|
-labaratoriya ishi Margarinni namlik miqdorini aniqlash
|
bet | 6/33 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #159179 |
Bog'liq majmua oziq ovqat biotexnologiyasi4-labaratoriya ishi Margarinni namlik miqdorini aniqlash
Namlikni massa ulushini ikkita usul bilan aniqlash mumkin: margarin namunasini quritish shkafida doimiy og’irlikkacha quritish (arbitraj usuli); elektrplitada quritish (tezlashtirilgan usul). Operativ nazorat uchun ko’pincha ikkinchi usuldan foydalaniladi.Margarin mahsulotlari resepturasidagi asosiy komponentlari-gidrogenlangan yog’lardir. Ularni asosiy sifat ko’rsatkichlarini quyidagilar tashkil qiladi, erish harorati, organoleptik ko’rsatkichlari, qattiqlik va maxsulot plastikligi.Usul prinsipi. Usul, margarin namunasini 160-180oC haroratda quritishga asoslangan.
Reaktiv va asboblar: soat oynasi, qizdirilgan qum, tarozi, elektr isitgich, shisha tayoqcha, diametri 40-50mm va balandligi 40-60mm bo’lgan metall byuks.
Ishning bajarilish. Quritilgan, shisha tayoqchali metall byuksga 10-15g qizdirilgan qum, 5-6g margarin texnik tarozida tortib olinadi va elektrplitada 160-180oC haroratda shisha tayoqcha bilan uzluksiz aralashtirib turib qizdiriladi. Chirsillash tugagach, byuksni yuzi soat oynasi bilan yopiladi. Quritish jarayonini tugaganini soat oynasi xiralashmasligidan va margarin rangini to’q qizil rangga kirishidan bilinadi. Buning uchun soat oynasini har zamonda olib yuzasi (sirti) tekshiriladi.Namlikni haydagach, byuks plitkadan olinadi, sovitiladi va tortiladi.Namlikni massa ulushi (X) quyidagi formula bilan hisoblanadi:X = (m1 – m2 ) 100 / mbu yerda:
m1–margarinli byuksning quritguncha bo’lgan og’irligi, gm2–margarinli byuksning quritgandan keyingi og’irligi, gm–namunani og’irligi, g Parallel aniqlashdagi farq 0,2%dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Takrorlash uchun savollar
1. Margarin – bu nima?
2. Margarinning ozuqaviy qiymati.
3. Margarin ishlab chiqarishning zarurligi.
|
|
| |