|
-Labaratoriya ishi Moylarni kislota sonini aniqlash
|
bet | 3/33 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #159179 |
Bog'liq majmua oziq ovqat biotexnologiyasi2-Labaratoriya ishi Moylarni kislota sonini aniqlash
Och rangli moylarning kislota sonini aniqlash
Ishning maqsadi. Yog‘ namunasini ishqorli eritma bilan indikator fenolftalein ishtirokida titrlab, kislotasonini aniqlashni o‘rganish. Yog‘lar uchun erituvchi sifatida spirtning dietil efiri yoki benzin bilan neytrallangan aralashmasi qo‘llaniladi.
Kerakli reaktiv va asbobuskunalar: 96%li etil spirti va dietil efirining neytrallangan aralashmasi (1:2), fenolftaleinning spirtdagi 1%li eritmasi, 0,1H kaliy yoki natriy gidroksidning spirtli eritmasi, 100 ml li yassi tubli kolba.
Nazariytushunchalar: O‘simlik yog‘larida ma’lum miqdorda erkin yog‘ kislotalari bo‘ladi, bular yog‘ning sifatiga bog‘liq. Erkin yog‘ kislotalarining bo‘lishi yog‘ sifatini yomonlashtiradi, ozuqaviy qiymatini kamaytiradi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog‘ning kislota soni 0,2-0,3mg. KOH dan oshmasligi kerak. Bundan esa erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish zarurligi kelib chiqadi. Kislota soni (k.s.) deb, bir gramm yog‘dagi erkin yog‘ kislotalarni neytrallash uchun kerak bo‘lgan kaliy gidroksidning milligramm miqdoriga aytiladi. Erkin yog‘ kislotalarning miqdori moyli xom ashyoning sifatiga, yog‘ va moyni olish usuliga, uni saqlash sharoitiga vaboshqalarga bog‘liq. Kislotasoni yog‘larning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Ishni bajarish tartibi: 250ml li kolbaga analitik tarozida 35g moy tortiladi, ustiga 50ml etil spirti va dietil efirining 1:2 nisbatdagi aralashmasi quyilib, 35 tomchi fenolftaleinning 1%li eritmasi qo‘shiladi. Olingan eritma doimiy aralashtirilib 0,1H kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan, 30 sek davomida yo‘qolmaydigan, och pushti rang hosil bo‘lguncha titrlanadi. Tahlil qilingan moyning kislota soni mg KOH da quyidagi formula bilan hisoblanadi:
K.s. = 5,611 · A · k / m ( mg KOH ) bu erda 5,611–
0,1H kaliy gidroksid eritmasining titri, mg/ml; Atitrlashga sarf bo‘lgan 0,1H kaliy gidroksid eritmasining miqdori, ml; keritma titriga tuzatma; m tahlil uchun olingan moyning og‘irligi, g. Rafinatsiyalanmagan moylarning tahlilida parael aniqlashlar orasida ruxsat etiladigan farq 0,10mg KOH ni tashkil etadi. Rafinatsiyalangan moylarning tahlilida parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,06mg dan oshmasligi kerak. Tahlil vaqtida ruxsat etiladigan xatolik 10 % bo‘lishi mumkin.
|
| |