|
Mahsulotlarni analiz qilish uchun namunalar olish va ularni tahlil qilish
|
bet | 11/107 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #125754 |
Bog'liq portal.guldu.uz-ma`ruzalar kursi2.2. Mahsulotlarni analiz qilish uchun namunalar olish va ularni tahlil qilish.
Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1.Mavzuga kirish (15daqiqa)
|
1.1.Fanning nomini aytadi. Ekranga chiqarilgan mavzular ro‘yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi.
1.2.Birinchi ma’ruza mavzusi, uning maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi.
1.3.Klaster asosida o‘tiladigan mavzuning mazmuni va mohiyatini qisqacha yoritadi.
|
Tinglaydilar
Tinglaydilar
|
2. Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
2.1.Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo‘llaydi:
1.Fanning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Oziq-ovqat mahsulotlaridagi quruq moddalar miqdorining ahamiyati nimalardan iborat?
Kislotalik deganda nimani tushinasiz?
Kislotalikning qanaqa turlari bor?
Mineral moddalar haqida ma’lumot bering
Makro va mikro elementlarning inson uchun ahamiyati qanaqa?
Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini aytadi. Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo‘naltiradi, zarur maslahatlar beradi.
2.5.Bir necha talabaning ish natijasini tekshiradi, talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi. Zarur bo‘lsa qo‘shimchalar kiritadi va ushbu savol bo‘yicha to‘liq ma’lumot berishini aytadi.
2.6.Rejaga doir slaydlarni ekranga chiqaradi va xar bittasini to‘liq yoritadi.
2.7.Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
|
Savolga javob beradilar, fikrlarini bildiradilar
Tinglaydilar, zarur ma’lumotlarni yozib oladilar
Vazifani yakka tartibda bajaradilar
Ish natijasini taqdim qiladilar
Tinglaydilar, zarur ma’lumotlarni yozib oladilar
|
3.Yakunlovchi bosqich
(10 daqiqa)
|
3.1.Mavzu bo‘yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu bo‘yicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyati alohida qayd etadi, hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
3.2.Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: keyingi mavzu asosida B/B/B jadvalini to‘ldirib kelish. B/B/B jadvalini to‘ldirish qoidasini tushuntiradi. Ikkinchi mavzu bo‘yicha keyingi o‘quv mashg‘ulotiga tayyorlanib kelishni ta’kidlaydi.
|
Savollar beradilar
Vazifani yozib oladilar
|
|
| |