Pedagogik texnologiyalarning elem entar birliklari tizimi rnodul-
lardan tashkil topadi.
M odul — pedagogik
texnologiyani tashkil etuvchi, uning tarki-
biy b o ‘laklarini ifodalovchi tushunchadir. Bunday bo’laklar kichik
modul, birlam chi modul, modullar to'plam i, modullar darajasi va
m odullarning majmuaviy tuzilmasi kabi turlardan iborat bo‘ladi.
M odullar o 'z ko‘lamiga ko 'ra mayda, o'rtach a va yirik bo'lishi
mumkin. Ulaming bir-biriganisbatanproporsionalligi qat’iy bo'lmas-
ligi, ularning o'zaro ta’siri umumiy jarayonda turlicha bo'lishi mumkin.
M odulli o ’qitish — pedagogik jarayonni
ilmiy va metodik jihat-
dan tartibli va maqsadga muvofiq bajarishga xizmat qiladi. H ar qan
day pedagogik texnologiyaning tarkibiy b o ‘laklari o ’zaro joylashuvi
va pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish kelina-ketli-
gining oldindan belgilangan tartib-qoidalari
algorilni deyiladi.
Eng kichik bo'lak pedagogik texnologiyaning o ’/iga xos qismi
bo‘lib, bunday kichik modullardan birlamchi modul tashkil topadi.
M odullar to'p lam i o ’qitish jarayonini ilmiy tashkil etishga va uning
sifat ham da samarasini ta ’minlash uchun qo'llaniladi.
Modullarning
o ‘zgaruvchan va modernizatsiyalanadigan tabiati tufayli ulardan
dinam ik ravishda foydalaniladi. M odulli o'qitish — tartibli o'qitish
demakdir. Bunda o'quv materiali bitta o'quv m ashg'uloti hajmida,
o'quv predm etining biror mavzusi yoki biror bo’limi darajasida,
b a’zan esa o'quv fanining yirik tarkibiy qismi o ’lchamida, ya’ni
bloklar tarzida ham modullar yordamida o'qitilishi mumkin. Oliy va
o 'rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi muassasalarida bir necha turdosh
o'quv fanlarining tarkibiy bo'laklarini ham da ayrim fanlarni o'qitish
texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar (bloklar) tarzida o'qitish
keng q o 'llan ilm o q d a. D avlat t a ’lim stan d artlarin in g
tarkibiy
bo'laklariga mos keladigan bloklardan ham foydalanilmoqda. O'quv
reja va dasturlarning tarkibiy bo'laklarini ham da ularning bajarili-
shini ta'm inlaydigan texnologiyaga xizmat qiluvchi m odullar ham
mavjud. T a’lim usullari, metodlari va vositalari uchun qo'llaniladigan
m odullar ham yaratilmoqda. M odullar, birinchi navbatda, ta ’lim
mazm uniga
daxldor tushunchalar, qoidalar, nazariyalar, qonun-
lar va ular orasidagi um um iy bog'lanishni ifodalovchi qonuniyat-
lamitushuntirishga samarali xizmat qiladi. Bilim oluvchilarning o'quv-
bilish faoliyatlari ham da ularning o'zlashtirishini
nazorat qilishda
ham m odullardan foydalaniladi.
Modullashtirish va o'quv jarayonini texnologiyalash yuzasidan
keyingi yillarda ilmiy-pedagogik tadqiqotlar o'tka/ilm oqda. Lekin
bu borada o ‘quv tarbiya jarayonini modullashtirish va algoritmlash-
tirish ishlari nihoyasiga yetkazilgan emas. Bu holatning genezisi va
takomiUashuvini atroflicha tadqiq etish orqali va tajriba-sinov ishlari
ham da pcdagogik eksperimentning qat'iy xulosalariga tayanib ta ’lim
jarayoniga m odulli yondashuvni kuchaytirish mumkin. T a’lim -tar-
biya jarayonlariga modullashtirish va algoritinlash m adaniyati to ‘la
kirib borganida pedagogik texnologiyalarning yaratilishi va ularning
amalda q o ’llanilishi borasida sezilarli yutuqlarga erishish imkoniyati
kuchayadi.