-Labaratoriya ishi Qattiq yog‘larning erish va qotish xaroratini aniqlash




Download 0,82 Mb.
bet5/33
Sana20.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#159179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
majmua oziq ovqat biotexnologiyasi
01.5, kicik biznes va xususiy tadbirkorning aholini ish bilan taminlash va yangi ish o\'rinlari yaratishdagi o\'rni, Amaliyot kundaligi - 60111800, Mavzu Plezioxron ierarxiya tiimlari (pdh), Razryadlı saralash, tez saralash algoritmlari.Algoritmlar va berilganlar strukturasi, Узбекистон Республикаси2023, MAĠLIWMATNAMA, xiywaǵo Министерство высшего и среднего специального образования, Sonata, klark, 20 tema, Лекция 1, test, iyod yakuniy oxirgi, Kantrakt Shartnoma
3-Labaratoriya ishi Qattiq yog‘larning erish va qotish xaroratini aniqlash.
Qattiq yog`larning erish va qotish haroratini aniqlash Margarin, konditer va kulinar Yog’lari ishlab chiqarish uchun va sovun olish, stearin olish, texnik Yog’lar olish uchun yuqori erish haroratiga ega bo’lgan qattiq Yog’lar zarur bo’ladi. Bu Yog’lar sanoatda suyuq o’simlik moylarini vodorod bilan katalizator ishtirokida to’yintirib qattiq Yog’lar olinadi. Bu qattiq Yog’lar salomas deb ataladi. Salomasni olish jarayoni esa sanoatda gidrogenlash deb ataladi.Qattiq Yog’larni erish va qotish xaroratini aniqlashning tavsiya qilinayotgan usullari sanoatda amaldagi standartlarga mos mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilishni ta’minlaydi.Har bir kristallik qattiq jism, aniq panjara bilan xarakterlanadi, uning tugunlarida atomlar va moddaning atomlar guruhi joylashgan. Ular uzluksiz tebranuvchi holatda bo’lib, o’rtacha energiyasi haroratga bog’liqdir.Haroratni oshishi atomlar harakatining o’rtacha energiyasi va atom guruhlari ko’payishiga olib keladi. Kritik haroratga etganda, panjaralar buziladi va qattiq jism suyuq holatga o’tadi. Sinalayotgan modda suyuq-tomchi holatga o’tgan va shaffof bo’lib qolgan holat erish harorati deyiladi. Har bir toza individual modda erish haroratga ega. Bu ko’rsatkich berilgan moddaning tozaligi va uning indentifikatsiyasining asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.Murakkab glitserid aralashmasini tashkil etuvchi ko’p moddalar va yog’larni harorati bir-biridan farqlanib, ularning suyuq-tomchi holatiga o’tishi bir zumda sodir bo’lmay, balki ayrim harorat intervalida sodir bo’ladi. Bunda aralashmaning har xil komponentlari turlicha eriydi.Birinchi navbatda yog’ yumshaydi va harakatlanish bo’ladi, so’ng ma’lum haroratga etgach hamma tarkibiy qismlari suyuq holatga o’tganda, Yog’ shaffoflashadi.Asosiy maqsad: To`yintirilgan yog`larning sifat ko`rsatkichlarini aniqlash va natijalar asosida salomas to`g`risida xulosa chiqarish.
Vazifalar: To`yintirilgan yog`larning erish va qotish harorati, qattiqligi, rang ko`rsatkichi hamda sindirish ko`rsatkichini aniqlashni o`rganish.
Nazariy tushuncha: Yog`larni to`yintirish, suyuq holatdagi moylardan qattiq holatdagi yog`lar (salomas) ishlab chiqarish uchun amalga oshiriladi. Salomaslar tarkibi va xususiyatiga qarab: ovqatbop va texnik salomaslarga bo`linadi
Ovqatbop salomas – margarin, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda qo`llaniladi.
Texnik salomas – yog` kislotalari hamda sovun ishlab chiqarishda qo`llaniladi.
To`yintirish jarayoni katalizator ishtirokida amalga oshiriladi. Salomas ishlab chiqarishda asosan kukunsimon nikelli va nikel-misli kataliztorlar hamda turg`un katalizatorlar ishlatiladi.
1) Salomaslarning erish haroratini aniqlash
To`yintirilgan yog`lar qattiq holatdan suyuq-tomchi va shaffof holatga o`tgan harorati, salomaslarning erish harorati deb aytiladi. Isitish natijasida salomasning tomchi-suyuq holatga o`tishi tez ro`y bermaydi, balki ma`lum harorat oralig`ida amalga oshadi. Yog`larning aniq erish harorati bo`lmaganligi tufayli, ular ikkita ko`rsatkich bo`yicha tavsiflanadi: yog`ning erishi boshlangan vaqti (erish harorati) hamda yog`ning to`la darajada erib, shaffof holatga o`tgan vaqti. Aniqlashlarda asosan birinchi ko`rsatkich keng qo`llaniladi.
Odatda salomasni erish temperaturasi ikki xil usulda: yog`ning ochiq kapillyarda yoki kengaytirilgan kapillyarda ko`tarilishi bo`yicha aniqlaniladi (8-rasm).

1) Salomasning erish haroratini ikki tomoni ochiq kapillyarda aniqlash


Bu usul, yog` ustunining ikki tomoni ochiq kapillyarda ko`tarilishining boshlanishi bilan aniqlashga asoslangan.

Zaruriy ashyolar: salomas, muz.



Kimyoviy moddalar: zaruriyati yo`
V osita, jihoz, qurilma: chinni kosacha, ikki tomoni ochiq kapillyar, termometr, halqali shtativ, 500 ml li stakan, aralashtirgich, elektr isitgich
Ishni bajarish uslubiyoti: O`rganilayotgan moy namunasi chinni kosachaga solinib suv hammomida to`la eriguncha isitiladi va filtrlanadi. Toza, quruq, ikki tomoni ochiq, ichki diametri 1–1,2 mm bo`lgan shisha naycha (kapillyar) 3 olinib, bir tomoni filtrlangan va eritilgan yog`ga 10 mm uzunlikkacha bottiriladi. Kapillyar 3 bilan yog` muz ustida 10 daqiqa yoki xona haroratida 24 soat ushlanadi. So`ngra kapillyar 3 termometr 2 ga ingichka rezinali halqa bilan bog`lanadi. Bog`langanda kapillyar ichidagi yog` ustuni, termometrning simob ustuni bilan bir sathda bo`lishi lozim (8-rasm, a ga qaralsin). So`ngra termometr kapillyar bilan birga suv solingan stakanga solinadi. Termometr bilan kapillyar suvga 3-4 sm gacha bottirilishi lozim. Stakandagi suvning harorati 18 0C. Kapillyarning bo`sh tomoniga suv tushmasligi uchun ehtiyot bo`lish lozim. So`ngra aralashtirgich yordamida doimiy aralashtirib turilgan holda, stakandagi suv boshida bir daqiqada 2 0C tezlikda, so`ngra bir daqiqada 1 0C tezlikda kerakli haroratgacha isitiladi.
Yog`ning kapillyarda ko`tarila boshlangan vaqti, erish temperaturasi deb qabul qilinadi.
Tajriba ikki marta amalga oshirilib, parallel ravishda olib borilgan ikkita ish natijasining o`rtacha arifmetik qiymati natija hisobida qayd qilinadi. Ikki natija orasidagi farq 0,5 0C dan oshmasligi kerak.
Salomasning erish haroratini kengaytirilgan kapillyarda aniqlash
Bu usul, yog` tomchisining kapillyarning kengaytirilgan qismidan tor qismiga oqishining boshlanishi bilan aniqlashga asoslangan.Zaruriy ashyolar: salomas, muz.Kimyoviy moddalar: zaruriyati yo`q.Vosita, jihoz, qurilma: chinni kosacha, kengaytirilgan kapillyar, termometr, halqali shtativ, 500 ml li stakan, aralshtirgich, pipetka, elektr isitgich.
Ishni bajarish uslubiyoti: Toza, quruq kapillyarning kengaytrilgan qismiga suv hammomida to`la eritilgan salomasdan 1-2 tomchi solinadi.Kapillyar muz ustida 10 daqiqa yoki xona haroratida 24 soat ushlanadi.Qotgan yog` bilan kapillyar 3 termometr 2 ga ingichka rezinali halqa bilan bog`lanadi. Bog`langanda kapillyar ichidagi yog` namunasi termometrning simob ustuni bilan bir sathda bo`lishi lozim (8-rasm, b ga qaralsin). Termometr 2 shtativdagi halqaga ulanib, stakanga solinadi. Shisha naycha (kapillyar) 3 ning ustki qism suv sathidan yuqorida bo`lishi lozim. Stakandagi suv harorati 15-18 0C bo`lishi lozim. Stakan elektr isitgich ustiga qo`yiladi.So`ngra aralashtirgich yordamida doimiy aralashtirib turilgan holda, stakandagi suv boshida bir daqiqada 2 0C tezlikda, so`ngra bir daqiqada 1 0C tezlikda kerakli haroratgacha isitiladi.Yog`ning kapillyarni ostki qismiga oqishi boshlangan vaqti, erish temperaturasi deb qabul qilinadi.Tajriba ikki marta amalga oshirilib, parallel ravishda olib borilgan ikkita ish natijasining o`rtacha arifmetik qiymati natija hisobida qayd qilinadi. Ikki natija orasidagi farq 0,5 0C dan oshmasligi kerak
2) To`yintirilgan yog`larning qotish harorati (salomas titri) ni aniqlash
Salomas titri – bu salomas triatsilglitserinlarini parchalab olingan yog` kislotalarining qotish temperaturasiga aytiladi.Eritilgan yog` sovutilganda, uning harorati pasayadi, kristallanish boshlangandan so`ng harorat pasayishi to`xtab, ba`zi hollarda esa sovutish davom ettirilishiga qaramasdan yog`ning harorati ko`tariladi. To`la kristallanish tugagandan so`ng sovutilayotgan yog`ning harorati pasayishi yana davom etadi.Qotish harorati – yog` yoki yog` kislotalarini sovutishda, erish haroratining ajralishi tufayli sovutishning vaqtinchalik to`xtagan minimal haroratiga yoki harorat pasayish tugagandan so`ng moy haroratining ko`tarilishi boshlangan maksimal haroratga aytiladi.
Salomas titrini aniqlash usuli yog` kislotalarining qotish temperaturasini aniqlash va grafikni tuzishga asoslangan.






Download 0,82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Labaratoriya ishi Qattiq yog‘larning erish va qotish xaroratini aniqlash

Download 0,82 Mb.