O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Sut maxsulotlari. Oziqlik qimmatiga ko‘ra, sutning o‘rnini xech qaysi maxsulot bosa 
olmaydi. SHuning uchun sut tabiat yaratgan ajoyib ozuqa sanaladi. Sut va sut maxsulotlari inson 
organizmi tomonidan engil va oson o‘zlashtiriladi. 
Sutning oqsil moddalari to‘liq qiymatli aminokislotalardan iborat. Sutda 2-4% kazein, 
0,1% globulin va 91 % boshqa oqsillar mavjud. 
Qaymoq separatorlar yordamida sutni qaymoq va yog‘siz sutga ajratish jarayonida olinadi. 
Qaymoqning tarkibida yog‘dan tashqari 2.5-3.4% oqsil 3.0-4.2% laktoza, 0.4-0.6% mineral 
moddalar ham mavjud. Unda yog‘ miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, boshqa tarkibiy qismlari 
shunchalik kam bo‘ladi. 
Qaymoqning xaqiqiy qismi smetana va sariyog‘ ishlab chiqarishga, yog‘liligi 10-20% 
bo‘lgan qaymoqni esa bevosita iste’mol qilishga jo‘natiladi. Qaymoqni kavlash vaqtida ko‘pik 
hosil qilish hisobiga xajmini ortishi hususiyatidan qandolatchilik sanoatida foydalaniladi. 
Qaymoq sarg‘ish oq rangda bo‘lishi kerak. Konsistensiyasi bir jinsli, yog‘ va oqsil 
qumaloqlarsiz, ta’miga ega, toza bo‘lishi kerak, YOg‘ligi 10% bo‘lgan qaymoqning kislotaliligi 
19T dan, yog‘ligi 20.18 va 35% bo‘lgan qaymoqning kislotaliligi esa 17T dan oshmasligi kerak. 
Sut konservalarning xossalari va yaxshi saqlanishi, ularni bevosita ovqatlanishda, non 
bilan, qandolat va makaron mahsulotlari bilan ta’minlashda foydalanish imkonini beradi. 
Quruq sut va qaymoq ikki yo‘l bilan: yupqa klyonkali va purkash usulida tayyorlanadi. 
Quruq sut mahsulotlariga tabiiy va yog‘sizlantirilgan quruq sigir suti, quruq qaymoq va 
boshqalar taaluqlidir. Quruq sut maxsulotlari oq, sarg‘ish tusli kukundan iborat bo‘lib, 
pasterizatsiyalangan sutning xidi va ta’miga xos bo‘lgan toza xid va ta’mga ega. Quruq sut va 
maxsulotlarining namligi germetik qadoqlanganda 4-5%dan, germatik bo‘lmagan qadoqlashda 
7% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Novvoylik va qandolatchilik sanoatida xom ashyo sifatida sut zardobi va undan 
tayyorlangan turli xil maxsulotlar foydalaniladi. Sut zardobi tvorog va pishloq ishlab 
chiqarishning ikkilamchi maxsuloti hisoblanadi. U och sariq ranga, o‘ziga xos nordon ta’m va 
xidga ega bo‘lgan suyuqlikdir. 
Margarin. Margarin asosan bir necha yog‘ turlardan iborat aralashma bo‘lib, u xayvon va 
o‘simlik yog‘lariga qaymoq, sut yoki suv qo‘shib tayyorlanadi. Mazasi va xidi jixatidan 
sariyog‘ga yaqin turadi. Sanoatda sutli va qaymoqli margarinlar ishlatiladi. Korxonaga margarin 


102 
bochkalar yoki yashiklarda keltiriladi. Margarinni saqlash muddati 4-10 S xaroratda 45 kun,0-4 
S da 60 kun va 0 S dan past xaroratda 75 kun suyuq margarinning saqlash muddati 2 kun. 

Download 5,15 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi giliston davlat universiteti

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish