203
Konfliktli vaziyat
– bu har qanday vaziyatda tomonlarning
qarama-qarshi pozitsiyalarining mavjudligi, ziddiyat paydo bo‘lishi
shartidir.
Konfliktli shaxsiyat
omillar bilan belgilanadi:
1) psixologik –
temperament, tajovuzkorlik darajasi, psixo-
logik barqarorlik, intilishlar darajasi, hozirgi emotsional holat, xarakter
aksentuatsiyasi
va boshqalar;
2) ijtimoiy-psixologik – ijtimoiy munosabat va qadriyatlar,
raqibga bo‘lgan munosabat, muloqotdagi kompetentsiya va boshqalar;
3) ijtimoiy-fiziologik – psixosomatik
salomatlikning xususi-
yatlari; yashash va mehnat sharoitlari, dam olish imkoniyatlari, ijtimoiy
muhit, umumiy madaniyat darajasi, ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari
va boshqalar.
Muvofiqlik
– shaxs tomonidan ma’lum bir guruh me’yorlari,
odatlari, qadriyatlarini o‘zlashtirishi; shaxsni ijtimoiylashtirishning
zaruriy tomoni va har qanday ijtimoiy guruhning normal ishlashi uchun
zarur shart.