o‘zaro 
    yoki suyuq komponentlar bilan aralashtiriladi. Aralashtirish vertikal, gorizontal, diskret, tez yoki 
    sekin, shuningdek uzluksiz xarakatlanuvchi aralashtirgichlar yordamida amalga oshiriladi; 

    quritish va sovitish – bunda tayyor mahsulotlar, tuz, maydalangan maxsulotlar
    melassa briket va qumoloqlangan mahsulotlar quritiladi va sovitiladi; ayrim hollarda donlar ham; 

    qumoloqlash va briketlash, ya’ni tayyor maxsulotni yuzaga keltirish; 

    po‘stli donlarni ajratish-suli, arpa; 

    suyuq komponentlarni kiritish - melassa, gidrol, yog, o‘simlik moyi, baliq yog‘i, 
    gidrolizat, melassa va karbamid eritmalar, tuz va suv; 

    aloxida mahsulotlarga nam – issiqlik va issiqlik bilan ishlov berish 

    pishirish, briketlash, quruq briketlash, mikronizatsiya va boshqalar;

    tayyor maxsulotni qadoqlash; 

    joylashtirish, saqlash va tayyorlash mahsulotni iste’molga chiqarish; 

    mahsulot sifatini davlat standarti ko‘rsatkichlariga muvofiq nazorat qilish; 

    tayyor maxsulotni sifati, ko‘rsatkichlarining shakllanishi, tannarxi va iste’molga 
    yaroqliligi yuqorida izohlab o‘tilgan jarayonlarning qay darajada bajarilishi bilan ifodalanadi. 
    Shuningdek texnologik jarayonlar o‘tishining ob’ektiv konuniyligi, uning qulay 
    rejimlari, jarayonlarning kechishida turli omillarning ta’siri va umumiy texnologik samaradorligi 
    nazarda tutilishi kerak. 


    97 
    Omixta-em korxonasiga kelib tushayotgan xom ashyolar tarkibida favkulodda tushib 
    qolgan aralashmalar mavjud bo‘lishi mumkin. Ulardan don tozalab olish uchun separatorlar, 
    rassevlar va aspiratsion kolonkalar qo‘llaniladi. Bundan tashqari omixta-em tarkibida 
    metallomagnit aralashmalarning miqdori belgilangan me’yorda ortib ketsa, omixta-emni 
    yaroqsiz holatga, jonivorlarni og‘ir kasallanishiga olib kelishi mumkin. Ularni ajratib olish uchun 
    xuddi un-yorma korxonalaridagi kabi magnit to‘siqlar o‘rnatiladi. 
    Arpa va suli donlarini gul qobiqlari qattiq kletchatkadan iborat bo‘lganligi tufayli ular 
    oqlanadi so‘ng maydalanib omixta-emga qo‘shiladi. Omixta em tarkibidagi oziqa moddalardan 
    samarali foydalanish uchun omixta emni tashkil qilgan komponentlarini ma’lum yiriklikkacha 
    maydalash zarurdir. Omixta em tayyorlash uchun uzatilayotgan xom ashyolar ikki guruxga 
    ajratiladi: 1) maydalanadigan xom ashyolar, ularga don, donlar aralashmasi, kunjara, mineral 
    xom ashyolar somon va boshqa yirik oziqa xom ashyolari; 2) maydalanmaydigan xom ashyolar, 
    ularga kepak, muchka va boshqa unsimon maxsulotlar kiradi. Omixta emning tarkibiy qismlarini 
    maydalash bir xil tarkibli aralashma olishga imkon beradi. Bundan tashqari bunday aralashmani 
    xayvonlar tomonidan xazm qilinishi oson kechadi. Xom ashyolarni zarba berish, ishqalash va 
    ezish orqali maydalanadi. Maydalash usulini tanlayotgan materialning fizik hususiyatlari, 
    qattiqligi va zarralarning o‘lchami e’tiborga olinadi.
    Omixta em ishlab chiqarish tizimida maydalash jarayoni tozalash va me’yorlash 
    (dozirovkalash) orasidagi oraliq bosqich hisoblanadi. Maydalangan mahsulotlar dozatorlar ustida 
    qrnatilgan bunkerlarga yuboriladi. 
    Omixta em zavodlarida turli fizik-mexanik va kimyoviy-biologik hususiyatlarga ega 
    komponentlarni me’yorlash (dozirovka) va aralashtirish muhim texnologik jarayon hisoblanadi. 
    Me’yorlash deganda omixta em komponentlarini retseptda belglangan miqdorda tarozda tortish 
    yoki noto‘gri me’yorlash omixta emning qimmati pasayishiga ayrim hollarda xayvonlarning 
    kasallanishiga olib keladi. SHuning uchun me’yorlovchi dozatorlar yuqori aniqlik bilan ishlashi 
    lozim. 
    Aralashtirish jarayonining sifat ko‘rsatkichi bu olinayotgan omixta em aralashmasini bir 
    xil tarkibliligi hisoblanadi. Bir xil tarkiblilik butun omixta em bir xil oziqaviylik qimmatiga ega 
    bo‘lishini ta’minlaydi. Omixta emga mikroqo‘shimchalar qo‘shish vaqtida yaxshilab 
    aralashtirish talab etiladi. Komponentlarning dispersligi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik 
    aralashtirish jarayoni samarali kechadi. 
    Omixta emning ishlab chiqarish miqdorini oshirish, uni sifatini yaxshilash va 
    assortimentini kengaytirish maqsadida omixta em tarkibiga quruq komponentlardan tashqari 
    suyuk komponentlar-melassa, gidrol, xayvon va tenik yog‘lari, kimyoviy moddalarning 
    eritmalari (karbamid va boshqalar) ham qo‘shiladi. Bu suyuq komponentlarning qo‘shilishi 
    omixta emning oziqaviylik qimmatini oshiradi va sexlarda chang ko‘tarilish oldini oladi. Ayrim 
    turdagi omixta emlar bunkerlangan holda tayyorlanadi. Bunkerlangan omixta emni tashish qulay 
    bo‘lib, tashqi ta’sirlardan himoyalangan va nisbatan kichik xajmni egallaydigan bo‘ladi. 
    Briketlash jarayoni maxsus sexlarda amalga oshiriladi, bunda presslovchi mashinalardan 
    foydalaniladi. Omixta emning granillash xam uning oziqaviylik qimmatini oshirib shaklda 
    bo‘lib, diametrlari 2,5; 3; 5; 8; 10; 12; 17; 19 mm bo‘ladi. Bu jarayon press-granulyatorlarda 
    amalga oshiriladi. 
    Omixta em tarkibi xayvonlar organizmi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalar 
    vitaminlar, mikroelementlar, antibiotiklar, aminokislotalar, fermentlar va boshqa qo‘shimchalar 
    bilan boyitiladi. Kuzatishlar bo‘yicha, omixta biologik aktiv moddalar, ya’ni oqsil-vitaminli 
    qo‘shimchalar va premikslarni qo‘shish yaxshi samara berganligi aniqlanadi. 

    Download 5,15 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   123




    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

    Download 5,15 Mb.
    Pdf ko'rish