• 15-§ BIOLOGIYADAN YILLIK ISTIQBOL VA MAVZULI REJA TUZISH YО‘LLARI.
  • Mustahkamlash uchun savollar




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/120
    Sana25.02.2023
    Hajmi2.4 Mb.
    #43529
    TuriУчебное пособие
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120
    Bog'liq
    Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma
    Amaliy mashg
     
    Mustahkamlash uchun savollar: 
    1. Biologiyadan yillik istiqbol reja tuzishning ahamiyatini ayting?
    2. Mazkur rejani tuzishda о‘qituvchi nimalarni nazarda tutishi lozim?
    3. Biologiyadan mavzuli taqvim reja tuzishning mohiyatini ayting? 
    4. Istiqbolli reja nimaga asoslanadi? 
    5. Dars mazmuniga qarab rejalar tuzish qanday amalga oshiriladi? 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    101 
    15-§ BIOLOGIYADAN YILLIK ISTIQBOL VA MAVZULI REJA TUZISH 
    YО‘LLARI. 
    Ma’lumki, umumiy о‘rta ta’lim maktablarida biologiyani о‘qitishning asosiy 
    shakli dars sanaladi. Darsda о‘quv fani yuzasidan asosiy о‘quv materiali 
    о‘rganiladi, lekin dars о‘qitishning boshqa shakllari bо‘lgan darsdan tashqari 
    ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog‘liq. Darsdan 
    tashqari ishlar masalan, tabiatda, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan 
    kuzatishlar va о‘tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada tayyorlangan 
    gerbariylar 
    va 
    kolleksiyalardan 
    darsda 
    foydalaniladi. 
    Sinfdan 
    tashqari 
    mashg‘ulotlar о‘quvchilarning biologiya о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilim va 
    kо‘nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli 
    ravishda yо‘llashga xizmat qiladi. Demak, biologiyani о‘qitishda dars, darsdan 
    tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ekskursiyalardan о‘z о‘rnida 
    rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni о‘qitishga tizimli yondoshuvni amalga 
    oshirilishi lozim. 
    О‘qituvchi ushbu mashg‘ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish 
    asnosida biologik ta’lim samaradorligiga erishish, о‘quvchilarda ilmiy 
    dunyoqarashni shakllantirish, umumbiologik va xususiy tushunchalar hamda 
    о‘quv-amaliy kо‘nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr 
    yuritishga о‘rgatishni nazarda tutadi. Biologiyani о‘qitishda tizimli yondoshuvni 
    amalga oshirish uchun о‘qituvchi о‘quv yili boshida istiqbol reja tuzishi lozim. 
    Mazkur reja biologiyani о‘qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab 
    olishi, о‘quv dasturidan о‘rin olgan boblar va mavzular bо‘yicha darslar tizimi
    о‘quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan holda о‘tkazish muddatlari, 
    fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi. 
    Biologiya о‘qituvchi istiqbol reja tuzishi uchun: 
    О‘quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, 
    bobdagi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq 
    tasavvur qilishi; Mavzularni о‘qitishda yil fasllari, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy 
    va rivojlantiruvchi maqsadlari, о‘quvchilarda shakllantiriladigan biologik 


    102 
    tushunchalar, tarkib toptiriladigan kо‘nikmalarni hisobga olgan holda о‘qitish 
    metodlari, kо‘rgazma vositalarini tanlashi. О‘quvchilar tomonidan о‘tkaziladigan 
    kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi; Darsda namoyish 
    etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi; Har bir darsda 
    ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog‘lanishlarni amalga 
    oshirish yо‘llarini belgilashi; О‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun didaktik va 
    tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil о‘qish uchun qо‘shimcha adabiyotlarni 
    tanlashi; Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiyalarni tashkil etish uchun 
    zarur bо‘ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim. 
    Xulosa qilib aytganda, о‘qituvchi istiqbol rejada о‘qitish jarayonining 
    yaxlitligini nazarda tutishi, о‘z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, 
    unda о‘qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni 
    о‘tkazish muddatlari kо‘rsatilgan bо‘ladi. 
    Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan istiqbol rejani tuzish uchun quyidagi 
    jadval namuna sifatida berilmoqda. 
    2-jadval 

    Download 2.4 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120




    Download 2.4 Mb.
    Pdf ko'rish